TARJIMAI HOL
Men Doniyorova Mohidil Erkinjonovna 2000-yil 24-fevralda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Boshqop qishlog’ida tug’ildim. 2007-yil Toshkent shahar Uchtepa tumaniga qarashli 287-umumiy o’rta maktabining 1-sinfiga qabul qilinganman. Maktabda o’quv yillarimda 2014-yil Fizika fanidan shahar maktablari aro bilimlar bellashuvida 6-o’rinni, 2015-2016-yillarda Matematika fanidan shahar maktablari aro faxrli 5-o’rinni egallaganman. 2016-yilda ushbu maktabni a’lo baholar bilan tamomladim. Maktabni tamomlagach Shayxontohur tumanidagi 2-Respublika tibbiyot kollejining ‘’Hamshiralik ishi’’ yo’nalishiga o’qishga qabul qilindim. Shu bilan birga kollejda tehsil olish mobaynida qo’shimcha ravishda kimyo va matematika fanlaridan repititor markazlariga o’qishga bordim. 2019-yilda kollejni tamomlagach o’zim talaba bo’ish uchun tayyorlangan Toshkent kimyo texnologiya institutining ‘’Kimyoviy texnologiya’’(ishlab chiqarish turlar bo’yicha) yo’nalishiga kantrakt asosida o’qishga qabul qilindim. Hozirda men bakalavrning ‘’Elektrokimyo’’ mutaxassisligining 3-kurs talabasiman. Hozirgi kunda ilmiy rahbarim k.oʼq.PhD.А.K.Oserbaeva bilan “Temir va po’lat yuzalarini korroziyaga qarshi himoya qilish” mavzusi ustida tajriba ishlarini olib bormoqdamiz.
Beruniy stipendiyasiga nomzod Toshkent Kimyo – texnologiya instituti
Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fakulteti
5320400 – Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʼyicha)
5-19 guruh talabasi Doniyorova Mohidil Erkinjonovnaga
TAQDIMNOMA
Doniyorova Mohidil Erkinjonovna 2019-2020 oʼquv yilida Toshkent kimyo – texnologiya instituti “Elektrokimyoviy ishlab chiqarishlar texnologiyasi” yoʼnalishiga kontrakt– asosida oʼqishga qabul qilindi. Doniyorova Mohidil oʼqishining dastlabki kunlaridan oʼz qiziqishi boʼyicha ilmiy tadqiqot olib borish uchun PhD.А.K.Oserbaevaga murojaat qildi. Dastlab ingliz tili va kompyuter texnikasini mukammal oʼzlashtirishni oldiga maqsad qilib qoʼygan talaba bu borada tinmay mehnat qildi. Chet tili (ingliz tili) ni oʼzlashtirishda barcha imkoniyatlaridan unumli foydalanmoqda.
Ilmiy rahbarining maslaxati bilan “Temir va po’lat yuzalarini korroziyaga qarshi himoya qilish” mavzuda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib kelmoqda. Shu mavzu doirasida adabiyotlar bilan, internetda mavjud maʼlumotlar bilan tanishib, adabiyotlar sharxini tayyorladi. Talaba oʼqish mobaynida oʼzini qatʼiyatliligini, oldiga qoʼyilgan maqsad sari xamisha olgʼa qadam qoʼyishini namoyon qildi.
Doniyorova Mohidil oʼquv jarayoniga faol qatnashadi, aʼlo baholarga oʼqiydi. Fakultet va institut miqyosida oʼtkazilgan tadbirlarda, tanlovlarda faol ishtirok etadi. 5-19 guruxning iqtidorli talabasi sifatida gurux bilan axil va inoq ish olib boradi. Shu bilan birga U 26 may 2022 yil “Kimyo barqaror rivojlanih uchun” xalqaro ilmiy –texnikaviy haftaligi doirasida Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan e’lon qilingan ‘’Xalqaro shisha yili’’ doirasida ‘’Shisha, keramika va bog’lovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari’’ xalqaro kanferinsiyasida ishtirok etdi va diplom bilan taqdirlandi.
Doniyorova Mohidilning faol mehnati va yuqoridagi xususiyatlarini, fidoiyligini inobatga olib, uning kelajakda Respublikamizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida oʼzining kreativ dunyoqarashi va samarali mehnati bilan salmoqli xissa qoʼsha olishiga ishonch bildiramiz va uni Beruniy stependiyasiga nomzod sifatida tavsiya qilamiz.
NMKTF dekani: dots.Y.T.Safarov
Do'stlaringiz bilan baham: |