Maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi
Maxsulotning ishlab chiqarish tannarxiga uni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi va ular quyidagilardan iborat.
Tog’ri va yondosh moddiy harajatlar;
Mehnatga doir sarflangan to’g’ri va yondosh xarajatlar;
Qolgan ishlab chiqarishga taaluqli xarajatlar (shu jumladan ustama xarajatlar).
Ishlab chiqarishga taaluqli mehnat haqlari uchun sarflar-korxonada qabul etilgan mehnat haqi tizimiga binoan ishbay rassenka, tarif stafka va okladlar asosida haqiqatdan bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqlari. Bunga yana mukofotlar, rag’batlantirish va kompensatsion to’lovlar, shtatida bo’lmagan, ammo korxonaning asosiy faoliyatiga jalb qilingan xodimlar ish haqlari kiradi.
Davr xarajatlari-harajatlar tarkibi to’g’risodagi yo’riqnomaga binoan joriy etilgan korxonaning harajatlar xisobi tizimida nisbatan yangi ko’rsatkich.
Davr xarajatlariga quyidagi harajatlar kiritiladi:
Maxsulotni sotish xarajatlari
Boshqaruv xarajatlari
Boshqa operatsion xarajatlar, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari harajatlari, ishlab chiqarish va boshqaruv tizimini rivojlantirish harajatlari
Kelgusida soliq solish bazasiga kiritiladigan hisob davri harajatlari
Korxonaning moliya resurslari-fayda va rentabellik ko’rsatkichlari.
Korxona foydasi
Ishlab chiqarish sarflari, mehnat va moddiy resurslar iste’mol hajmlari, texnika darajasi, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqa faktorlar (omillar) asosida ko’payishi yoki kamayishi mumkin, ammo boshqaruvchi otkir, bilimli bo’lsa, sarflarni kamaytirish yo’llarini qo’llab, boshqarishni to’g’ri olib boradi.
Korxona, firmafaoliyatining natijasi (yakuni) maxsulot sotilgandan so’ng hosil bo’lgan tushum (QQS va aksizsiz) va maxsulotning ishlab chiqarish va sotishga sarflangan harajatlar ayirmasiga teng.
Sanoat korxonalarining ishini tavsiflovchi muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda quyidagi vazifalarni bajaradi;
-ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy samarani tavsiflaydi, chunki u so’ngi moliyaviy natijani ifodalaydi;
-turli darajadagi byujetlarni shakllantiradi;
-xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy dastak va stimul rolini o’ynaydi;
- ilmiy-texnikaviy,tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga imkoniyat beradi.
Foyda sanoat tarmoq va korxonaning xamma ishlab chiqarish- xo’jalik faoliyati umumlashtiruvchi ko’rsatkichdir.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoidasiga binoan quyda ko’rsatkichlari qo’llanilari:
Do'stlaringiz bilan baham: |