Don va don mahsulotlari iste’mol qiymatini oshirish usullari


Nonning vitaminlik qiymatini oshirish yo’llari



Download 2,04 Mb.
bet27/34
Sana14.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#801198
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
DON VA DON MAHSULOTLARI ISTE’MOL QIYMATINI OSHIRISH USULLARI

Nonning vitaminlik qiymatini oshirish yo’llari. Vitaminlar inson organizmi uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, ular biokimyoviy reaksiyalarning muvofiq kechishi, oziqaviy moddalarning o’zlashtirishi, organizmning rivojlanishi va o’sishi uchun zarurdir. Vitaminlar kofermentlar vazifasini bajarib, organizmda fermentlar hosil qilishda va ularning faoliyatini oshirishda ishtirok etadi.
Organizmda vitaminlarning keskin yetishmasligi a v i t a m i n o z kasalliklarini (ayrim paytlarda og’ir kechadigan kasallik) keltirib chiqaradi. A, C va D vitaminlari don, un va non tarkibida umuman uchramaydi. Ammo bu mahsulotlar tarkibida karotinoidlar mavjud bo’lib, ular qisman A vitaminiga aylanishi mumkin. V12 vitamini o’simlik mahsulotlarida, shu jumladan, nonda umuman kam uchraydi.
Don tarkibida mavjud bo’lib, un va nonga o’tadigan vitaminlar donda bir tekisda taqsimlanmagan. Ularning asosiy qismi donning murtagi va po’stlog’ida to’plangan bo’lib, don endospermasining markazida kamdan-kam qismi joylashgan. SHuning uchun unning chiqishi qanchalik yuqori bo’lsa, unda shunchalik po’stloqlarning zarrachalari va shu bilan birgalikda vitaminlarning miqdori ham ko’p bo’ladi. Achitqilarda vitaminlarning miqdori nisbatan ko’proq bo’ladi.
Nonni pishirish vaqtida issiqlikka kam bardoshli vitaminlar (masalan V1, V2 va ye) uzining faolligini qisman yo’qotishini nazarda tutish lozim. Bu asosan, nonning qobig’ida va qisman nonning mag’zida ro’y beradi. RR vitamini bo’lsa issiqlikka ko’proq bardoshlidir. Katta yoshdagi odamning V1, V2, V3, V6, V9, ye va RR vitaminlarga o’rtacha bir kunlik ehtiyoji, yuqorida ko’rsatilgan 500 g non mahsulotlarining tarkibidagi bu vitaminlarning miqdori va bu miqdordagi vitaminlar inson organizmini ehtiyojini qondirish darajasi to’g’risida ma`lumotlar jadvalda keltirilgan.
Non mahsulotlaridagi ayrim vitaminlarning inson organizmi ehtiyojini qondirishi

Vitaminlar

O’rtacha bir kunlik ehtiyoj, g

500 g non mahsulotlarining tarkibida mavjud, g

Inson organizmining ehtiyojini qondirilishi, %

V1-tiamin

1,75

0,88

50,0

V2-riboflavin

2,25

0,54

24,1

V3-pantoten kislota

7,5

2,42

32,3

V6-piridoksin

2,5

0,95

38,1

V9-folasin

0,3

0,146

48,7

E-tokoferollar

17,5

15,1

82,9

RR-niasin

20,0

6,5

32,3

YUqoridagi keltirilgan non navlaridan 500 g.ni iste`mol qilish orqali organizm vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini: vitamin V1 (tiamin) ga - 50,0 %ga, V2 (riboflavin)ga - 24,1%ga, V3 (pirodoksin) ga 38,1 %ga, V9 (folasin) ga - 48,7 %ga qondiradi. Sanab o’tilgan vitaminlardan vitamin V2 (riboflavin) ga bo’lgan ehtiyoj kam miqdorda qondiriladi.
Non mahsulotlarini vitaminlar bilan boyitish, ularning kunlik iste`mol qilinadigan turdagilari tarkibida bo’lgan miqdori bilan bog’liq. SHu bilan birgalikda yuqori navli unlardan tayyorlangan non mahsulotlarini vitaminlar bilan boyitish alohida ahamiyatga ega. Non pishirish jarayonida V1, V2 va RR kabi vitaminlar o’z faolligini saqlab qolishiga asoslanib, ulardan non mahsulotlarining vitaminligini boyitishda foydalanish mumkin. Ammo xamir tayyorlashda S vitamini qo’shilsa, u holda tayyor nonning tarkibida bu vitaminning faqatgina 15 %dagi miqdori saqlanib qoladi. SHuning uchun nonda bu vitamin mavjud bo’lmasa ham non mahsulotlarini u bilan boyitish maqsadga muvofiq emas.
Ayrim hollarda sanoatda vitaminlashtirilgan oliy va birinchi navli bug’doy unlarini ishlab chiqariladi. Bu unlarning tarkibida (navlarga muvofiq) vitamin RR - 3,2 va 4, V1 - 0,57 va 0,65, V2 - 0,44 va 0,48 mg % miqdorlarda mavjud bo’lishi kerak. Don, un va nonda V2 vitaminining kamligini nazarda tutib, non mahsulotlarining asosan, shu vitamin bilan boyitish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun ham non mahsulotlarining oziqaviy qiymatini oshirish uchun tanlangan mahsulotlar tarkibida V2 vitamini mavjudligi va uning miqdorini ham inobatga olish kerak.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish