Nonning mineral qiymatini oshirish yo’llari. Mineral elementlar va birikmalar inson organizmining muvofiq rivojlanishi va faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan oziqaviy komponentlari hisoblanadi.
Bular boshqa oziqaviy moddalar qatori organizmda yuz beradigan biologik jarayonlarda ishtirok etib, o’zining xususiy faolligiga ega bo’lgan holda haqiqiy bioelementlar hisoblanadi.
Mineral moddalarning funksiyasi turlichadir. Kalsiy, fosfor va magniy skeletning me`yoriy holati va faoliyatini ta`minlaydi; ftor tish emalining kariesga chidamli bo’lishini ta`minlashga yordam beradi; temir va mis kislorod tashuvchilar vazifasini bajaradi; natriy va kaliy qon hujayralarida odatdagi osmatik muhitni saqlashni ta`minlaydi; xlor ovqatni xazm qilish uchun kerakli oshqozon sharbatlarini hosil qilishda ishtirok etadi; kobalt V12 vitamini tarkibiga kiradi; suvda va taomda yodning yetishmasligi qalqonsimon bezning kasallanishiga olib keladi va hokazo.
Katta yoshdagi odam organizmining 15 mineral elementlarga bo’lgan ehtiyoji to’g’risida ma`lumotlar yuqorida 13-javalda keltirilgan. Bu yerda biz faqatgina non mahsulotlarini tarkibdagi 4 ta muhim mineral elementlar to’g’risida ma`lumot keltirish bilan chegaralanganmiz. Muhim mineral moddalardan kalsiy, fosfor va magniy organizmga oziqa bilan kirib, suyaklarning muvofiq holatda bo’lishini ta`minlaydi. Temir esa, gemoglobin tarkibiga kirib, qon aylanishida muhim o’rin tutadi. Organizmda temir moddasining yetishmasligi anemiya kasalligiga (kamqonlik) olib kelishi mumkin. Temir organizmni energiya bilan ta`minlovchi oksidlanish jarayonlarida ham muhim o’rin egallaydi.
Katta yoshdagi odamning 4 ta muhim mineral elementlarga o’rtacha bir kunlik ehtiyoji, yuqorida ko’rsatilgan 500 g non mahsulotlarining tarkibidagi bu moddalarning miqdori va un moddalar inson organizmini ehtiyojini qondirish darajasi to’g’risidagi ma`lumotlar jadvalda keltirilgan.
Non mahsulotlaridagi muhim mineral elementlarning inson organizmini ehtiyojini qondirishi
Minerallar
|
O’rtacha bir kunlik ehtiyoj, g
|
500 g non mahsulotlarining tarkibida mavjud, g
|
Inson organizmining ehtiyojini qondirilishi, %
|
Kalsiy
|
900
|
117,6
|
13,1
|
Fosfor
|
1250
|
431
|
34,5
|
Magniy
|
400
|
162,5
|
40,6
|
Temir
|
15
|
10,9
|
72,7
|
Jadvalda keltirilgan ma`lumotlardan ko’rinib turibdiki, yuqoridagi non navlaridan 500 g. ni iste`mol qilish orqali organizm: kalsiyga bo’lgan ehtiyojini 13,1 %ga, fosforga - 34,5 %ga va magniyga bo’lgan ehtiyojini 40,6 %ga, temirga esa 72,7 %ga qondiradi. Bu ma`lumotlar non mahsulotlarida kalsiy kamyob element ekanligidan dalolat beradi. SHuningdek, kalsiy sut mahsulotlari tarkibida ko’p uchraydi. Agar aholining bu mahsulotlarga bo’lgan talabi hozircha to’liq qondirilmasligini nazarda tutadigan bo’lsak, u holda non mahsulotlarini inson organizmi tomonidan oson xazm qilinadigan kalsiy bilan (masalan, kalsiy laktat bilan) boyitish muhim vazifa hisoblanadi.
500 g non mahsulotlarini iste`mol qilish orqali insonning temirga bo’lgan ehtiyoji taxminan 84 %ga qondiriladi. SHuni ta`kidlab o’tish lozimki, unning chiqishi qanchalik past yoki navi yuqori bo’lsa, undagi temir moddasining miqdori shunchalik kam bo’ladi. SHuning uchun oliy va birinchi navli undan tayyorlangan non mahsulotlarini temir bilan boyitish muhimdir. Temirning inson organizmida qon aylanishda muhim o’rin tutishini hisobga olsak, non mahsulotlarini temir bilan boyitish yanada ravshanlashadi.
Nonning mineral qiymatini oshirish uning tarkibidagi kalsiyning miqdorini oshirish hisobiga bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Zero, kalsiy nafaqat non mahsulotlarida, balki bir qator ko’p iste`mol qilinadigan mahsulotlar tarkibida ham kamyobdir. Sut va sut mahsulotlari, shu jumladan, yog’sizlantirilgan quruq, quyultirilgan va quruq sut zardobi nonni kalsiy bilan boyituvchi yuqori qiymatli mahsulotlardan hisoblanadi. Sa, R kabi moddalarning sut mahsulotlari tarkibida mavjud bo’lgan miqdori, don, un va non mahsulotlari tarkibidagiga nisbatan ko’proq mutanosib nisbatdadir.
Ayrim mamlakatlarda bug’doy nonini temir bilan boyitish amalga oshiriladi. Ammo bizning sharoitda aholi yuqori navli un bilan bir qatorda past navli unlardan tayyorlangan mahsulotlarni iste`mol qiladi. SHuning uchun nonni temir bilan boyitish muammosi uncha ahamiyatga ega emas.
Fosfor non va boshqasi ko’p iste`mol qilinadigan mahsulotlar tarkibida yetarli miqdorda mavjud. Mamlakatimizning ayrim hududlarida bo’qoqning (qalqonsimon bez kasalligi) oldini olish uchun nonni yod bilan boyitish keng qo’llaniladi. Bu maqsad uchun toza yod preparatidan yoki yodga boy dengiz karamidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |