5. Sut va sut maxsulotlarini o’ralishiga bo’lgan talablar.
Sut va sut mahsulotlarini o’rash va markirovkalashga bo’lgan talablar ularni o’rash va markirovkalash talablari asosida shakllanadi. Sut va sut mahsulotlarini o’ralishi mahsulotni barcha yarog’lilik muddati davomida uni xavfsizligini va muomila jarayonida iste’mol xususiyatlarini ta’minlashi lozim. Sut maxsulotlari bilan kontaktda bo’ladigan barcha turdagi o’rash materiallari O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash Vazirligi tomonidan ruxsat etilgan bo’lishi kerak. O’ram germetik bo’lishi kerak va xar qanday ifloslanish oldini olgan xolda, belgilangan kafolatli saqlash va/yoki yarog’liligi muddatlari davomida jo’natish, saqlash va sotishda maxsulot saqlanuvchanligini ta’minlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |