Qaysi yogurt eng foydali?
Mahsulotning eng muxim foydali
ko‗rsatkichlaridan biri uning saqlanish muddati hisoblanadi. Qanchalik u kam
bo‗lsa mahsulot foydali hisoblanadi. Uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlarda
inson organizmi uchun foydasi yo‗qoladi.Sifatli yogurtning tarkibi sut va
achitqi, termofil va bolgar tayoqchaolaridan iborat bo‗ladi. Bundan tashqari
rossi ishlab chiqaruvchilari yogurtga quruq sut va turli oziq ovqat va aromatik
qo‗shimchalari, konservantlar va quyultiruvchilarni qo‗shadilar. Yogurtning
foydasi nimada? Birinchidan, yogurt tarkibida kalsiy miqdori ko‗p bo‗lib,
kundalik
iste‘mol
qilish
natijasida
suyaklar,
tishlar
va
tirnoqlar
mustahkamlanadi. Shuningdek, ichak mikroflorasini yaxshilaydi. Yogurtni
iste‘mol qilish ayniqsa oshqozon ichak traktida muammolari bor bo‗lgan
odamlar uchun foydali. Agar siz uzoq muddat antibiotik dorilarini iste‘mol
qilgan bo‗lsangiz, u holda yogurtni iste‘mol qilish bilan ichak mikroflorasini
qayta tiklay olasiz.
Yogurt iste‘mol qilish natijasida kalsiy va B guruhiga mansub
vitaminlarni yaxshi qabul qilinishini ta‘minlaydi. Agar yogurt uy haroratida
26
saqlangan bo‗lsa, uning tarkibida ―tirik bakteriyalar‖ning saqlanib qolinishi amri
maholdir.Bunday mahsulot pasterizatsiya usulida (yuqori harorat bilan ishlov
berish) tayyorlangan hisoblanadi. Bundan aniq ko‗rinib turbdiki, bunday
tayyorlangan mahsulotdan foyda kam. Hozirgi kunda sotuvda turli xil ishlab
chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan yogurt turlarini uchratamiz. Qanday
qilib to‗g‗ri tanlovni amalga oshirsak? Qaysi bir yogurt foydaliroq? Tabiiy
tarkibida meva to‗ldiruvchilarini saqlovchi yogurtlarni ko‗rib chiqamiz. Eng
foydali mahsulot sifatida tabiiy yogurt foydali hisoblanadi. Tabiiy yogurt tarkibi
sut va achitqidan iborat bo‗lishi lozim. Tarkibida shakar, aromatizatorlar,
konservantlarsiz tabiiy mahsulot. Demak, tabiiy mahsulotni iste‘mol qiliayotgan
vaqtda siz organizm uchun foydali bo‗lgan masulotlarni qabul qilasiz. Lekin,
ruxsat etilgan ingredientlar, aromatizatorlar yuzasidan bahslar yuritilib, ularni
tabiiy deb zarari yo‗q deb topildi. Ammmo ularning organizm uchun foydasi
ham yo‗q deb o‗ylayman. Tarkibida tabiiy mahsulotga mevalar qo‗shilgan
mahsulot bo‗lsa bu boshqa gap. Bunday sut kislotali mahsulot organizm uchun
foydali
hisoblanib,
insonning
immun
tizimini
faollashtiradi. Yogurtlar
zaharliligi yuqori bo‗lgan ishlab chiqarish korxonalarida ishlaydigan odamlar
uchun foyda beradi. Yodda tutadigan bo‗lsak, oldin zaharliligi yuqori bo‗lgan
ishlab chiqarish tashkilotlarida ishchilar uchun sut berilgan. Xalq tilida
―zaharlilik uchun sut‖ deb nomlangan. Hozirgi kunda ―zaharlilik uchun yogurt‖
deb berilishi mumkin.
Hozirda yogurtning pribiotik mikroflorasi sizning organizmingizni zararli
mikroblar bilan zararlanishdan himoya qiladi. Yogurt iste‘mol qilinganda sut
kislotasi ishlab chiqariladi, kislotali muhit konsentratsiyasi yuqori bo‗lganligi
sababli vrach pediatrlar yogurtni 8 oylikdan oshmagan yosh bolalar uchun
berishni tavsiya etmaydi. Ko‗rib chiqadigan bo‗lsak, o‗zimizning yogurtmi yoki
xorij yogurtlari foydalimi degan savolga farqi yo‗q deb javob berishimiz
mumkin.Asosiysi, mahsulotni saqlanish muddati uzoq bo‗lmasligi lozim.
Muddati o‗tgan mahsulotni iste‘mol qilish oqibatida organizmingizga zarar
27
keltirasiz. Qaysi yogurt eng foydali degan savolga tirik bakteriyalar saqlovchi
yangi va tabiiy yogurt deb javob berish mumkin (5-jadval) [50,53].
Do'stlaringiz bilan baham: |