Yuklash qurilmasi. Shtukofen shaxtasi o‘zaro tutashtirilgan ikkita kesik konus shaklida bo‘lib, uning yuqori, ochiq qismidan ko‘mir va ruda tashlangan. Shtukofen devorlarida ikkita tuynuk bo‘lib, ulardan biridan bosqon yordamida pech ichkarisiga havo purkalgan, ikkinchisidan esa erigan temir bo‘laklarini chiqarib olish mumkin bo‘lgan. Shtukofen pechlarida shaxtaning yopiqligi hisobiga, issiqlik yanada mukammalroq yig‘ilib, pech balandligining (3-5 metr) hisobiga erish jarayoni nisbatan bir maromda kechgan. Bu jarayonda rudadan foydali metallarni ajratib olish samaradorligi ancha oshgan. Temirni eritish bilan shug‘ullanuvchilarning muddaolaridan qat'iy nazar, shtukofenlardagi erish jarayonida rudadan temirning birdaniga uch turi hosil bo‘lar edi: cho‘yan, yumshoq (bolg‘alanadigan) temir va po‘lat. Ma'lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, metallurgiyada cho‘yan va po‘lat deb, kimyoviy temir moddasining uglerod bilan aralashmalari nazarda tutilib aytiladi. Ular orasidagi farq, temirga birikkan uglerod miqdorida bo‘lib, yumshoq (payvandlash) temirda uglerod miqdori 0.04% dan ko‘p bo‘lmaydi. Po‘latda - 1.7% gacha uglerod birikkan bo‘ladi, agar temir massada 1.7% dan ko‘proq uglerod birikkan bo‘lsa, bunday metall - cho‘yan deb yuritiladi. Uglerod miqdori shunday kichik miqdorlarda o‘zgarishiga qaramay, o‘zining xossalariga ko‘ra temir, po‘lat va cho‘yan keskin farq qiladi: oddiy temir nisbatan yumshoq metall bo‘lib, unga bolg‘alash, charxlash va boshqalarda nisbatan oson ishlov berish mumkin; po‘lat esa ancha qattiq metall - u keskirlik va mustahkamlik xossalarini juda yaxshi saqlaydi. Cho‘yan esa - qattiq bo‘lishiga qaramay, ancha mo‘rt metall bo‘lib, unga ishlov berish juda mushkul. Uglerod miqdori temirning boshqa xossalariga ham sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, u temir tarkibida qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha oson eriydi. Sof temir - ancha qiyin eriydigan metall, cho‘yan esa nisbatan past haroratlarda ham eriy boshlaydi.
Shtukofenlarga qaytsak. Ularning afzalliklarini yuqorida sanab o‘tdik. Biroq bunday pechlarning kamchiliklari ham yetarlicha edi. Undan har qanday rudani ham eritish mumkin bo‘lmagan. Qiyin eriydigan rudalarning ba'zilariga ulardagi issiqlik miqdori yetarli bo‘lmas, yoki kuchliroq havo oqimi purkash talab etilar edi. Ko‘pincha, doimiy havo purkab turish uchun odam muskul kuchlari yetarli bo‘lmay qolardi. Bosqonlarni doimiy ishlatib turish uchun kuchliroq mexanizmlar talab etilardi. Temirchilar buning yo‘lini topishdi: ular suv tegirmonidagi maxsus konstruksiya tayyorlab, bosqonni suv charxpalagining aylanishi orqali harakatga keladigan qilib qo‘yishdi. Bu o‘ziga xos muhandislik yondoshuvi bo‘lib, pechlarda asta-sekin inson qo‘l kuchi mehnatidan, texnika yordamiga o‘tilishi boshlandi. Charxpalak validan tishli uzatmalar chiqarib, ularning har bir aylanishidan bosqon ochilib-yopilib, pech ichkarisiga havo purkagan. Ilg‘or temirchi ustalarning shtukofenlarida ikkitadan bosqon navbatma-navbat ishlar edi. Gidravlik dvigatel (ya'ni charxpalak) va qo‘shbosqonli shtukofen pechlarining paydo bo‘lishini tarixchilar XIV asr oxirlariga taalluqli deb hisoblaydilar. Chunki, XV asrga kelib, ko‘plab metall eritish ustaxonalari, odatiy joylari - rudaga yaqin yerlardan, daryolar sohiliga ko‘chib o‘ta boshlashdi. Buning sababi esa o‘sha gidrodvigatel - charxpalakda edi. Bir so‘z bilan aytganda shtukofen pechlarining ixtiro qilinishi va ularga havo purkovchi bosqonlarning gidrodvigatellar bilan jihozlanishi, texnika taraqqiyotida olg‘a tashlangan katta qadam bo‘libgina qolmay, balki cho‘yan va po‘latning kashf qilinishi bilan ham o‘ta ahamiyatli edi.
Ustki qurilma: 1. qabul qiluvchi voronka;2. kichik konusning aylanadigan voronkasi;3.kichik konus;4. Konuslararo fazo;5.katta konus:6. O‘tkazib yuborish.
3.Domna pechining mahsulotlari. Domna pechidan olinadigan mahsulotlar
Domna pechidan olinadigan maxsulotlar jumlasiga chuyan, shlak, domna gazi va koloshnik changi kiradi.Chuyan domna pechidan olinadigan asosiy maxsulotdir.Uning tarkibida 2,14...4,5% S. 0,50...4,25 % Si, 0,2...3,5 % Mn, 0,1...1,3 % R , 0,02...0,20 % S buladi. Ishlatilish soxasiga kura chuyan uchta guruxga bulinadi:kayta ishlanuvchan chuyan, kuymakorlik chuyani va ferrokotishmalar.Pulat olish usuliga kura
Qayta ishlanuvchan cho‘yan marten chuyani (M1, M2), bessemer chuyani (B1, B2), tomas chuyani (T-1) turlariga bulinadi.Kuymakorlik chuyani domna pechida olinadigan xamma chuyanning taxminan 18 % ni tashkil etadi va kuyma detallar olish uchun ishlatiladi. Bu chuyanlar LK-OO, LKO, LK-1, LK-2, LK-3, LK-4 va LK-5 kabi markalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |