Документ Microsoft Office Word



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/103
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#80545
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103
Bog'liq
sotsial psixologiya darslik

Rahbarlik sifatlari 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, rahbarda tug‘ma qobiliyat bo‘ladi deb ham aytib 
bo‘lmaydi,  ikkinchi  tomondan,  rahbar  vaziyatga  qarab  stixiyali  tarzda  tarbiyalanib 


ketaveradi,  deb  ham  bo‘lmaydi.  Minglab  shaxs  sifatlari  ichida  ko‘plari  rahbarlik 
uchun qulay va ma’quldir. A. V. Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlarni 1,5 mingini 
sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bo‘lishi lozim 
bo‘lgan  ayrim  sifat  qobiliyatlar  borki,  o‘shalar  haqida  qisqacha  to‘xtalib  o‘tmoq 
lozim. 
Avvalo,  har  qanday  rahbarda  intellekt,    aql-zakovatning  ma’lum  normasi 
bo‘lishi  kerak.  Bu  norma  va  yaxshi  rahbar  uchun  o‘rtadan  yuqori  bo‘lmog’I 
maqsadga  muvofiqdir,  chunki  passiv  darajasidagi  intellektga  ega  bo‘lgan  rahbar 
bilan  ishlashi  xodimlar  uchun  qator  noqulayliklarni  keltirib  chiqarishlarini,  bunda 
naql  zakovat  qolganlarning  ijobiy  rivojlanishiga  psixologik  to‘siq  bo‘lishini 
amaliyot  va  hayot  ko‘rsatadi.  Rahbardagi  o‘rtadan  yuqori  intellektni  qoplab 
ketadigan  yana  boshqa  muhim  sifatlar  borki,  ular  boshqarish  ishining  samarasiga 
ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Masalan,  rahbarning  mustaqil  fikrlilik,  topqirlik, 
tashabbuskorlik  sifatlari.  Chunki,  ayrim  hollarda  xato  qilsa  ham,  rahbar  original 
fikrlar  aytib,  yo‘l-yo‘riqlar  ko‘rsata  olishi,  har  bir  aytilgan  fikr,  qilingan  ishga 
mustaqil  baho  bera  olishi  zarur.  Chunki,  mustaqillik  shaxs  qiyofasini  belgilovchi 
muhim psixologik xususiyatdir. 
Rahbarda  mustaqillik  bo‘lsa.  Unda  o‘ziga  ishonch  ham  bo‘ladi,  bu  esa  o‘z 
navbatida  rahbardagi  sub’ektiv  talablar  darajasining  yuqori  bo‘lishiga  olib  keladi. 
Ko‘pincha,  rahbarning  boshqalarga  talabchanligi  haqida  gapiriladi,  lekin  yaxshi 
rahbar avvalo o‘z o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishi kerak.  
Har  qanday  rahbar  uchun  universal,  kerak  bo‘lgan  hislatlarni  tom  ma’noda 
"ziyoli"  bo‘lish  yoki,  boshqacha  qilib  aytganda,  madaniyatli  bo‘lishidir.  Boshliq 
o‘zidagi  madaniyatini  avvalo  muomalada,  odamlar  bilan  bo‘ladigan  kundalik 
muloqotlarga namoyon etmog’i lozim. Muomala madaniyati bu o‘rinli, aniq, qisqa, 
samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. 
Chunki  boshliq,  bilan  bo‘ysunuvchilar  o‘rtasida  kelib  chiqadigan  shaxsiy 
ziddiyatlarning asosida tinglay olmaslik, yoki gapni to‘g‘ri yo‘sinda gapiraolmaslik 
yotadi.  O‘zganing  o‘rniga  tura  olish,  uning  his  kechinmalariga  sherik  bo‘lish, 
empatiya  hissining  borligi,  dialoglarda  sabr  tokatlilik  va  boshqalar  muloqot 
madaniyatining muhim tomonlaridir. 
Jamoa  faoliyatining  o‘z  faoliyatini  rejalashtirish  qobiliyati  rahbar  uchun 
muhim  bo‘lgan  talablaridan  biridir.  Chunki  rejalashtirish  asosida  o‘z-o‘zini 
boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara 
olishni  ta’minlovchi  muhim  psixologik  xususiyat  yotadi.  Rejalashtirish  bu  o‘ziga 
xos  kelajakni  ko‘ra  olish  qobiliyati,  kelajak  obrazi  bo‘lib,  bu  narsa  shaxsning 
qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim belgisidir. Bu 


juda murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u shaxsning o‘z diqqatini qanchalik ongli 
tarzda boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olish, vaqtdan tez foydalana 
olish,  ortiqcha  ishlardan  o‘zini  tiyish,  qo‘l  ostidagilarga,  imkoni  boricha,  ularning 
qobiliyatlariga  qarab  ish  buyura  olish  va.  nihoyat,  buyurgan  ishni  o‘z  vaqtida 
nazorat  qilib,  so‘rab  olish  imkoniyati  bilan  bog‘liq.  O‘z  ishini  puxta  rejalashtirish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan rahbar realistik tafakkurga ega bo‘lmog‘i, ya’ni har qanday 
sharoitlarda ham o‘sha muammo yoki ishga taaluqli barcha alternativ variantlardan 
eng  to‘g‘risi  va  maqsadga  muvofiqligini  tanlay  oladigan,  ishni  to’g’ri  tashkil  eta 
bilgan,  ya’ni  eng  kam  kuch  va  vaqt  sarflab  ishni  uddalay  olgan,  noaniq  yoki 
tasodifiy  vaziyatlarda  ham  ish  taktikasini  to‘g‘ri  yo‘lga  yo‘naltira  oladigan  odam 
bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, yaxshi rahbar uchun oldida turgan ishning har bir 
aloxida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari va 
vositalarining  oldindan  ko‘ra  bilish  qobiliyati  ham  zarur.  Shunday  taqdirdagina  u 
ishga  dadil  kirishini,  o‘zgalarni  o‘z  ortidan  ergashtirishi  va  ishlab  chiqarishda 
yuksak ko‘rsatkichlarga erishishi mumkin. 
Yuqorida  aytib  o‘tilgan  rahbarlik  sifatlari  ichida  eng  muhimi,  tabiiyki, 
psixologik  mahoratni  talab  qiladigan  odamlar  bilan  ishlash  mahoratidir.  Jamoa 
a’zolari  bilan  samarali  ishlash  uchun  esa  boshli  qularning  psixologiyasi  va  guruh 
psixologiyasini  yaxshi  bilishi  zarur,  chunki  "o‘zgalar  psixologiyasini  bilish  ular 
ustidan  xukmronlikning  yagona  yo‘lidir",  deb  yozishgan  edi  ingliz  olimlari. 
Ijtimoiy psixologiyaning bu borada ham yaxshi vositasi ijtimoiy psixologik trening 
uslubi borki, uning  yordamida  odamlar  bilan  ishlovchilar  jamoani  boshqarishning 
turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar. 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish