Документ Microsoft Office Word



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/103
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#80545
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103
Bog'liq
sotsial psixologiya darslik

Psixoanaliz doirasida  esa  ijtimoiy  psixologik  tadqiqotlar  E.Fromm  va  Dj. 
Salliven  ishlari  bilan  bog‘liq,  Bixevioristlardan  farqli  o‘laroq,  bu  yerda 
eksperimentlar  ikki  kishi  emas,  balki  ko‘pchilik  ishtirokida  o‘tkazila  boshladi. 
Ularning  izdoshlari  (V.Bayon,  V.Bennis,  G.Sheparde,  V.Shuts)  o‘tkazgan 
tadqiqotlar  tufayli  hozirgi  kunda  ham  katta  qiziqish  bilan  o‘rganilayotgan  “T  – 
Guruhlar” psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga 
ta’siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta’siri kabi masalalar ishlab chiqildi va 
ijtimoiy psixologik treninglar o‘tkazishga asos solindi.  
Kognitivizm  Kurt  Levin  nazariyasi  asosida  paydo  bo‘lgan  psixologik 
yo‘nalish  bo‘lib,  undagi  o‘rganish  ob’ekti  munosabatlar  tizimidagi  odamlar, 
ularning  bilish  jarayonlari,  ong  tizimiga  taalluqli  bo‘lgan  kognitiv  holatlar  bo‘ldi. 
Kognitivizm  doirasida  shunday  mukammal,  boshqalarga  o‘xshamas  nazariyalar 
yaratildiki,  ular  hozirgi  kunda  ham  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotgani  yo‘q.  Masalan, 
F.Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T.Nyukomning kommunikativ 
aktlar  nazariyasi,  Festingerning  kognitiv  dissonanslar  nazariyasi  va  boshqalar 
shular  jumlasiga  kiradi.  Ulardagi  asosiy  g‘oya  shundan  iboratki,  shaxs  o‘ziga 
o‘xshash  shaxslar  bilan  muloqatga  kirishar  ekan,  doimo  munosabatlarda  ruhiy 
mutanosiblik,  tenglik  bo‘lishiga,  shu  tufayli  ziddiyatlardan  chiqishga  harakat 
qiladi.  Maqsad  –  turli  ijtimoiy  sharoitlarda  shaxs  xulq-atvorining  psixologik 
sabablarini tushuntirish va  ziddiyatlarning  oldini  olish  uchun  yo‘l-yo‘riqlar ishlab 
chiqishdan  iborat. Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar Olport, Maslou, 
K.Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol 
davom ettirmoqdalar.  
Nihoyat,  yana  bir  eksperimentlar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  nazariya 
interaksionizm bo‘lib, bu aslida sotsiologik nazariya hisoblanadi. Uning asoschisi 
Gerbart  Mid  bo‘lib,  uning  qarashlari  ta’sirida  T.Sarbinning  rollar  nazariyasi, 
G.Xaymen  va  R.Mertonlarning  referent  guruhlar  nazariyasi,  F.Gofmanning 
ijtimoiy  dramaturgiya  nazariyalari  shakllanadi.  Ular  turli  ijtimoiy  sharoitlardagi 
xulq-atvorni  tushuntirish  orqali  shaxs  ijtimoiy  psixologik  sifatlarining  sabablarini 
topishga  harakat  qildilar.  Har  bir  shaxs  doimo  ijtimoiy  o‘zaro  ta’sir  tizimida 
mavjud  bo‘ladiki,  unda  u  to‘g‘ri  harakat  qilish  uchun  o‘zgalarni  tushunishga 
harakat qilishi, o‘zgalar rolini qabul qilishga tayyor bo‘lishi lozim. Lekin o‘zgalar 
rolini  to‘g‘ri  qabul  qilish  uchun  unda  “umumlashtirilgan  o‘zga”  obrazi  bo‘lishi 
lozimki,  bu  obraz  shaxslararo  muloqat  jarayonida,  har  bir  shaxs  uchun  ibratli 


bo‘lgan  kishilar  guruhi  bilan  muloqotda  bo‘lish  jarayonida  shakllanadi.  Ya’ni, 
shaxsning faolligi tan olinadi, bu esa fan tarixida o‘ta progressiv holat edi.   
Yuqorida  aytib  o‘tilgan  nazariya  va  oqimlar  hozirgi  kunda  ham  ijtimoiy 
psixologiyaning  rivojlanishiga  o‘z  hissalarini  qo‘shib  kelmoqdalar.  Keyingi 
davrlarda  Rossiyada  rivojlangan  ijtimoiy  psixologiya  va  sobiq  Ittifoq  daslatlarida 
barcha  o‘tkazilgan  fundamental  va  tadbiqiy  tadqiqotlarda  chet  ellik  psixologlar, 
xususan amerikalik olimlar qarashlarining ta’siri kattadir.  

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish