Документ Microsoft Office Word


-MAVZU: TATBIQIY SOTSIAL PSIXOLOGIYA (6 SOAT)



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/103
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#80545
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
sotsial psixologiya darslik

25-MAVZU: TATBIQIY SOTSIAL PSIXOLOGIYA (6 SOAT) 
Reja: 
1.Shaxsning birgalikdagi xarakatlarga tayyorgarligi 
2.Sotsial-psixologik 
trening 
shaxeni 
sotsial-psixologik 
xarakteristikasini 
rivojlantirish usuli 
Ma’lumki,      shaxsning  sotsializatsiyasi  asosan  ta’lim-tarbiya  maskanlarida 
amalga  oshadi.  Shuning  uchun  ham  ta’lim  maskanlari  orasida:  oila,  bog‘cha, 


maktab, litsey, kollej, oliygoh oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri shaxsning 
kamoloti  uchun  barcha  sharoitlarni  yaratish,    uning  individual  va  psixologik 
xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  ta’lim  va  tarbiyaning  eng  maqbul  shakllarini 
joriy  etishdir.  Oxirgi  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasi  ko‘rsatmalariga  asosan 
yoshlarning  layoqatlarini  ilk  yoshligidan  aniqlash,  ular  iqtidorini  har  taraflama 
o‘stirish  vazifalari  shaxsga  individual  yondashuvning  zarurligini,  o‘qishning 
differensial  bo‘lishini  talab  qilmoqda,  shunga  yarasha  maktab  va  jamoatchilik 
oldiga  qator  muammolarni  keltirib  chiqarmoqda.  Testlar  vositasida  bilimlarni 
tekshirish,  oliy  o‘quv  yurtlariga  va  ta’limning  barcha  tarmoqlariga  ham  test 
sinovlari  orqali  qabulning  amalga  oshirilishi  psixologik  xizmatning  tezroq  yo‘lga 
qo‘yilishini  talab  qilmoqda.  Ijtimoiy  psixologiya  ham  davrimizning  ta’lim 
maskanlari  oldiga  qo‘yayotgan  talablari,  uning  hozirgi  kunlarda  boshdan 
kechirayotgan qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, o‘z oldiga: 
a) ularni anglash; 
b) ilmiy analiz qilish; 
v) oldini olish yo‘llarini qidirish; 
g)  yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish vazifasini qo‘ymoqda. 
Bu borada ijtimoiy psixolog jamoada qanday  ishlarni qilishi mumkin?  
1.  Joylarda  tashkil  etilgan  psixologiya  xizmati,  avvalo  psixologdan  o‘sha  ta’lim 
maskani  sharoitini  har  tomonlama,  to‘liq  o‘rganib  chiqishni,  har  bir  yosh 
xususiyatlariga qarab, individual va guruhda ishlash uslublarini aniqlashi lozim. 
2.  Psixolog  shaxs  o‘rtasida  uchrab  turadigan  psixik  rivojlanishdan  chekinish 
hollarini  to‘liq  o‘rganishi,  unga  sabab  bo‘lgan  ijtimoiy-psixologik  shart-
sharoitlarni analiz qilishi lozim. 
3.  Psixologda  turli  yoshli  shaxs  bo‘yicha  ularning  qobiliyatlari,  yo‘nalishi, 
layoqatlari  va  kasbga  qiziqishiga  doir  aniq  ilmiy  analizlar,  test  natijalari  asosida 
tuzilgan  ma’lumotlar  blanki bo‘lishi  kerak.  Bu  ma’lumotlarga  asoslanib,  psixolog 
xarbirshaxsga  alohida-alohida  yondashish,  ayrimlariga  qo‘shimcha  darslar  tashkil 
etish  shaxsdagi  qobiliyatlarni  o‘stirish  bilan  bog‘liq  aniq  ko‘rsatmalar  ishlab 
chiqmog‘i lozim. 
4.  Ta’lmimaskanlaridagialohida  sinflardagi  ruhiy  holatlarni,  o‘zaro  munosabatlar 
bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik muhitni aniqlashi va rasmiy va norasmiy liderlar 
o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur o‘rganib,  ma’muriyatga kerakli yo‘l-yo‘riqlarni 
berib turishi kerak. 


5.  Bundan  tashqari,  psixolog  turli  mojarolar,  ziddiyatlar,  tartibbuzarliklarning 
oldini  olish,  ularning  tabiatini  o‘rganish  chora-tadbirlari  bo‘yicha  konsultatsiyalar 
tashkil  etishi  kerak.  Bunday  konsultatsiyalar  alohida  ota-onalar  va  pedagoglar 
jamoasi uchun tashkil qilinadi. Amaliy psixolog faoliyatining yana bir tomoni turli 
masalalar bo‘yicha o‘qituvchilar jamoasiga konsultatsiya va yordamlar berishdir. 
Yuqoridagi  vazifalardan  kelib  chiqib,  diagnostik  va  tuzatish  ishlari  (har 
qanday  rivojlanish  jarayonidagi  cheklanishlar,  orqada  qolish  holatlarini  aniqlab,  
chorasini topish,  ular oldini olish); psixoprofilaktik ishlar (psixogigiena, bolaning 
psixologik  jihatdan  normal  rivojlanishini  ta’minlovchi  sharoitlar  yaratish); 
psixologik konsultatsiyalar, o‘kituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilarning psixologik 
savodxonligini  ko‘tarish;  psixolog    qo‘llaydigan  metodlarni  konkret  sharoitlarga 
moslashtirish,  ulardan  samarali  foydalanish,  to‘plangan  ilmiy  ma’lumotlarni 
sistemali  tarzda  analiz  qilib  borish;  testlar  tuzish,  ularning  sezgirligini  ilmiy 
asoslash va har bir bola qobiliyatini, qolaversa, o‘qituvchilar bilimdonligini testlar 
yordamida  muntazam  tekshirib,  ilmiy  xulosalar  va  ko‘rsatmalar  tayyorlash 
kabilardan iboratdir. 
O‘ylaymizki,  respublikamizda  ta’lim  maskanlarida  psixologik  xizmat 
ko‘rsatish  ishlarini  takomillashtirish  kelajagimiz  bo‘lgan  bolalarimizni  jamiyat 
oldida  turgan  ulkan  va  ulug‘  vorislarga  tayyorlashda  o‘zining  munosib  hissasini 
qo‘shadi. 
Umuman jamiyatning psixologiya fani oldiga qo‘ygan talablari ko‘p. Ularni 
qondirish  uchun  jumxuriyatimizda  avvalo  keng  ilmiy-tadqiqot  ishlarini 
rivojlantirish,  ularning  natijalarini  dadil  amaliyotga  tadbiq  qilish  davri  keldi. 
Amaliyot bilan nazariya o‘rtasidagi bog‘liqlik har bir ilmiyg‘oyani hayotga tadbiq 
qilish psixologlar oldida turgan asosiy vazifalardandir. 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish