Doirasidagi



Download 62,86 Kb.
bet4/7
Sana01.01.2022
Hajmi62,86 Kb.
#292582
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mazhab

Xanbaliya[tahrir]

Xanbaliya-sunniylikdagi diniy-huquq mazhablardan biri. Uning asoschisi va imomi ibn Xanbal (780-855) mustahkam eʼtiqodli sunniylik nuqtai nazaridan halifa Maʼmun davrida davlat dini bo‘lishi mu’taziylikka qarshi kurashgani uchun bir necha bor qamalgan va jazolangan. Xanbaliya mazhabi tarafdorlari avvallari faqatgina Qur’on va Sunnagagina tayanib, shar’iy hukmlar chiqarsalar, keyinroq qiyos va ijmo‘ning qo‘llanishida ham ular tanho Muhammadning safdoshlari bo‘lmish sahobalarning hamjihatligidan kelib chiqqan hukmlarnigina inobatga olar edilar. Ularning rasmiyatchiligi o‘ta ketgan mutaassibligi, jonli tarixiy haqiqatdan uzoq turgan qarashlari, ijtimoiy hayot va turmush tarzidagi har qanday yangiliklarga zid ekanligi sababli — mazhab XII- asrgacha keng tarqalmagan. Undan keyingi asrlarda xanbaliya tarafdorlari yana kamayib ketgan. XVIII asrda paydo bo‘lgan vahobiylar xanbaliya tarafdori bo‘lib chiqqan. Vahobiylar Saudiya Arabistonda hokimiyatni qo‘lga olgach, Xanbaliya qonunlarini amalga kiritganlar. U erda xanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amalda. Mazkur mazhablar va ulardagi xuquqshunoslik o‘rtasida, yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, sabr-toqat va mutaassiblik darajasi xususida bir oz tafovut mavjud bo‘lib, ular islom diniy taʼlimoti doirasidan tashqariga chiqmaydi, yaʼni bu mazhablarning hammasi ortodoksal hisoblanadi.

Shialik[tahrir]

Shialik (arab.-guruh, tarafdorlar) -islomdagi asosiy yo‘nalishlardan biri. O‘zining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati jihatidan sunniylikdan keyingi o‘rinda turadi. Hozirda jahondagi musulmonlarning qariyib 10 foyizi Shialikka mansub hisoblanadi. Shialik VII- asr o‘rtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. VII- asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo‘nalishga aylangan.

Shialar tarafdorlari sunniylar kabi Qur’onni ilohiy deb eʼtirof etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari qoldirilgan deb hisoblaydilar. Shia ilohiyotchilari Quro‘nning mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z taʼlimotlarini asoslaydilar. Sunnada esa ular faqat Ali va uning tarafdorlari nomi bilan bog‘liq bo‘lgan hadislarni tan olganlar va shunday hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar tuzganlar. Bu to‘plamlar ahbor deb atalgan. Sunniylikda eʼtirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib, shialarda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga eʼtiqod qilinadi.

Bulardan 4 aqida:



  • tavhid (Ollohning yagonaligini eʼtirof etish),

  • adl (adolat, Ollohning odilligi, yaʼni taqdir aqidasi)

  • nubuvvat (payg‘ambarlik) qiyomat yoki maʼod (oxirat kunining kelishi

  • o‘lganlarning tirilishi) asosan sunniylik taʼlimoti bilan mos tushadi.

5-aqida imomat (imomlar hokimiyatini eʼtirof etish) esa sunniylikka va sunniy halifalar hokimiyatiga zidligi bilan farq qiladi. Sh. Ali va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan barcha xalifalarni xususan dastlabki halifalardan Abu BakrUmar va Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874-878 yillar orasida 7-9 yoshida bedarak yo‘qolgan (tarixiy nuqtai nazardan o‘ldirilgan bo‘lishi kerak) 12-imom Muhammad al-Mahdiyni ular „yashiringan“ hisoblaydilar, zamona oxir bo‘lganda uning qaytib kelishini va adolat o‘rnatishini kutadilar (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon).

Bu tasavvur maʼlum darajada sunniylikda ham tarqalgan. Baʼzi urf-odat va marosimlarda, shariat normalarida ham Sh. bilan sunniylik o‘rtasida maʼlum tafovutlar bor. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani „muqaddas“ hisoblash bilan birga, KarbaloNajaf shaharlarida joylashgan Sh. Imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladilar.




Download 62,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish