Doimiy charchoq nimadan dalolat beradi — charchash bilan bog’liq holat reja: Doimiy charchoqlik sabablari



Download 29,18 Kb.
bet6/6
Sana30.12.2021
Hajmi29,18 Kb.
#196699
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
charchoq

Nima qilish kerak. Ushbu vaziyat bilan bog’liq charchoqni yo’qotish uchun endokrinologga borish va sizga qanchalik intensiv davolanish kerakligini aniqlash lozim. Odatda, bemorlar umrlari oxiriga qadar gormonlarni o’rnini bosuvchi terapiyaga amal qilishlari kerak bo’ladi, ammo natijalar vositalarni oqlaydi.

5. DEPRESSIYA

Zaiflik — depressiyaning eng tez-tez uchraydigan yo’ldoshlaridan biridir. Bu holatdan, o’rtacha hisobda, dunyo aholisining taxminan 20 foizi aziyat chekadi.


Depressiyani davolash→

Nima qilish kerak. Agar tabletkalar qabul qilish va psixologga borishni xohlamasangiz, sport bilan shug’ullanishga harakat qiling. Jismoniy faollik — bu tabiiy antidepressant bo’lib, «baxt» gormoni bo’lmish serotonin ishlab chiqarishga hissa qo’shadi.

6. ICHAKLAR BILAN BOG’LIQ MUAMMOLAR

Glyutenli kasallik yoki seliakiya taxminan har 133 kishining birida kuzatiladi. Kasallikning mohiyati — ichaklar donlarning glyutenini hazm qila olmasligidir, ya’ni siz hafta davomida ko’p miqdorda pitsa, pechenye, makaron yoki non iste’mol qilsangiz, qorin dam bo’lishi, diareya, bo’g’imlar sohasida diskomfort va charchash hissi kuzatiladi. Bunda organizm shu tariqa ichaklarning so’rish qobiliyati buzilishi sababli oziqa moddalarining yetishmasligiga javob qaytaradi.



Nima qilish kerak. Birinchidan, muammo ichakda ekanligiga ishonch hosil qilish uchun bir nechta tekshiruvlardan o’tish kerak. Ba’zi hollarda tashxisni tasdiqlash uchun endoskopiya talab qilinadi. Agar javob ijobiy bo’lsa, charchashni oldini olish uchun taomnomani jiddiy ravishda qayta ko’rib chiqishingiz kerak bo’ladi.

7. YURAK MUAMMOLARI

Infarktni boshdan o’tkazgan ayollarning taxminan 70 foizi infarktdan oldingi to’satdan va uzoq muddatli zaiflik va doimiy charchoqdan shikoyat qilishgan. Insoniyatning go’zal yarimida infarkt juda og’riqli bo’lmasa-da, ayollar o’rtasida infarkt tufayli o’lim darajasi foizi doimo o’sib bormoqda.


Yurak-tomir kasalliklari→

Nima qilish kerak. Agar sizda yurak xastaligining boshqa alomatlari — ishtahaning kamayishi, nafas olish qiyinligi, ko’krak qafasidagi kam kuzatiladigan, lekin keskin og’riqlar bo’lsa — kardiologga murojaat qilish yaxshiroqdir. Bunda elektrokardiogramma (EKG), exokardiogramma yoki ultratovush tekshiruvi kerak bo’lishi mumkin. Davolash tartibi tekshiruv natijalarga bog’liq. Yurak kasalligining oldini olish uchun taomnomada kam yog’li ovqatlarni ustun qilish va yengil jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi mumkin.

8. QANDLI DIABET

Qandli diabet bemorni ikki yo’l orqali charchatishi mumkin. Birinchisi: bemor qonidagi qand darajasi juda yuqori bo’lsa, glyukoza (ya’ni potentsial energiya) tanadan tom ma’noda yuvilib chiqib ketadi va behuda yo’qoladi. Demakki, siz qanchalik ko’proq ovqatlansangiz, o’zingizni shunchalik yomonroq his etasiz. Aytgancha, qonda qandning doimiy ravishda ko’tarilgan holatining o’z nomi mavjud — potentsial diabet yoki prediabet. Bu hali kasallik emas, lekin u ham doimiy charchaganlik bilan namoyon bo’ladi.



Ikkinchi muammo kuchli chanqashdir: bemor juda ko’p suyuqlik ichadi va bu tufayli tunda bir necha marta hojatga chiqadi — natijada sog’lom uyqu buziladi va uyquga to’ymaslik natijasida kishiga surunkali charchash hamrohlik qiladi.

Nima qilish kerak. Qandli diabetning boshqa alomatlari — tez-tez siydik chiqarish, ishtahaning kuchayishi va vazn yo’qotishidir. Agar siz o’zingizda ushbu kasallikdan shubhalansangiz, shubhalarni tekshirishning eng yaxshi yo’li tahlil qilish uchun qon topshirishdir. Qandli diabet bilan og’rigan bemorlar parhezga amal qilishlari, qonda qand darajasini muntazam tekshirib turish, dori-darmonlarni qabul qilish va, ehtimol, sport bilan shug’ullanishlari kerak. Agar preidiabet tashxisi qo’yilsa, ortiqcha jismoniy faollik vaziyatning yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
Download 29,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish