Для поступающих в высшие учебные заведения Учебный центр для абитуриентов



Download 125 Kb.
bet4/4
Sana15.04.2022
Hajmi125 Kb.
#555469
TuriРешение
1   2   3   4
Bog'liq
03,03,2019, Русский 11 ona tili

Yo sen beri kel, yo men borayin anda.
B) U goh yovuzlik shaklida, goh milliy va diniy adovatlar shaklida o‘z sharpasini ko‘rsatib turibdi.
C) Bo‘yim barobar oltin-kumush menga ortiqchadir, ammo, agar bir xazinangizdan to‘la foydalanishga ruxsat bo‘lsa, bu men uchun katta mukofot bo‘lardi.
D) O‘sha davrlarda adabiyot tarixi darsi xronologik va tematik xarakterga ega emas edi, ya’ni adabiyot tarixi dars sifatida o‘tilmas edi.
73. Qaysi gapda hokim qismlari aniqlovchi va kesim vazifasida kelgan to‘ldiruvchili birikmalar qatnashgan?
A) Odamlar siz bilan dardini yoki quvonchini o‘rtoqlashsa, uni hurmat qilib, diqqat bilan tinglang.
B) Milliy qadriyat-anmizning mazmuni va mohiyatini chuqur, batafsil o‘rganishga harakat qilaylik.
C) U to‘qayzorda sassiq alaflarning, qamishlarning, gulni payhon qiluvchi to‘ng‘izlarning ko‘pligidan ajablanmaydi.
D) O‘zini sovuqda qaltirayotgandek his qilgan kampir qizi bergan choydan qaynoq-qaynoq ichgach, tanasiga yoqimli issiqlik yugurdi.
74. Qaysi gapda qaratqich aniqlovchiga tobelanib kelgan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan?
A) Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi.
B) Mehnatsevar, zahmatkash insonlar odamlarning ko‘rki, ishyoqmaslar esa ularning og‘riq joyidir.
C) Bobur temuriylar sulolasining so‘nggi yirik vakili edi.
D) Nihoyat, butunlay holdan toyib, ikkovining qimirlashga ham majoli qolmay, taxtaday qotib turaverishibdi.
75. Qaysi gapda ega vazifasini bajargan sifatlanmish qatnashgan?
A) Uning mo‘ljali besh-olti kilometr yurib qaytish edi, biroq rayon markaziga tushib chiqishga qaror berdi.
B) Tinib-tinchimas bu chol umr bo‘yi o‘z loyihalarini, chizmalarini Ma’suma bekaga gapirib keldi.
C) Bulbulning maqomlari, kuylari to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiz emish...
D) Qizining chug‘urlab biyron-biyron gapirayotganini ko‘rganlar unga mamnun jilmayib qo‘ydi.
76. Uyushiq kesimga bog‘lanmagan uyushiq bo‘lak qaysi javobda qatnashgan?
A) Pakana yigit uyning ustun va devorlarini chertib, deraza va eshiklarining bo‘yog‘ini hidlab ko‘di.
B) Hovuz bo‘yida o‘tirgan birigadir hovuchini to‘lg‘azib suv olar, zavq bilan yuzini, bo‘ynini, ko‘kraklarini, qoraygan joylarini yuvar edi.
C) Mehmonlarga qo‘lidan kelgancha yaxshi dasturxon solib, qo‘ni-qo‘shni qizlar va kelinchaklarni chaqirtirib, allaqaylardan tori uzilgan dutorlarni topdirib kelgan va ularni xursand qilmoq uchun tirishib-tirmashgan Enaxon o‘z ko‘nglida yana xijolat tortishdan qutulmadi.
D) Daryoning Shoshibushon qayig‘i suzib borayotgan ilonizi shoxobchasi limmo-lim to‘lgan, suv qirg‘oqlar bilan baravar bo‘lib, sohildagi pichanzorlarni, ayrim o‘rinlarda don ekinlarini suv bosgan edi.
77. Qaysi javobda so‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida leksima omonimligi vujudga kelgan?
A) azali, ayri B) belamoq, quymoq
B) axir, ayri D) belamoq, azali
78. Ham ergash gap qismi tarkibida, ham bosh gap qismi tarkibida bitishuv munosabatli otli so‘z birikmasi ishtirok etgan ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.
A) Ertalabdan kechgacha daladan quti-quti pomidor, bodringni yelkaga ortmoqlab chiqish sport emas, ammo tosh irg‘itish, tosh ko‘tarish - sport, chunki unda qoidali harakat qilinadi.
B) Giyohvandlik – insoniyat kushandasi, shu tufayli unga qarshi dunyo ahli ommaviy kurash olib bormoqda.
C) Ulug‘ Navoiy o‘zigacha yashagan va o‘ziga zamondosh bo‘lgan shoirlarning baytlarini yig‘ib, «Majolis un-nafois» asarini tuzgan holda, avlodlar mulkiga aylantirdi, buyuk Sa’diy Sheroziy esa xalq donishmandligining nodir namunalariga o‘z iste’dodi shu’lasi bilan sayqal berib, «Guliston» va «Bo‘ston»larni yaratdi.
D) Eng yaxshi yo‘l shuki, yaxshi do‘st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi.
79. Jarangli sirg‘aluvchi til undoshi+unli+jarangsiz sirg‘aluvchi til undoshi qolipidagi yopiq bo‘g‘inlar qaysi gapda nisbatan ko‘p?
A) Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si.
B) Sabr bila bog‘liq ish ochilur, Ishda oshiqqan ko‘p toyilur.
C) Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi, yuragim gursullagancha o‘rnimdan turib ketaman.
D) Yaxshilik yordamin yaxshilarga qil,
Yaxshiga yaxshilik yaxshi – buni bil.
80. Ko‘prikni biz qurdik // dushmanlar o‘tdi.
// belgisi o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan tinish belgisiga oid to‘g‘ri hukmlarni belgilang.
A) Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan so‘ng ishlatiladi.
B) Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa.
C) Tasdiq, ta'kid, inkor va shu kabi ma'nolarni bildiruvchi ha, yo‘q, rahmat, xo‘sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi so‘z-gaplardan keyin kelgan bo‘laklarni ulardan ajratish uchun ham … qo‘yiladi.
D) Qo‘shma gapning birinchi qismidan so‘ng kuchli to‘xtam bo‘lsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog‘lanmagan qo‘shma gaplar orasida ham … ishlatiladi.
81. Tursunboy hamma narsadan kechganda ham birgina shu ...dan kechmas edi. Endi u shu ilinjidan ham mahrum bo‘lganiga ishondi. ... uning oxirgi ilinji edi.
Said Ahmadning «Ufq» romanidan olingan ushbu parchada kim (yoki nima) haqida gap bormoqda?
A) Zebi B) Jannat xola C) choynakdagi issiq choy D) yoshligi
82. Qaysi javobdagi baytda “ruju” badiiy san’ati qo‘llanmagan?
A) La’li mayi aqlni mast aylasa,
Mast ne kim, bodaparast aylasa.
B) Fikrati mezoni bo‘lub „Xamsa"sanj,
Xamsa" dema, balki degil „Panj ganj!"
C) Ganja vatan, ko‘ngli aning ganjxez,
Xotiri ganjuru dili ganjrez.
D) Ne so‘znikim o‘qub ko‘ngliga yozib,
Dema ko‘ngilki, jon lavhiga qozib.

83. “Alpomish” dostonida Barchin Alpomishga yozgan xatida qancha yo‘l yurib Qalmoq eliga kelganligini aytgan?


A) 3 oy B) to‘qson kecha kunduz C) 6 oy D) 3 yil
84. “Olamda katta voqealar ro‘y berganda, kichik voqealar ham och tomirlarni cho‘zib, fursatni qo‘ldan bermay, o‘z huquqlarini talab etadi”.
Ushbu jumlalar qaysi asarda uchraydi?
A) “Nur va Soyalar” B) “Ulug‘bek xazinasi”
C) “Otello” D) “Qutlug‘qon”
85. “To‘nyuquq” bitiktoshida To‘nyuquq: “Ko‘k o‘ngni yuqorilab” O‘tikan yishga bordim. Inigak ko‘lini kechib, To‘g‘ladan ... keldi. Urushdik” deb qaysi xalqni nazarda tutmoqda?
A) qirg‘iz B) o‘g‘iz C) turgash D) tabg‘ach
86. “Qalbingga quloq sol” qissasi kimning ijodiga tegishli?
A) O‘tkir Hoshimov B) Asqad Muxtor
C) Tohir Malik D) Said Ahmad
87. “Shoxiga katta lampochka osilgan tut tagidagi supada yoshi oltmishlardan oshgan bir notanish odam o‘tirardi. Uning ko‘zlari bundan … yil oldingi …ning ko‘zlari edi”.
Jumlani to‘ldiring.
A) “Qorako‘z majnun”da, 32, Bo‘rixon B) “Chinor” da, 7, Akbarali
C) “Chinor” da, 13, Bektemir D) “Ufq” da, 4, Tursunboy
88. Kimlar Ezop masallarini qayta ishlab, ijodiy boyitib, o‘z davri xususiyatlariga ko‘ra to‘ldirib, rivojlantirdi?
A) J. Lafonten, I. Krilov B) Fedr, Babriy
C) Lessing, Gellert D) faqat Fidr
89. “... – ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchidir. ... – xom odamlarni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir. ... kishilarni olam ajoyibotlaridan bahramand qiladi, g‘aroyibotlar dunyosidan xabardor qiladi”.
A.Navoiy yuqoridagi jumlalar orqali «Mahbub ul-Qulub» asarida nimaga ta’rif bermoqda?
A) safar B) diydor C) hilm D) yaxshilik
90. Zavqiy “Hajvi ahli rasta” she’rida kimni “Osh yesa og‘iz artmasun fatakka” deb tasvirlaydi?
A) Nazirbek B) Ahmadjon C) Muhiddin D) Mo‘minshoh
Tuzuvchi: Nurmurodov Ilhom



~ ~

Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish