Shaxs rivojlanishi - insonning butun umri davomida aqliy va jismoniy o`zgarishi jarayonidir.
Shaxs shakllanishi - odamni (biologik mavjudot) turli omillar (ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy, psixologik va h.k.) ta’sirida ijtimoiy mavjudotga aylanish jarayonidir, bunda tarbiya asosiy omil sanaladi.
Sharh - jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, bahsga loyiq asarlarni, g’oyalarni, fikrlarni va ta’riflarni izohlovchi, muayyan masalalar echimini ko`rsatuvchi, keng ommaga mo`ljallangan qo`shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr.
Sardor - guruh a’zolariga lozim bo`lgan vaziyatlarda sezilarli ta’sir o`tkaza oladigan shu guruhning a’zosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |