Kasbiy huquqiy ong - huquqshunoslar, ya’ni maxsus ma’lumot va tayyorgarlikning amaliy tajribasi talab qilinadigan kasb egalari huquqiy ongidir;
Konstitutsiyaviy tuzum - (ing. constitutional system) ma’lum davlatning Konstitutsiyasi va boshqa Konstitutsiyaviy huquqiy hujjatlari bilan o`rnatiladigan va muhofaza qilinadigan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy munosabatlar tizimidir. Konstitutsiyaviy tuzum doimo davlatda Konstitutsiyasi mavjud bo`lishini taqozo etadi. Xalq suvereniteti, hokimiyatlarning bo`linishi, inson huquqlarining ustunligi va boshqalar Konstitutsiyaviy tuzumning zaruriy belgilari sanaladi. Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibiy qismlari quyidagilar hisoblanadi: jamiyat va davlatning siyosiy tizimi; iqtisodiy tizimi; ijtimoiy tizimi; ma’naviy-madaniy tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |