HISOBOTI
Men Djumayeva Ferangiz Sharofovna 4- kurs 8-semestrdagi 8 haftalik malakaviy amaliyotni Buxoro shahar 31-son o’rta umumta’lim maktabida o’tashni davom ettirmoqdaman.Amaliyot davomida menga amaliyot rahbari etib tayinlangan 31-son o’rta umumta’lim maktabi psixologi Teshayeva Zilola Sobirovna bilan birgalikda maktab psixologik muhiti xususiyatidan kelib chiqib psixologik metodikalarni saralab,tasniflab chiqdim.Amaliyot davrining oltinchi haftaligi mobaynida ya’ni 25 apreldan 30 aprelgacha bo`lgan vaqt oralig’ida o’tkazilgan metodikalar va treninglar asosida to’plangan ma’lumotlar bazasini shakllantirdim.Amaliyot rahbaridan sotsiologik metodlar asosida ijtimoiy hayotni dolzarb masalalari yuzasidan “Ijtimoiy guruhlar” o’rtasida aqliy hujum metodi orqali jamoatchilik fikrini o’rganish mexanizmlarini o’rgandim.Ushbu hafta davomida amaliyot rahbari ko’rsatmasiga asosan 7-sinf o`quvchilaridan “PSIXOGEOMETRIK METODIKA”ni oldim.Amaliyot rahbari bilan birgalikda natijalarni tahlil qilib xulosalar asosida bolalar bilan suhbatlar o’tkazildi. Hafta oxiriga kelib barcha hafta davomida yig’gan ma’lumotlarimni jamladim va malakaviy amaliyot o’tash bo’yicha ishchi dasturga haftalik ma’lumotlarni kiritdim.
Amaliyotchi talaba : F.Djumayeva
Amaliyot rahbari: Z.Teshayeva
HISOBOTI
Men Djumayeva Ferangiz Sharofovna 4- kurs 8-semestrdagi 8 haftalik malakaviy amaliyotni Buxoro shahar 31-son o’rta umumta’lim maktabida o’tashni davom ettirmoqdaman.Amaliyot davomida menga amaliyot rahbari etib tayinlangan 31-son o’rta umumta’lim maktabi psixologi Teshayeva Zilola Sobirovna bilan birgalikda maktabdagi usslubshunoslar nazoratida amaliyotchi talaba ya’ni mening mehnat sharotida zamonaviy kompyuter texnikasidan unumli foydalanish samaradorligim tekshirildi.Uslubshunoslar yaxshi xulosa berishdi. Amaliyot davrining yettinchi haftaligi mobaynida ya’ni 2 maydan 7 maygacha bo`lgan vaqt oralig’ida o’tkazilgan metodikalar va treninglar asosida to’plangan ma’lumotlar bazasini shakllantirdim. O’quv jarayonida olingan nazariy bilimlar asosida o’quv jarayonida davomida o’rgangan sotsiologik va psixologik metodikalarni o’quvchilardan oldim va natijalarni tahlil qildim. Ushbu hafta davomida amaliyot davomida olgan metodika va so’rovnomalarning natijalari tahlilini qildim va amaliyot uchun yig’ma jildining kamchiliklarini tuzatib, ma’lumotlar bazasini kengaytirdim. Hafta oxiriga kelib barcha hafta davomida yig’gan ma’lumotlarimni jamladim va malakaviy amaliyot o’tash bo’yicha ishchi dasturga haftalik ma’lumotlarni kiritdim.
Amaliyotchi talaba : F.Djumayeva
Amaliyot rahbari: Z.Teshayeva
Buxoro davlat universiteti
Pedagogika fakulteti
Psixologiya ta’lim yo’nalishi
4-1 PSI -18 guruh talabasi
Djumayeva Ferangizning
amaliyot davri
Do'stlaringiz bilan baham: |