43
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda murabbiy ishini
tashkil etish texnologiyasi
Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o’sishi jamiyat oldiga ijtimoiy
me’yorlardan og’ishgan xulqli o’quvchilar bilan olib boriladigan ishlarning shakl
va usullarini, texnologiyalarini topish vazifasini qo’ygan. SHu sababli deviant va
delinkvent xulq-atvorli o’smirlar bilan ishlashning ikki asosiy texnologiyalari,
profilaktik va reabilitatsion ishlar Fan va amaliyotda keng tarqalgan.
Profilaktika
(oldini
olish)-o’smirlar
xulq-atvorida
ijtimoiy
xulqiy
og’ishganlikning turli ko’rinishlariga asosiy sabab bo’luvchi sharoitlardan
ogohlantirish, bartaraf qilish yoki neytrallashga yo’naltirilgan davlab, jamiyatning
ijtimoiy-tibbiy
va
tashkiliy-tarbiyaviy
chora-tadbirlarining
yig’indisidir.
O’smirlarda deviant xulq-atvorning oldini olishga qaratilgan bir necha
yondashuvlari mavjud.
1.Axborotli yondoshuv. Bu yondoshuv ijtimoiy me’yordan xulqiy
og’ishganlik kelib chiqishida voyaga yetmaganlar (bu ijtimoiy me’yorlarni)
bilmasliklari tufayli uni o’z asosiy yo’nalishi sifatida voyaga yetmaganlarga bu
me’yorlarga rioya qilish, o’z huquq va yuurchlari haqida axborot berishdan iborat.
Davlat va jamiyat qo’ygan talablarini bajarishda bolalarning yosh ko’rsatkichiga
mos qabul qilingan ijtimoiy me’yorlar haqida ma’lumot berishni ko’zda tutadi.
Bu ishni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio,
televideniye)dan kino, teatr, badiiy adabiyot va boshqa san’at asarlaridan
foydalanish mumkin.
2. Ijtimoiy-profilaktik yondoshuv. Bunday asosiy maqsad – negativ
holatlarning sabablari va sharoitlarini aniqlash, bartaraf etish, neytrallashdan
iborat. Voyaga yetmaganlar tomonidan giyohvandlik moddalarini iste’mol qilinishi
uchun jinoiy javogarlikka tortilishlari haqida ma’lumotga ega emaslar. Ular
giyohvandlik – shaxsiy ish deb biladilar, faqat giyohvandlik moddalarini tarqatish
jinoyat deb hisoblaydilar. O’smir giyohvandlik va kuchli ta’sir etuvchi psixotron
moddalar to’g’risidagi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan bu
moddalarni iste’mol qiluvchilar ham jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
44
Bizning jamiyatimizda o’smirlar o’rtasidagi alkogolizm-ichkilikbozlik
profilaktikasi muammosi ham muhim o’rin tutadi. O’smirlar ichkilikbozlik va
alkologizmning og’ir ijtimoiy va psixonevrologik oqibatlari haqida ham
bilmaydilar.
3. Tibbiy-biologik yondoshuv. Bu yondoshuvning mohiyati ijtimoiy
me’yorlardan og’ishganlikning oldini olishda tibbiy-profilaktik xarakterdagi turli
psixik nosog’lom shaxslarga munosabat-biologik darajada bo’lishi lozim. Agar
insonda psixik (ruhiy) rivojlanishi, sog’lig’ida turli nuqsonlar bo’lsa, u o’z ruhiy
xususiyatlariga asosan ma’naviy-axloqiy me’yorlarni buzishi mumkin. Bu holatda
insonga uni o’zgartirib bo’lmaydigandek qaraladi. O’smirda bunday psixik
nosog’lomlikni o’z vaqtida aniqlash juda muhimdir.
CHunki ular umuman hayolga kelmaydigan harakatlarni sodir etishlari
mumkin. O’smir psixiatr mutaxassislar ko’rigidan o’itkazilib, shunga muvofiq
tibbiy davo choralari ko’rilishi lozim.
4. Ijtimoiy-pedagogik yondoshuv. Bu yondoshuv mohiyati o’smirni deviantlik
xulq-atvoridagi shaxsiy xususiyatlarini qayta tiklash yoki to’g’rilashdan iborat.
Ayniqsa, uning axloqiy-irodaviy shaxsiy xususiyatlarini qayta tarbiyalash shart.
O’smirlarda, ularning irodaviy xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni
shakllantirish lozim:
o’z so’zi va ishining egasi bo’lish;
o’smirning jinoyatga boshlovchi, jamiyatga zarar yetkazish kabi illatlarga
bo’lgan qiziqish va harakatlarini to’xtatish;
hozirgi davrda muhim bo’lgan masalalar bilan band qilish;
huquqqa qarshi bo’lmagan, puxta o’ylab chiqilgan maqsadlarni qo’yish.
Erki bo’lmagan inson flyugerga o’xshaydi, shamol qay tarafga essa o’sha
tomonga o’giriladi. Bunday insondan ijtimoiy me’yorlarni buzish, jinoyatchilikni
kutish mumkin. Uni yengillik bilan aldash, o’zgalarning so’zlariga quloq solishi.
o’zga axloqiy qarash va baholarga og’dirish oson. O’zga axloqiy qarashlarga
ergashib, u huquqbuzarlik va ahloqsizlik xulq-atvoriga ega bo’ladi. Bunday
45
insonlarni tarbiyalashda jamiyat tomonidan unga erkinlik va huquqlarini berib, uni
o’z-o’zini boshqara olishga o’rgatish zarur.
5. Saknsiyalarni qo’llash. Bu yondoshuv mohiyati huqukbuzarlik qilgan
insonni jinoiy qonunlar asosida jazolash turadi.
Biroq, jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, bu Samara bermaydigan holat
bo’lib, jamiyat tomonidan qattiq sanksiya bo’lib hisoblanadi, xalos. SHu sababli
ijtimoiy og’ishganlik sabablarini aniqlash va bartaraf etishda bu faqatgina
yordamchi vosita bo’lib hisoblanadi.
Bu boada zamonaviy murabbiyga kuyilgan talablar aniqlanadi. Har bir tinglovchi
o’zini tahlil qilib, kamchiliklarni aniqlaydi va bu ularga kelgusi ish rejasiga
o’zining ustida ishlashga oid vazifalarini kiritishga yordam beradi.
Qo’llaniladigan vositalar: doska, marker, video-kamera, flamasterlar.
Notiqning nutq samarasini
Do'stlaringiz bilan baham: