Djumanazarova mavluda abdunazarova



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/31
Sana06.07.2021
Hajmi0,73 Mb.
#110747
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
pedagogika fanlarini oqitishda qomusiy olimlar ilmiy merosidan foydalanish yollari

            Voiz  Koshifiy  insonni  bilim  orqali  tarbiyalash,  uning  aqli  qobiliyatini 

o’stirish  mumkin  deb  bilimni  insonni  shakllantirish  mezoni  sifatida  qaraydi. 

SHuning  uchun  ham  bolaga  ta’lim  –  tarbiya  beradigan  muallimning  o’zi  ham 

bilimli, dono, ahloqi yuksak bo’lishini targ’ib qiladi. Shuningdek, har bir muallim 

ta’lim  –  tarbiya  yo’llari,  uslubini  yaxshi  bilishi  zarur,  deya,  ayniqsa  muallim  – 

murabbiyning muloyim, xushfe’l bo’lishi zarurligini ta’kidlaydi. 

 

Voiz  Koshifiyning  ahloqiy  qarashlari  ham  o’z  salaflari  kabi  Qur’on  va 



Hadislardagi ahloq qoidalari bilan bog’liqdir. U ilgari surgan ahloqiy tushunchalar 

yaxshilik va  yomonlik, adolat, burch, vijdon, or  –  nomus, baxt  –  saodat  kabilarni 

ta’riflab,  har  birini  insonda  shakllantirish  yo’llari  va  usullarini  ham  bayon  etadi, 

ularning  tarkibiy  qismlarigacha  ajratib,  ijtimoiy  talab  darajasida  tushuntiradi 

hamda asosiy mezonlarini ham ko’rsatib beradi. U ahloqning asosiy mezonlari deb 

insoniylik,  adolatlilik,  sof  insoniy  munosabatlarni  biladi.  Bularga  teskari  bo’lgan 

hatti  –  harakatlar:  yolg’onchilik,  chaqimchilik,  g’araz,  hasad,  baxillik, 

pastkashlikni qoralab, ulardan qutulish yo’llarini bayon etadi. 

 

Asarda  keltirilishicha,  Futuvvatning  tarkibi  71  ta  bo’lib,  uning  48  tasi 



vujudiy,  23  tasi  azaliydir.  Bu  shartlarning  barchasining  asosiy  maqsad  va 

yo’nalishi  insonni  komil  inson  ruhida  tarbiyalash  inson  qalbida  iymon  –  e’tiqod, 

vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan. 

   Hazrat  Alisher  Navoiy  yozganlar:  ”Elga  qo’shilg’on  esh  (sherik)  topti”. 

Darhaqiqat, Vatandan tashqarida haqiqiy baxt yo’q. 

O’zbek xalqi azaldan o’z Vataniga - O’zbekistoniga, Turkistoniga, Turoniga 

ega bo’lgan, hech qachon bevatan bo’lgan emas. 

Mamlakatimizga,  qurayotgan  jamiyatimizga  muxoliflik  va  g’arazgo’ylikni 

o’z  oldiga  maqsad  qilib  qo’ygan  kuchlar  mavjud  va  ular,  eng  avvalo,  hali  hayot 

tajribasi  yetarli  bo’lmagan  yoshlarning  ongini  zaharlab,  vaqtinchalik 

qiyinchiliklarni  ro’kach  qilib,  shohona  hayot  va’dalari  bilan  yo’ldan  ozdirishga 

harakat qiladilar. 

Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish sharoitida o’tish davri qiyinchiliklari 

va  u  bilan  bog’liq  muammolarni  hal  qilish  jarayonida,  eskicha  sharoitlarga 



 

26 


o’rgangan  yoshlar  tashkilotlarining  tarqalib  ketishi,  yangi  tashkil  etilgan 

tashkilotlarning  esa  yaxshi  ishlamaganligi  va  shu  qiyinchiliklarni  yengish  uchun 

harakatda  bo’lgan  ota-  onalar  va  maktab  tomonidan  nazoratning  tabiiy  susayishi 

oqibatida bo’shliq paydo bo’ldi. Bu bo’shliqni yaxshi anglab yetgan qo’poruvchi 

guruhlar esa, undan ununmli foydalanishga harakat  qildilar. “ 16 fevraldagi fojiali 

voqealarning 

ishtirokchilari 

asosan 


yoshlar 

ekanligi 

bizni, 

ayniqsa, 

tashvishlantiradi.  Bizning  beg’am,  loqaydligimiz,  ishimizdagi  kamchiliklar 

oqibatida  ular  jinoiy  guruhlar,  ekstremistlar  ta’siriga,  diniy  mutaasiblar  ta’siriga 

tushib  qolgan. 

Bu,  avvalo,  siyosiy    ijtimoiy  sohadagi  muayyan  nuqsonlar,  eng  muhimi 

yoshlar  tashkilotlari  va  mahalla  kengashlari  ishidagi  katta  kamchiliklarni 

ko’rsatadi.  Men  bu  masalada  davlat  hokimiyati  va  jamoat  tashkilotlari  barcha 

bo’g’inlari rahbarlarining aybi borligini ta’kidlashga majburman “-  degan edi bu 

xususda Prezidentimiz

1



Ma’lumki,  har  qanday  jamiyat  o’zining  maqsadiga,  zabt  etiladigan 



cho’qqisiga ega va bu uning mafkurasida aks etadi. 

Bugungi  sharoitda  o’smir  va  yoshlar  tarbiyasini  qanday  yo’lga  qo’yish 

kerak?  Bizning  fikrimizcha,  avvalambor  ularda  vatanni  sevish,  milliy 

qadriyatlarimizga,  Vatanimizning  boy  va  buyuk  tarixiga  cheksiz  hurmat  va  bu 

bilan  faxrlanish,  xalqimizga  xos  bo’lgan  oilani  muqaddas  deb  bilish,  o’zidan 

kattalarga  nisbattan  hurmat,  kichkinalarga  mehr  va  e’tibor  tuyg’ularini  kamol 

toptirish muhimdir. 

Milliy  vatanparvarlik  tarbiyasi  milliy  mafkuraning  ajralmas  bir  bo’lagi 

bo’lib,  yoshlarni  ana  shu  ruhda  tarbiyalash  masalasi  juda  muhimdir.  Buyuk 

kelajakni  yaratish  vazifasini  o’z  zimmasiga  oladigan  yoshlarimizning  yuksak 

insoniy  hamda  axloqiy  fazilatlarga,  huquqiy  va  kasbiy  bilimlarga  ega  bo’lishlari, 

ayni  paytda  aqlan,  ma’nan  va  jismonan  sog’lom,  o’z  xalqiga, Vatanga  muhabbat 

ruhida  tarbiya  topgan  bo’lishlari  talab  etiladi.  “Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy 

tushuncha va tamoyillar” risolasida milliy istiqlol mafkurasining vazifalaridan biri 

sifatida  –  “...  vatandoshlarimiz  tafakkurida  o’zlikni  anglash,  tarixiy  xotiraga 



 

27 


sadoqat,  muqaddas  qadriyatlarimizni  asrab  avaylash,  vatanparvarlik  tuyg’ularini 

kamol toptirish” masalasi qo’yilgan

2



Vatanparvarlik  -  xalqimizning  qon-  qoniga  singib  ketgan  mo’’tabar 



qadriyatlardan biridir. CHunki, o’z oilasi, qarindosh-urug’i va yaqinlariga mehr  - 

oqibat, ularning taqdiri va muammolari uchun qayg’urish, bir birilarining boshiga 

kelgan  kulfat,  tashvish  va  falokatlarni  birgalikda  yengish  azal-  azaldan 

xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan bo’lib kelgan. “Bir  mayizni qirq kishining 

bo’lib yeyishi” faqat bizning xalqimizga xos va faqat uning asl tabiatini belgilaydi. 

Umumxalq, umummilliy vatanparvarlikning alohida turi va ajralmas bo’lagi, 

bu  -  harbiy  vatanparvarlikdir.  U  O’zbekistonning  milliy  va  davlat  mustaqilligiga 

erishganligi sharoitida yana ham muhimroq ahamiyat kasb etadi. 

Sohibqiron  Amir  Temurning  o’zi  to’g’risida  yozib  qoldirgan  asarida 

shunday  satrlarni  uchratamiz:  “  Mening  hukmronligim  davrida  mamlakatda 

ososyishtalik hukm surdi va shuning uchun ham mening xalqim o’z mustaqilligini 

qurol  kuchi  ila  himoya  etmoqqa  shaydir”.  SHu  to’g’rida  yana  “  Tuzuklari”da 

shunday deydi: “ Mag’lub bo’lgan mamlakat qo’shini mening qo’shinim tarkibiga 

kirdi,  men  esa  bu  bilan  xalqning  muhabbatini  qozonishga  harakat  qildim”. 

Ko’ramizki  eski  zamonlardayoq  xalq  va  armiya  tushunchasi  bir-  biridan 

ajralmagan. 

Harbiy vatanparvarlik - vatanparvarlik tarbiyasining eng oliy ko’rinishidir. 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  52  moddasida  “  O’zbekiston 

Respublikasini  himoya  qilish  O’zbekiston  Respublikasi  har  bir  fuqarosining 

muqaddas burchidir. Fuqarolar  qonunda belgilangan tartibda harbiy  yoki  muqobil 

xizmatni o’tashga majburdirlar”- deb belgilab qo’yilgan

3



Milliy  istiqlol  mafkurasi,  uning  ajralmas  tarkibiy  qismi  bo’lgan 

vatanparvarlik  tushunchasi  kishilar  ongiga  zo’rlab  tiqishtiririladigan  g’oya  emas. 

Uning  zamirida  milliy  xususiyatlarimiz  va  umumbashariy  qadriyatlarimiz,  buyuk 

tariximiz yotibdi. Demakki, bu qarashlar bizning qon- qonimizda, faqat uni yuzaga 

chiqarish  kerak,  xolos.  Bu  g’oyalarni  yoshlarimiz,  xalqimiz  ongiga  yetkazishda 

ta’lim va tarbiya, ilm- fan, madaniy- ma’rifiy, adadbiyot va san’at, diniy, jismoniy 




 

28 


tarbiya  muassasalari,  qolaversa,  mahallalar  ahllari,  har  bir  oilaning  shu  mafkura 

tevaragidagi jipsligi va faolligi talab etiladi. 

 

Amir  Temurning  nihoyatda    ko’p  qirrali  hayot  faoliyatining  juda  ko’p 



sahifalari  haligacha  to’la  yoritilmagan.  Ayniqsa,  uning  islohotchilik 

faoliyati,sotsial-madaniy  sohadagi  samarali  ishlari  kam  o’rganilgan.  Ko’plab 

dalillarga asoslanib aytish mumkinki, Buyuk Sohibqiron o’zining sotsial siyosatida 

va  etnomadaniyat  sohasida  inson,  jamiyat  va  tabiatga  cheksiz  g’amxo’rlik 

namoyon  qilgan.  Uning  barcha  ishlari  jiddiy  va  izchil  insonparvarlik  ruhi  bilan 

sug’orilgan. 

 

O’rta  Osiyo  xalqlari  va  bo’ysundirilgan  mamlakatlar  aholisining  xo’jalik-



madaniy  va  sotsial-iqtisodiy  xususiyatlari  va  o’ziga  xos  axloqiy  tamoyillari  katta 

imperiyani  boshqarishda  nafaqat  zo’r  mahorat  va  gumanistik  faoliyat  talab 

qilibgina  qolmay,  teran  va  keng  bilimdon,  yuksak  madaniyatli  va  odil  arbob 

bo’lishni taqozo etgan. 

 

Amir  Temurga  zo’r  obro’  keltirgan  katta  sotsial  siyosat,  barcha  raiyat 



ahvolidan  xabardor  bo’libgina  qolmay,  “ulug’lariga  og’a  qatorida,  kichiklarini 

farzand  o’rniga  ko’rib”  munosabat  qilganligi,  “adolat  va  insof  bilan  Tangrining 

yaratgan bandalarini” o’zidan rozi qilganligidadir. 

 

Bunday  nihoyatda  zo’r  insonparvarlikka  asoslangan  ichki  va  tashqi  siyosat 



Sohibqironga jahon miqyosida yuksak obru keltirgan va hind daryosi sohillaridan 

Volga  bo’ylarigacha,  muhul  dashtlaridan  Bolqon  va  O’rta  yer  dengizi  subtropik 

tuprog’igacha Buyuk qudratli imperiyani bunyod etishida eng muhim omil bo’lib 

xizmat  qilgan  edi.  Bu  buyuk  saltanatning  shukuxi  shundaki,  Sohibqiron  o’z 

siyosatini  donolik  bilan  amalga  oshirish  maqsadida  asl  zotli,  shijoatli  va  aql 

farosatli  er    yigitlarni  atrofiga  birlashtirgan.  Ularning  birlik  ittifoqlari  go’yo  bir 

tandek,  barchalarining maqsadlari, so’zlari va ishlari  bitta bo’lgan. Amir Temur 

qaysi mamlakatni zabt etmoqchi bo’lsa to’g’ri tadbir va kengash bilan xatoga yo’l 

qo’ymaslik  uchun  har  qadamni  ko’p  o’ylab,  sergaklik  va  ehtiyotkorlik  bilan  ish 

tutgan. 



 

29 


 

Xalq g’amida hukumronlik qilgan Amir Temur “Kimki biron sahroni obod 

qilsayu, biron bog’ ko’kartirsa, yohud biron xarob bo’lib yotgan yerni obod qilsa, 

birinchi  yili  undan  hech  narsa  olmasinlar,  ikkinchi  yili  raiyat  o’z  roziligi    bilan 

berganini  olsinlar,  uchinchi  yili  esa  oliq-soliq  qonun-qoidasiga  muvofiq  xiroj 

yig’ilsin” deb  hukm chiqargan. SHunisi muhimki,uning buyrug’i bilan har yer va 

elning amaldorlari oddiy fuqaroga jabr-zulm qilsa va shu orqali bechoralarga zarar 

yetkazgan  bo’lsa,  bunday  vaqtlarda  yetkazilgan  zararni  amaldordan  undirib,  jabr 

ko’rganlarga berish shart hisoblangan. 

 

Buyuk  Sohibqironga  g’oyaviy  bayroq  va  tayanch  bo’lib  islom  dini  xizmat 



qilgan.  Tarixiy  manbalarga  binoan,  Amir  Temur  islom  asoslarini  chuqur  bilgan, 

Qur’oni  Karimni  yod  olgan.  U  nafaqat  o’z  askarlarini,  barcha  fuqarolarni 

musulmonchilik  ruhida  tarbiyalashga,  ularni  slom  g’oyalari  asosida  biriktirishga, 

o’zining  sotsial-iqtisodiy  siyosatida  dindan  ahloqiy-siyosiy  omil  sifatida  oqilona 

foydalanishga  harakat  qilgan.  “Temur  tuzuklari”da  diniy  va  sotsial  ong  shakli 

davlat  ishlarida  va  ijtimoiy  hayotda  muhim  ahamiyatga  ega  ekanligi,  jamiyatni 

mustahkamlashda va elatni jipslashtirishda zarur vositaligi bir necha bor ta’kidlab 

o’tilgan.  Sohibqiron  musulmon  dini  peshvolariga,  ulamolarga  sufiy  shayxlarga 

nihoyatda  hurmat  bilan  qaragan  va  ularni  hat  tomonlama  qo’llab-quvvatlagan. 

SHunday  bo’lsa-da,  uning  fikricha,  dunyodagi  hamma  narsani  biluvchi  va  hal 

qiluvchi  dastavval  Olloh,  qolaversa,  insonning  samarali  tarbiyalanishi,  aqliyu 

amaliyotni  o’zlashtirib,  o’zini-o’zi  boshqarishi  deb  hisoblagan.  Amir  Temur 

dunyoqarashida inson  tarbiyasi  odob-ahloqi, uni  adolatni  sevishga, vatanparvarlik 

va  insonparvarlikka  o’rganish  muhim  o’rin  egallaydi.  SHu  sababli  u  yoshlarga 

bilim  berish,  ularning  aqliy  faoliyatini  takomillashtirish  maqsadida  har  bir 

shaharda  masjidu  madrasalar  qurish,  ulamoyu  domlalarni  moddiy  rag’batlantirish 

siyosatini amalga oshirgan. 

 

Amir Temur barcha o’lkalarda qonunchilikka to’la rioya qilishni qat’iy talab 



qilgan.  Uning  maxsus  buyrug’i  bilan  bilagida  kuchi  bor  miskinlar  o’z  ahvoli  va 

kasbu-koriga  qarab  ish  tutmog’i  lozimligini,  sarmoyasi  qo’lidan  ketib  qolgan 

savdogarga  o’z  sarmoyasini  qaytadan  tiklab  olish  uchun  xazinadan  yetarli  daraja 



 

30 


oltin berilishini, dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi 

yetmay  qolgan  bo’lsa,  unga  ekin-tikin  uchun  zarur  urug’  va  asbob  tayyorlab 

berilishini, fuqarodan birining uy imorati buzilib, tuzatishga qurbi yetmasa, kerakli 

uskunalarni yetkazib berib, unga yordam ko’rsatish eng yukssak insonparvarlikdan 

dalolat emasmi? Mamlakatning obodonligi ham barcha toifadagi fuqarolarning ish 

va  maosh  bilan  ta’minlash,  ularning  sotsial  himoyasi  va  shart-sharoiti  bilan 

belgilanadi.  Sohibqiron  o’z  davrida  shunday  farmon  chiqargan  edi:  “YAna 

buyurdimki, - deyiladi shu farmonda, har bir mamlakat  fatx etilgay, u yerlarning 

gadolarini  to’plab  kundalik  yemish-ichmishlarini  berib,  ularga  biron  vazifa 

belgilasinlar.  Hamda  barchasi  tamg’alansinlar,  toki  boshqa  gadolik  qilmasinlar. 

Agar tamg’adan keyin ham gadolik qilgudek bo’lsalar, ularni uzoq mamlakatlarga 

yuborsinlar yoki haydasinlar. SHundagina gado zoti mamlakatimizdan yo’qoladi. 

 

Hozirgi  murakkab  tarixiy  vaziyatda  jahon  siyosati  markazida  ekologik 



muammolar  birinchi  darajali  masalalardan  biri  bo’lib,  insonning  atrof  muhitning 

holati  uchun  ijtimoiy  va  ma’naviy  javobgarligi  muammosi  ilgari  surilmoqda. 

Bugun  tabiat  va  jamiyat  oldida  har  bir  inson  nafaqat  javobgar,  balki  uni  ehtiyot 

bilan  muhofaza  qilish  hayot-mamot  masalasiga  aylangan.  Amir  Temur  ichki  va 

tashqi  siyosatida  etnoekologiya  masalasi  muayyan  o’rin  olgan  bo’lib,  bu  tarixiy 

tajriba  inobatga  olinsa  foydadan  xoli  bo’lmas  edi.  Endilikda  nafaqat  tabiatga, 

madaniy obidalarga ham ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, ularga vaxshiylarcha 

munosabatni  yo’qotish  va  bu  ishda  izchil  nazorat  o’rnatish  zaruriyati  yaqqol 

namoyon bo’lmoqda. SHuni mamnuniyat bilan qayd qilish lozimki, Amr Temur va 

temuriylar hukmronligi davrida shakllangan o’ziga xos etnomadaniy va etnosotsial 

an’analar  ma’lum  darajda  hozirgacha  saqlanib    kelgan.  Ularni  chuqur  o’rganib, 

avaylab, saqlab davr talabiga moslashtirib takomillashtirish va yosh avlod ongi va 

shuuriga singdirish barcha ijtimoiy fan olimlarining, o’qituvchilarining eng dolzarb 

va amaliy jihatdan muhim vazifalardan biridir.  

 

 


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish