Djafarova Nigina Alisherovna “turizmda statistik ma’lumotlarni yig’ish metodologiyasini xalqaro standartlarga moslashtirish yo’llari”


 Xalqaro turizm statistikasida uchraydigan xatoliklar va ularni



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/66
Sana30.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#194409
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
Bog'liq
turizmda statistik malumotlarni yigish metodologiyasini xalqaro standartlarga moslashtirish yollari

2.2. Xalqaro turizm statistikasida uchraydigan xatoliklar va ularni 
bartaraf etishning asosiy usullari 
Statistikada  barcha  xatoliklar  atayin  qilingan  va  bexosdanlarga  ajratiladi. 
Bexosdan  yoʻl  qoʻyilgan  noaniqliklar  tasodifiy  yoki  tizimli  xususiyatga  ega. 
Atayin  xatoliklar,  soʻrovda  qatnashuvchilar  bilan  bir  qatorda  roʻyxatdan 
oʻtqazuvchilarning xato yozishi, bilmasligi va boshqalar sababli vujudga keladi. 
Ular  doimiy  bir  xilda  kamaytirilgan  yoki  koʻpaytirilganligi  sababli  koʻzga  tez 
tashlanadi  va  ushbu  muammo  keng  miqyosdagi  kuzatuvlar  olib  borilganda 
oʻzaro birlashib, bartaraf boʻlib ketishi sababli kuzatuv natijalarida jiddiy ta’sir 
koʻrsatmaydi. [37] 
Atayin qilinmagan tizimli xatoliklar soʻrovlardagi yaxlit olingan miqdorli 
koʻrsatkichlar  (tashrif  buyuruvchi  yoshi,  uning  daromadi,  tunashlar  soni  va 
hokazo)  sababli  yoʻl  qoʻyiladi.  Yoshni  registratsiya  qilayotganda,  koʻpincha,  0 


62 
 
va  5  raqamlarga  moslab  yaxlitlashtirish  kabi  holatlar  kuzatilgan.  Masalan, 
qaydlarga  koʻra  40  yoshli  turistlar  39  yoki  41  yoshlilarga  nisbatan  ancha 
koʻproqdir.  Bu  hodisa  statistikada  yoshni  toʻplamlashtirish  deb  nom  olgan. 
Bunday xatoliklar yigʻilgan statistik materialga ishlov berilayotganda tuzatiladi. 
Atayin qilingan xatolar, nomidan bilish mumkinki, javob beruvchilarning 
ongli  ravishda  haqiqatni  yashirish  niyatida  savolga  notoʻgʻri  javob  berishlari 
natijasida  vujudga  keladi.  Bu  xatoliklar  axborotlarni  bir  yoʻsinda  notoʻgʻri 
yoʻnalishga  boshlaydi,  bunda  koʻrsatkichlarning  hajmi  pasaytiriladi  (masalan, 
turistik  firmaning  pul  aylanmasi),  yoki  oshiriladi.  Atayin  noaniq  berilgan 
ma’lumotlar statistik tadqiqotlar uchun eng xavflidir. Ularni aniqlash va bartaraf 
etish uchun koʻp kuch sarflash lozim boʻladi. 
Statistik  shakllardagi  mavjud  ma’lumotlarning  toʻgʻriligi  mantiqiy  va 
arifmetik  usullar  bilan  tekshiriladi.  Mantiqiy  nazorat  davomida  tuzilgan 
savollarga  javobning  muvofiq  kelishi  yoki  programmaning  turli  savollariga 
javoblarning mos kelishi tekshiriladi. Masalan, agar “sayohat maqsadi” ustunida 
“avstraliyalik” yozilgan boʻlsa, demak, javob savolga toʻgʻri kelmaydi, bundagi 
xatolik esa javobning boshqa ustunga yozilganligidadir. 
Summa,  ayirma,  koʻpaytma  yoki  boshqa  amallar  (turistik  xarajatlar  va 
ularning  boʻlimlarga,  hamda  sayohat  kunlariga  taqsimlanishi)  koʻrinishida 
olingan  miqdorli  javoblarda  hisob  natijalari  toʻgʻriligi  mantiqiy  nazorat  bilan 
tekshiriladi va toʻldiriladi. 
Tanlovli (yaxlit boʻlmagan) tadqiqotlarda, ularning xususiyatlaridan kelib 
chiqgan  holda,  yuqorida  koʻrsatilgan  roʻyxarga  oluvchilarning  xatoliklaridan 
tashqari,  reprezentativ  nuqsonlar  ham  uchrab  turadi.  Ular  tadqiqot  birliklarini 
notoʻgʻri tanlaganda vujudga keladi. 
Barcha  aniqlangan  kamchilik  va  nuqsonlar,  imkon  qadar,  tuzatilishi 
shartdir.  Buning  uchun  ayrim  hollarda,  nazorat  savollarini  ishlab  chiqishga, 
telefon,  pochta  orqali  rasmiy  soʻrovlar  oʻtkazishga  toʻgʻri  keladi.  BTT 
mutaxassislari  fikriga  koʻra,  katta  miqdordagi  mablagʻ  sarf  qilingan 
tadqiqotlardagi nuqsonlar 5 % dan oshmasligi lozim, boshqalari esa 13 % dan. 


63 
 
Toʻplangan  ma’lumotlar  solishtirilgandan  soʻng,  keyingi  qadamlarga 
oʻtiladi.  Ular  jadvalga  kiritiladi,  keyinchalik  oʻrtacha  miqdorlarni 
hisoblayotganda va statistik koʻrsatkichlar mazmunini aniqlashda qoʻllaniladi. 
Turizm  statistikasi  odatda  3  turdagi  asosiy  muammolarga  duch  keladi. 
Ulardan birinchisi – ma’lumotlar bazasining oʻzaro mos kelishidir. U turizmning 
rivojlanish qonunlari tendensiyalarni aniqlash, undagi sodir boʻlayotgan vaqt va 
makon oraligʻidagi oʻzgarishlarni oʻlchash, turli mamlakatlarga tegishli boʻlgan 
oʻzaro  mos  koʻrsatkichlarni  solishtirish  kabi  maqsadlarda  axborotni  oʻzaro 
taqqoslash 
imkoniyatlarini 
yaratadi. 
Statistik 
ma’lumotlarni 
tez-tez 
mazmunining  tarkibi,  hisob  usuli  yoki  oʻlchov  birliklari  turlichaligi  kabi 
muammolarga  uchrashi  sababli  solishtirish  mushkuldir.  Ammo,  koʻpgina 
holatlarda  taqqoslab  boʻlmaydigan  axborotni  oʻzaro  mos  holatga  keltirish 
mumkin.  
Hali  hamon  koʻpgina  mamlakatlarda,  shu  qatori  Oʻzbekistonda  ham, 
statistik  ma’lumotlarni  yigʻish  va  tahlil  qilishda  turizmga  oid  atamalar  va 
sayohat 
qiluvchi 
shaxslarning 
klassifikatsiyasida 
nomuvofiqlik 
 
va 
tushunmovchiliklar  mavjuddir.  Masalan,  “turist”  soʻzi  doimiy  yashash  joyidan 
(1 - 5 va undan koʻp tunashlar) va sayohatchilarning yoshlari (14 yosh va undan 
yuqori)  hamda  sayohat  maqsadi  kabi  tushunchalar  amaliyotda  turlicha 
qoʻllaniladi.  40%  mamlakatlarda  ekskursantlar  tashrif  buyuruvchilar  hisobiga 
kiritilmaydi,  10  %  davlatlarda  esa  ish  safaridagilar  sayohatchilar  hisobiga 
kiritilmaydi.  Shu  bilan  birga,  tashriflarni  roʻyxatga  olishda  ayrim  hollarda 
mehmonning  doimiy  yashash  joyiga,  boshqa  hollarda  esa  shaxslarning 
fuqaroligiga  qarab  amalga  oshiriladi.  Bularning  barchasi  xalqaro  tahlil  va 
taqqoslarni amalga oshirishda toʻsiqlarni yuzaga keltiradi. 
Turizm  statistikasining  boshqa  bir  muammosi  –  statistik  ma’lumotning 
toʻliq  va  aniq  emasligidadir.  Boshqacha  soʻz  bilan  aytganda,  xalqaro  turizm 
toʻgʻrisidagi  barcha  kerakli  axborotlarga  qanday  ega  boʻlish  va  qanday  qilib 
toʻplangan bazadagi boʻshliqlarni ishonchli ma’lumotlar bilan toʻldirishdir. 


64 
 
Hozirgi  kunda  dunyoning  hech  bir  mamlakatida  turizm  sohasining  toʻliq 
hajmdagi  tizimli  kuzatuvi  tashkil  etilmagan.  BTT  hisobotlariga  binoan, 
sayyoramizning  0.5  %  aholisi  istiqomat  qiluvchi  18  mamlakat  tomonidan 
xalqaro turistik oqimlarga doir hech qanday axborot taqdim etilmagan. Ularning 
koʻpchiligi  iqtisodiy  kam  rivojlangan  va  jahon  turistik  bozorida  uncha  katta 
boʻlmagan  hissaga  ega.  Yillik  statistik  ma’lumotlarni  taqdim  etiluvchilar 
roʻyxatiga  202  mamlakat  (hudud)  kiritilgan.  Hattoki,  Fransiya  statistik  faoliyat 
yaxshi  yoʻlga  qoʻyilgan  mamlakat  boʻlishiga  qaramay,  ushbu  davlatning 
hisoblari  ham  katta  kamchiliklar  bilan  olib  boriladi.  Turistik  oqimlar 
statistikasida ekskursiya va qisqa muddatli ish safarlari ma’lumotlari muntazam 
taqdim etiladi.  
Turli  tuman  statistik  kuzatuvlar  materiallari  tahlilidan  shuni  koʻrish 
mumkinki,  dunyo  mamlakatlari  tomonidan  kirish  turizmi  hisobi  toʻgʻrisidagi 
ma’lumotlar  chiqish  turizmiga  nisbatan  ancha  kengroq  taqdim  etiladi. 
Mamlakatlar va tashkilotlar tomonidan beriladigan hisobotlarda yetishmaydigan 
axborotlarni  BTT  bosqichma-bosqich baholash  usulini qoʻllash  yoʻli  orqali  ega 
boʻladi.  Dastlab,  barcha  davlatlar  nisbatan  oʻxshash  jihatlarini  hisobga  olgan 
holda  guruhlarga  ajratiladi.  Ular  dunyo  subregionlari  boʻyicha,  undan  soʻng 
yashash  darajasi  boʻyicha  (mamlakatning  aholi  boshiga  toʻgʻri  keladigan 
YaMM) birlashishadi. Har bir guruh uchun  oʻrtacha birta tashrifdan olinadigan 
daromad  va  xorijga  qilingan  bir  sayohat  davomida  sarflanadigan  oʻrtacha 
xarajatlar  hisoblanadi,  ular  asosida  BTT  mutaxassislari  tomonidan  oddiy 
matematik  amallar  orqali  statistikaning  asosiy  koʻrsatkichlari  boʻlgan  turistik 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish