ANNOTATSIYA Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishdan asosiy maqsad maktab o’quvchilarini ongli ravishda kasb egallashlarini ta’minlashdan iborat bo’lib, bu jarayon o’quvchining bo’lg’usi kasb faoliyati egasi sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib o’z imkoniyatlariga mos kasbga moslashuviga ko’maklashadi.
Asosiy e’tibor mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarining xususiyatlari tahlili asosida tashkiliy pedagogik jixatlarini o’rganish, mazkur yo’nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yo’llarini aniqlash, umumiy o’rta ta’lim jarayonida ko’zda tutilgan ishlar mazmunini takomillashtirish vazifalarini hal qilish ko’zda tutilgan.
Mazkur muammoni o’rganish jarayonida izlanish obyekti va predmeti, ishchi faraz va izlanish vazifalari aniqlandi.
Mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish mashg’ulotlari jarayonidagi umumta’limga oid tushunchalarini shakllantirishga qaratilgan o’quv maqsadlari elementlari olindi.
Mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarga beriladigan bilim, ko’nikma va malakalarni yetkazilishini aniqlash va o’quvchilarga o’rgatish xamda texnologik tarbiya berishdan iborat.
Mundarija
Kirish……….................................................................................................
Adabiyotlar tahlili..................................................................................................
Asosiy qism 1. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimi sohasidagi ishlar, xorijiy investitsiyalar va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi muammolari………………………………
2. Texnologik tarbiya masalalari.........................................................................
3. O’quvchilarni kasbga yo’llashda texnologik tarbiya ishlarini tashkil etish......
4. «Texnologiya va dizayn yo’nalishi kasb tanlashga yo’llash bo’limi» bo’yicha
o’quv amaliyoti......................................................................................................
Xulosa.................................................................................................................
6.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...................................................................
7.Internet materiallari........................................................................................
Kirish. Malaka ishi mavzusining dolzarbligi. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishda umumta’lim maktabi o’quvchilarining kasbga erkin va mustaqil moslashuvining amaliy tizimi sifatida qaralishi lozim. Bunda har bir o’quvchiga oid xususiyatlarini hisobga olish, jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan ish o’rni bilan to’laqonli ta’minlash zarurati kabi motivlarni e’tiborda tutish lozim.
Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berishdan asosiy maqsad maktab o’quvchilarini ongli ravishda kasb egallashlarini ta’minlashdan iborat bo’lib, bu jarayon o’quvchining bo’lg’usi kasb faoliyati egasi sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib o’z imkoniyatlariga mos kasbga moslashuviga ko’maklashadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda, texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish sohasida mavjud bo’lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo’llashga extiyoj tug’ilmoqda.
Mazkur malaka ishi mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish borasidagi masalalar yechimini topishga qaratilgan.
Asosiy e’tibor mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarining xususiyatlari tahlili asosida tashkiliy pedagogik jixatlarini o’rganish, mazkur yo’nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yo’llarini aniqlash, umumiy o’rta ta’lim jarayonida ko’zda tutilgan ishlar mazmunini takomillashtirish vazifalarini hal qilish ko’zda tutilgan.
Mazkur muammoni o’rganish jarayonida izlanish obyekti va predmeti, ishchi faraz va izlanish vazifalari aniqlandi.
Malaka ishining izlanish obyekti. Mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish mashg’ulotlari jarayonidagi o’quvchilarning kasb egallashiga oid faoliyatlarini olindi.
Malaka ishining izlanish predmeti. Mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish mashg’ulotlari jarayonidagi umumta’limga oid tushunchalarini shakllantirishga qaratilgan o’quv maqsadlari elementlari olindi.
Malaka ishining izlanish maqsadi. Mexnat ta’limida o’quvchilarga texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarga beriladigan bilim, ko’nikma va malakalarni yetkazilishini aniqlash va o’quvchilarga o’rgatish xamda texnologik tarbiya berishdan iborat.
Ishchi faraz. O’quvchilarning umumta’lim maktabi mexnat ta’limi mashg’ulotlari jarayonida texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlari samaradorligi yanada ortadi agarda:
- texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va kasb tanlashga yo’llash xamda texnologik tarbiya berish mashg’ulotlari mazmuni aniqlansa;
-ushbu mazmunni DTS asosida tanlansa;
-mashg’ulotlarni o’tish uslublari yangi pedagogik texnologiyalarga asoslansa;
-texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va kasb tanlashga yo’llash xamda texnologik tarbiya berish mashg’ulotlarida o’quvchilarni kasb egallashlariga yetarli sharoit yaratib berilsa.
Malaka ishi ishining metodik asosi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to’g’risida» qonun, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xujjatlari, Prezident asarlari, Vazirlar Maxkamasi qaror va ko’rsatmamalari, OO’MTV buyruqlari, mexnat ta’limini takomillashtirishga bag’ishlangan ilmiy uslubiy asarlarini o’z ichiga oladi.
Malaka ishining ilmiy yangiligi. Texnologiya va dizayn elementlarini o’rgatish va texnologik tarbiya berish ishlarining tashkiliy masalalari bilan shug’ullanuvchi metodistlar, mexnat ta’limi metodikasi, magistratura mutaxassisligi va mexnat ta’limi bakalavriyat yo’nalishi talabalari tadqiqot ishi materiallaridan o’z faoliyatlarida samarali foydalanishlari mumkin.