4.Do’kon inter’erida ranglarni qo’llanishi.
Interer qaysi rangda bơlganligi shu intererning kayfiyatini va muhitini yaratadi.
Issiq ranglar
(qizil rang tuslari,olov rang va sariq ranglar) quvvat bağishlaydi
va shuning uchun bu ranglarni magazinda xaridorlarni issitib jonlantirish uchun
qơllashadi,kompaniyalar ofislarida esa ish unumdorligini oshirish maqsadida
qơllanadi.
Sovuq ranglar
(havorang,kơk va binafsha ranglar )ta'sirida
xaridorlar harakati sustlashadi va ular tinchlanadilar.Bunday ranglarni
magazinlarda qơllansa xaridorlar asabiylashmaydilar va magazinda kơproq vaqt
qolib ketishlari mumkin.
Qizil rang
issiq ranglar gammasida eng kuchli ta'sir kuchiga ega rang
hisoblanadi .Bu rang ta'sirida insonning nafas olish tezlashadi, mushaklari
tortishadi va yurak urishi tezlashadi.
Magazin intererida qizil rang faqatgina ozroq miqdorda qơllanishi tavsiya etiladi.
Qizil rang qơshimchalari savdoni oshiradi, rejalashtirilmagan tovarni sotilishiga
yordam beradi.
Shuningdek bu rang ishtahani ochadi va hazm qilishni yaxshilaydi, kafe va
restoranlarda kơproq qơllanadi. Kompaniya ofislarida hodimlarni harakatini
tezlashtirsa ham, u agressiya va jahldorlik holatini kơpaytiradi. Shuning uchun bu
rangni ofislar intererida qơllash maqsadga muvofiq emas.
Olov rang
(oranj) qizil rangga ơxshab quvvatni kơpaytiradi va ishtahani
oshiradi. Lekin magazin intererida uni asosiy rang sifatida emas,balki yordamchi
qơshimcha rang sifatida ishlatish yaxshi samara beradi. Olov rangni kơpligi
xaridorlarni jiğiga tegishi mumkin.Olov rangni havorang bilan qơshib ishlatilishi
insonlarda ozodlik va hotirjamlik hissini ơyğotadi.Bunday ranglar uyğunligi sport
uslubidagi magazinlarda kơproq ishlatiladi.Olov rangini ochroq tuslari soğlik va
gơzallikni aks ettiradi. Bunday ranglar ayollar uchun mơljallangan magazinlarda
va gơzallik salonlarida keng qơllanadi.
Sariq rang
ranglar orasida inson kơziga birinchi bơlib tashlanadi va seziladi.U
insonga yaxshi ta'sir etib, boshqa ranglarga nisbatan kơproq e'tiborni tortadi.
Yorqin va issiq ranglarni ơrta hol insonlar kơproq yoqtirishadi. Sariq bilan qizil
rangni qơshilgani pastroq baholar bilan baholanadi va bunday rang uyğunligi
arzonroq mahsulotlar sotiladigan magazinlarda kơproq ishlatiladi. Sariq rang
60
tasavvurni kengaytiradi va jonlantiradi,uni yashil va kơk ranglar bilan qơshilgan
holda ishlatilsa yaxshi samara beradi. Sariq rang dizaynerlar va reklama hodimlari
ofislarida kơp miqdorda ishlatiladi, chunki sariq rangni yana bir jihati u insonda
optimizm ya'ni kelajakka ishonchini ơyğotadi. Faqat sariq rangni kơp miqdorda
bơlishi yaxshi samara bermaydi
Issiq ranglar sovuq ranglarga nisbatan xonani 3- 5 gradusga issiqroq qilib
kơrsatadi va bu magazinda ishlatilsa sovuq paytda raqobatchilar oldida qơl kelishi
mumkin.
Yorqin ranglar 7 yoshgacha bơlgan bolalarga ham yoqadi. Ular kơproq qizil,
sariq, olov rangni yaxshi kơrishadi va tanlashadi.7 yoshdan keyin bolalar boshqa
ranglarga ham e'tibor berishadi. Shuning uchun bolalar uchun mơljallangan
magazinlarda yorqin ranglar kơproq qơllanishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |