Distress holatidagi insonlar bilan qanday muloqot qilish mumkin?
Distress holatidagi insonlar bilan qanday muloqot qilish mumkin?
Tinchlikni saqlagan va e’tibor ko‘rsatgan holda siz, stressni boshidan o‘tkazgan insonlarga o‘zlarini xavfsiz sezishlari, ularni himoya qilishayotganligini, tushunishayotganligini, hurmat qilishlarini va kerakli darajada g‘amxurlik ko‘rsatayotganliklarini his etishlariga yordam berasiz.
Stress holatini boshidan kechirgan insonlar, balki, sizlarga ular bilan nima sodir bo‘lganini aytib berishni hohlaydilar.
Kimningdir hikoyasini tinglash bu – allaqachon katta qo‘llab quvvatlashdir.
Biroq, insonlarni kechinmalarini aytib berishlariga majburlamaslik muhim. Ba’zi insonlar nima sodir bo‘lganini, yoki shaxsiy holatlarni aytib berishni hoxlamaydilar. Bu holatda ularga gapirmasdan bo‘lsa ham lekin yonlarida bo‘liishingiz muhim bo‘lishi mumkin. Ularga gapirib berishni hoxlasalar shu yon atrofda bo‘lishingizni ayting, yoki ularga amaliy yordam ko‘rsating, masalan yemak, yoki bir stakan suv.
Juda ko‘p gapirmang, ularga sukunatda bo‘lishlariga imkon bering.
Insonga ozgina sukunat holatida bo‘lish imkoniyati, nafasini rostlab olishiga va agar hoxlasa sizga aytib berishiga turtki bo‘lishi mumkin.
AYTISH VA BAJARISH LOZIM:
Suhbat uchun sizni hech kim chalg‘itmaydigan joyni topishga harakat qiling.
Maxfiylikni hurmat qiling va imkon qadar sizga aytilgan shaxsiy ma’lumotlarni tarqatmang.
Insonni yonida bo‘ling, lekin uning yoshiga, jinsiga va madaniyatiga rioya qilgan holda ijtimoiy oraliqni saqlang.
Shaxsiy chegarani saqlang va tana kontaktidan o‘zingizni tiying (qo‘lni ushlash, quchoqlash, yelkasidan silash va b.q.)
Gapirayotgan insonni diqqatlik bilan tinglayotganligingizni o‘z ko‘rinishingiz bilan, masalan, boshingizni qimirlatib yoki qisqa ta’kidlovchi so‘zlarni aytib ko‘rsatishingiz mumkin.
Chidamli va sokin bo‘ling.
Aniq dalillarga asoslangan ma’lumotlarni bering, agar ular sizda bo‘lsa.
Nima bilsangiz to‘g‘risini gapiring, bilmagan taqdiringizda: «Men bilmayman, lekin siz uchun aniqlashga harakat qilaman» deb ayting
Insonlar sizga o‘z hissiyotlarini, kechinmalarini, yo‘qotishlarini yoki muhim hodislalarni (uylarini yo‘qotish, yaqin insonining o‘limi va b.q.) gapirayotganlarida birgalikda qayg‘urayotganingizni ko‘rsating: «Qanday baxtsizlik! Sizga qanchalik og‘irligini men tushunaman».
Ma’lumotlarni – oddiy so‘zlar bilan tushunish oson bo‘ladigan qilib taqdim eting.
Jabrlanuvchining qiyin holatdan chiqib ketishda mustaqil harakatlarini ta’kidlang.
Sukut saqlashga imkoniyat bering.
GAPIRISH VA QILISH MUMKIN EMAS:
Insonga u bilan nima sodir bo‘lganini aytib berishiga majburlamang.
Suhbatdoshingizni gapini bo‘lmang va shoshiltirmang (masalan, soatingizga qaramang va juda tez gapirmang).
Insonga uning ijtimoiy muhitida teginish mumkin ekanligiga ishonch hosil qilmasdan turib teginmang.
Insonga u nima qilganligiga yoki nima qilmaganligiga, yoki uning his-tuyg‘ulariga baho bermang.
«Siz o‘zingizni bunday his qilmasligingiz kerak» yoki «Siz tirik qolganingizga xursand bo‘lishingiz kerak» deb aytmang.
O‘zingiz bilmaganlarni o‘ylab topmang.
Juda maxsus bo‘lgan terminlarni ishlatmang.
Yolg‘on va’dalarni yoki kafolatlarni bermang.
Suhbatdoshingizga boshqalardan eshitgan shaxsiy hikoyalarni so‘zlab bermang.
O‘zingizning shaxsiy qiyinchiliklaringizni aytmang.
Xuddi o‘zgalar uchun muammolarni yechish kerak db o‘ylamang va harakat qilmang.
Insonni o‘z kuchiga ishonchidan va o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatidan mahrum qilmang.
Salbiy epitetlarni qo‘llagan holda odamlar xaqida gapirmang (masalan, ularni «aqldan ozganlar» yoki «jinnilar» deb nomlamang).
Surat va videoga olish , va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylash qat’iyan man etiladi.
Xuddi o‘zgalar uchun muammolarni yechish kerak db o‘ylamang va harakat qilmang.
Insonni o‘z kuchiga ishonchidan va o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatidan mahrum qilmang.
Salbiy epitetlarni qo‘llagan holda odamlar xaqida gapirmang (masalan, ularni «aqldan ozganlar» yoki «jinnilar» deb nomlamang).
Surat va videoga olish , va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylash qat’iyan man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |