DISSERTATSIYA ISHI MAVZUSINING ASOSLANISHI
«Furn'e gangrenasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda vakuumterapiyaning ahamiyati»
«ROL POLIMORFIZMOV GENOV sITOKINOV V RAZVITII OSTROGO PANKREATITA ANALIZ MEJGENNЫX I GENNO-SREDOVЫX VZAIMODEYSTVIY»
« THE ROLE OF CYTOKINE GENETIC POLYMORPHISM IN DEVELOPMENT OF ACUTE PANCREATITIS: ANALYSIS OF INTERGENIC AND ENVIRONMENTAL INTERACTION»
Mutaxassislik kodi va nomi - 14.00.27 – xirurgiya, 14.00.16 - xirurgiya
Dissertatsiyaning fan sohasi - Tibbiyot
Ish olib borilayotgan muassasaning nomi va elektron manzili: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali «Umumiy va bolalar xirurgiyasi» kafedrasiga qarashli klinik bazalarda.
Toshkent tibbiyot akademiyasi, www.tma.tf.uz
MAVZUNING DOLZARBLIGI VA TALABI.
Mavzuning dolzarbligi.
Gangrena Furne-tashqi jinsiy azolar,perianal soha to‘qimalarini o‘tkir nekrozlanishi bilan kechuvchi kasallik hisoblanadi. Bu kasallikni fransuz dermatovenerologi Jan Alfred Furne o‘rgangan.Furne gangrenasi bilan o‘rta yoshli va keksa yoshdagi erkaklar ko‘proq kasallanadi.Bu kasallik asosan qandli diabet,alkogolizm,semizlik hamroh bo‘lgan bemorlarda uchraydi. Oxirgi 10 yilda Furne gangrenasi 2.2-6.4 baravarga oshgan,bu kasallikda letallik yuqori-24-88% gacha. Furne gangrenasi bilan og‘rigan bemorlarni davolash dolzarb tadqiqot yo'nalishi bo'lib qolmoqda.
2. Mavzuning O'zbekiston Respublikasida ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo'nalishlariga muvofiqligi:
Mazkur tadqiqot Respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining VI «Tibbiyot va farmakologiya» ustuvor yo'nalishiga muvofiq bajariladi.
3. Dissertatsiya ishi mavzusining TMA tadqiqot ishlarining tematik rejalari bilan aloqasi:
Dissertatsiya tadqiqoti Toshkent tibbiyot akademiyasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq № 01180032 “ ” mavzusi doirasida
4. Muammoni o'rganilganlik darajasi:
Bizning yurtimizda ham dunyoning rivojlangan mamlakatlarida bo’lgani kabi so'nggi yillarda Furne gangrenasini o'rganish uchun qat'iy ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtga kelib FGni tashhislash va davolashda erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramasdan, ushbu kasallik og'ir asoratlarga olib kelishi va xatto o'lim ko'rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda.
5. Rejalashtirilgan tadqiqot maqsadi:
Furne gangrenasi bilan og‘rigan bemorlarda vakuumterapiyani qo‘llash natijasida bemorlar ahvoli yaxshilanishini o'rganishdan iborat.
6. Belgilangan maqsadga quyidagi vazifalarni hal qilish orqali erishish mumkin:
1. Furne gangrenasi bilan og‘rigan har bir bemorga vakuumterapiyani qo‘llash.
2. Furne gangrenasi bilan og‘rigan bemorlarda vakuumterapiyani qo‘llash vaqti va muddatini aniqlash.
3. Vakuumterapiya va traditsion metodda davolangan bemorlar natijasini solishtirish.
7. Tadqiqot ob'yektlari:
Furne gangrenasi bilan og‘rigan bemorlar.
Tadqiqot elementlari:Vakuum apparati,bemordan olingan vena qoni va zardobi, biokimyoviy, jarohat suyuqligiga doir tadqiqot materiallari olinadi.
8. Tadqiqot usullari:
Tadqiqot vazifalarini hal etish maqsadida umumklinik, asbobiy va statistik usullardan foydalaniladi.
Ish jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:
Furne gangrenasi bilan og‘rigan bemorlarda traditsion metodda davolash natijasi tahlili.
Furne gangrenasi bilan og‘rigan bemorlarda vakuumterapiyani qo‘llash natijasida davolash natijasini yaxshilash.
Vakuumterapiyani qo‘llash natijasida Furne gangrenasi bilan og‘rigan bemorlarda davolash tartibi algoritmini tuzish.
9. Rejalashtirilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Furne gangrenasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashda vakuumterapiya shu vaqtgacha qo‘llanilmagan,vakuumterapiya boshqa yiringli kasalliklarni davolashda qo‘llanilgan.
10. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati.
Furne gangrenasini davolashda vakuumterapiyani qo‘llash jarohatni bitishini tezlashtiradi va jarohatdan keyingi chandiqlarni kamaytiradi,operatsiyadan keyigi chandiqlar hisobiga limfa oqimi buzilishini kamaytiradi,kasallik asoratlari chastotasini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi, shu jumladan o'lim darajasini kamaytirishga yordam beradi.
Ilmiy raxbar
TTA. “Xirurgiya”
kafedrasi t.f.d., prof: O.R.Teshaev
Ilmiy izlanuvchi: C.Sh.Xonov.
Do'stlaringiz bilan baham: |