Диссертацияларининг асосий илмий натижаларини чоп этиш тавсия этилган илмий нашрлар ва Россия


- rasm. 2015-2020 yillarda yangi tashkil etilgan kichk korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy



Download 14,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/243
Sana25.03.2022
Hajmi14,49 Mb.
#510123
TuriДиссертация
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   243
Bog'liq
Иқтисодиёт- тахлил ва прогноз журнал 2 сон 2021 факат

2- rasm. 2015-2020 yillarda yangi tashkil etilgan kichk korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy 
faoliyat turlari bo’yicha (ming dona).
Manba:
 muallif tomonidan Davlat statistika qo’mitasi hisoboti asosida tuzilgan.
qilish va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish tizimini 
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 
gi farmoni [9], hamda "O'zbekiston Respublikasi 
Savdo-sanoat palatasi faoliyatini qayta tashkil etishni 
takomillashtirish to'g'risida"gi qaror [10] tadbirkorlar 
faoliyatini har tomonlama qo’llab-quvvatlash va ertangi 
kuniga bo’lgan ishonchi eng asosiy institustional 
ko’makchisi bo’ldi desak bejiz emas. 
Bundan ko’rinib turibdiki, Yangi O’zbekiston 
shiori ostida boshlangan islohotlar tadbirkorlik 
sub’ektlarining faoliyati tizimini mustahkamlash va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha tegishli 
agentlik, idoralar tashkil etilib, boshqalari faoliyati 
samaradorligi oshirildi. Bundan asosiy maqsad 
tadbirkorlik sub’ektlarining ishonchi va rivoji uchun 
suyanchiq sifatida xizmat qiladi desak mubuolog’a 
bo’lmaydi. 
Shu bilan birga, tadbirkorlar, jumladan, xotin-
qizlar manfaatlarini taʼminlashning muhim institutiga 
aylangan mamlakatimiz boʼylab jamoatchilik xizmati 
markazlari negizida Xalq qabulxonalari va Oʼzbekiston 
Prezidentining virtual qabulxonasi, shuningdek, bosh 
vazir qabulxonasi faoliyati tashkil etilib, bu jarayon 
izchil davom ettirilmoqda [11]. Bundan asosiy maqsad, 
tadbirkorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, 
ularning muammo va takliflarini respublika darajasida 
ko’rib chiqib, uning ijobiy natjasiga erishishdir. 
Shuningdek, ertangi kunimiz bo’lib xizmat 
qiluvchi yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish 
maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
Vazirlar Mahkamasining qaror va farmonlari asosida 
yoshlar tadbirkorligining klasterlari, shu jumladan 
muhandislik-texnik 
kommunikatsiyalar 
bilan 
ta'minlangan ishlab chiqarish maydonlari yaratildi, 
yoshlar tadbirkorligi sub'ektlariga uzoq muddatli ijara 
asosida yerlar ajratish yo’lga qo’yildi [12]. Shu bilan 
birga, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha "Har 
bir oila – tadbirkor" davlat dasturi ham qabul qilindi. 
"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida tadbirkorlik 
bilan shug'ullanishni istagan aholining tashabbuslarini 
kreditlar berish, amaliy yordam ko'rsatish, joyida 
o'qitish, mikrofirmalarga moliyaviy ko'mak berish 


167
№ 2 (13)
Апрель-июнь, 2021 йил
va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun mini-
klasterlar yaratish uchun keng imkoniyatlar yaratib 
berildi [13].
Oʼzbekiston rahbari tomonidan soʼnggi yillarda 
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tranzaksiya 
xarajatlarini kamaytirish borasida bir qator ishlarni 
amalga oshirib kelinmoqda. Bu birinchi navbatda, 
soliq, bojxona va maʼmuriy yukni kamaytirish, 
eksport-import operatsiyalari tartibini soddalashtirish, 
turli xil litsenziya va ruxsatnomalar olish tartibini
engillashtirish yoki umuman olib tashlash hamda Tovar 
va moliya bozorlaridagi monopoliyalarni bosqichma-
bosqich qisqartirish orqali samarali raqobat muhitini 
yaratish maqsadida mamlakatimizda davlatning 
iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, narxlarni 
haddan tashqari tartibga solishdan voz kechish va 
davlatning iqtisodiyotga ta'sirini kamaytirish, tovar-
moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish, biznes 
uchun teng sharoitlar yaratish, oshkoralikni taʼminlash 
va davlat xaridlari tartib-taomillarini yanada 
takomillashtirishga [14] qaratilgan institutsional 
islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Masalan, 
xususiy sektor va raqobat rivojlanayotgan sohalarda 
davlat ishtirokini keskin kamaytirish bo'yicha choralar 
ko'rish uchun davlat ulushiga ega bo'lgan 3 mingga 
yaqin korxonada inventarizatsiya o'tkazildi. Kelgusi 
yillarda strategik ahamiyatga ega bo'lgan 32 ta yirik 
sanoat korxonalarini o'zgartirish ishlari amalga 
oshiriladi.
Sanoatkurilishbank, Asaka Bank, Ipoteka Bank, 
Aloqa Bank, Turon Bank va Qishloq qurilish bank 
kabi yirik banklar xususiylashtirishga tayyorlanmoqda. 
Ushbu banklardan kamida bittasining barcha davlat 
ulushini strategik investorlarga sotish rejalashtirilgan. 
Umuman olganda, yaqin ikki yil ichida davlat 
ishtirokidagi korxonalar soni kamida 3 baravar 
kamayashi kutilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 
sentyabrdagi "Pul-kredit siyosatini liberallashtirishning 
ustuvor chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan 
mamlakatda joriy operatsiyalar uchun erkin 
konvertatsiya joriy etildi, tovar va odamlar harakati 
uchun bir qator ma'muriy to'siqlar olib tashlandi va 
eng muhim yutuqlardan biri bu bojxona to'lovlari 
kamaytirildi.
Markaziy bank o'z faoliyatini tijorat banklarini 
nazorat qilish va tartibga solish, pul muomalasi va 
valyuta bozorini tartibga solishda sezilarli darajada 
o'zgartirdi. Banklarda mijozlarga yo'naltirilgan, sifati 
yaxshilangan bank xizmatlari turi kengaytirildi. 
Shuninhdek, chet el valyutasini sotib olish va naqd 
pul muomalasi bo'yicha ma'muriy cheklovlar olib 
tashlandi.
Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik 
bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratishni 
ta’minlaydigan soliq tizimi shakllantirildi.
Bunda, birinchilardan bo’lib “O‘zbekiston 
Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartishlar va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 
imzolanishi bo’ldi. Unga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan 
soliq imtiyozlari faqat Soliq kodeksi bilan taqdim 
etiladigan bo’ldi. Аyrim soliqlar bo‘yicha imtiyozlar 
belgilangan soliq stavkasini kamaytirildi. Kodeksning 
yangi tahriri qabul qilinishi tufayli mamlakatimiz 
soliq tizimida 120 dan ortiq yangi qoidalar amaliyotga 
kiritildi [15].

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish