43
Davlat
qimmatli
qog'ozlari
bozorini
tashkillashtirishning
umumiy
printsiplari. O'zRVBda davlat qimmatli qog'ozlari bozori bo'yicha auktsionlar va
ikkilamchi savdolar Elektron savdo – depozitariy tizimi orqali amalga oshirladi.
Bunda amaliyotda Birja Dilerlar bilan tegishli shartnomalar tuzadi.
Davlat qimmatli qog'ozlarining muomalasi oldi – sotdi Shartnomasi (bitimi)
tuzilganidan so'nggina amalga oshiriladi. Davlat qimmatli qog'ozlariga egalik
qilish xuquqining bir egalik qiluvchi shaxsdan ikkinchisiga o'tishi, davlat qimmatli
qog'ozlarining yangi egalik qiluvchi shaxs “Depo” xisobvaraqarag'iga o'tkazilgan
vaqtidan boshlab kuchga kiradi.
Birlamchi bozorni tashkillashtirish: Davlat qimmatli qog'ozlari yangi
nashrining joylashtirilishi Markaziy bank tomonidan tashkillashtiriladigan auktsion
(odatga ko'ra chorshanba kunlari soat 10.00 dan 11.30 gacha) orqali amalga
oshirladi. Auktsion o'tkaziladigan sana, obligatsiyalarning chiqarilish raqami va
xajmi, ularning nominal qiymati va to'lov sanasi, bo'lajak xaridorlar doirasi,
raqobatsiz buyurtmalarning yuqori miqdori, auktsionning o'tkazilish joyi hamda
vaqti Markaziy bank tomonidan auktsion o'tkaziladigan kundan kamida 7 kalendar
kun oldin e'lon qilinadi. E'lon chiqqan kundan to auktsion o'tkazilish kunigacha
Dilelar obilgatsiyalarning bo'lajak xaridorlaridan buyurtmalar yig'adilar va
auktsion o'tkaziladigan kuni davlat qimmatli qog'ozlarini sotib olish uchun o'z
xisobi va investorlar xisobidan buyurtmalar topshiradilar. Buyurtmalar
cheklanmagan miqdorda raqobatli buyurtmalarni, shu bilan bir qatorda bitta
raqobatsiz buyurtmani o'z ichiga olishi mumkin. Agar obligatsiyalarning yangi
chiqarilishi bo'yicha bo'yicha auktsion o'tkaziladigan kun oldingi chiqarilishning
to'lovi kuniga to'g'ri kelib qolsa, Dilerning “Savdo” xisobvarag'ida zaxiralangan
pul mablag'lari summasiga oldingi chiqarilish to'lovidan kelib tushadigan Dilerga
tegishli mablag'lar summasi qo'shiladi.
Aukion o'tkaziladigan kun Markaziy bank Dilerlarning buyurtmalarini
Savdo tizimi orqali yig'adi va buyurtmalarda ko'rsatilgan narxning pasayib brishi
tartibi Bilan ularni jamlanma qaydnomasiga kiritadi. Obligatsiyalarni sotishning
eng past narxini va auktsionning o'rtacha aniqlangan narxini belgilash uchun
44
Markaziy bank jamlanma qaydnomani Moliya vazirligiga taqdim etadi. Minimal
sotuv narxidan yuqori narx bilan ko'rsatilgan buyurtmalar qanoatlantiriladi.
Obligatsiyalar chiqarilish xajmining qolgan qismi Moliya vazirligining
topshirig'iga ko'ra Markaziy bank tomonidan ikkilamchi bozorda qo'shimcha
tarzda joylashtirilishi mumkin.
Ikkilamchi boozrni tashkillashtirish. Savdolar xar kuni 9.30 dan 11.30
gacha Elektron savdo – depozitariy tizimi orqali amalga oshiriladi.
Bu tizim barcha bitimlar bo'yicha operatsiyalarning aniq va ishonchli
bajarilishini kafolatlaydi. Savdolarda faqat Dilerlarning vakolatlangan vakillari
qatnashadilar. Dilerlar vakillari Birja zalida o'rnatilgan avtomatlashtirilgan ish
joylarining kompyuter terminallari olrqali buyurtmalar kiritadilar va bitimlarni
amalga oshiradilar. Savdo tizimi buyurtmalarni uzluksiz ravishda taqqoslab turishi,
ularni pul va qimmatli qog'ozlar bilan ta'minlanganligini tekshirishni va real vaqt
rejimida avtomatik tartibda bitimlarni ro'yxatga olishni ta'minlaydi.
6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: