II BOB. O'ZBEKISTON MILLIY IQTISODIYOTDA QIMMATLI
QOG'OZLAR BOZORINING ROLI VA FUNKTSIYASI TAHLILI.
2.1. Ta'sir etuvchi omillar sharoitida qimmatli qog'ozlar bozorining
milliy iqtisodiyotdagi roli va funktsiyasi tahlili.
Xozirgi kunda O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori rivojlanishning yangi
bosqichiga ko'tarilgan bo'lib, bunda mamlakatda amalga oshirilayotgan qator
iqtisodiy isloxotlar ta'siri kattadir. Biroq O'zbekistonning asosiy muammolari xali
o'z echimi to'la ravishda topgani yo'q. Bu muammolar sifatida modernizatsiya,
investitsiyalarni jalb qilish va industrial o'sishni keltirish mumkin. Bu
muammolarni xal qilishda qimmatli qog'ozlar bozorining imkoniyatidan to'liq
ravishda foydalanilmayotganligi respublika Prezidentining Respublikaning 2014
yildagi ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2007 yilda iqtisodiy
isloxotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo'nalishlari
bo'yicha qilgan ma'ruzasida
ham ta'kidlanganligi bejiz emas
2
. Chunki jaxon amaliyoti ko'rsatmoqdaki,
yuqoridagi
muammolarni
xal
qilishning
asosiy
mexanizmlaridan
biri
investitsiyalash
maqsadida
resurslarning
jalb
qilinishi,
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash, ishlab chiqarishning o'sishini rag'batlantirishni ta'minlovchi
qimmatli qog'ozlar bozori xisoblanadi.
Mazkur muammolarning muximligi va unda qimmatli qog'ozlar bozorining
ahamiyatidan kelib chiqib milliy qimmatli qog'ozlar bozorining xolati va uning
iqtisodiyotdagi o'rni va funktsiyasi taxlilini keltiramiz va uning natijalari qimmatli
qog'ozlar bozorini rivojlanish muammolarini tasavvur qilish, unig rivojlanishiga
ifodalovchi
omillarni
aniqlash
imkoniyatini
beradi.
O'tkazilgan
taxlil
rivojlanayotgan mamlakatlar bilan solishtirgan xolda amalga oshiriladi.
Barcha mamlakatlarning qimmatli qog'ozlar bozori o'zaro pul resurslarini
investitsiyalash maqsadida qayta taqsimlash bo'yicha va savdo faollligi uchun
raqobatda bo'ladilar. Mamlakatlar qimmatli qog'ozlar bozori taxlilida asosiy nuqtai
nazar ularni solishtirish, ularning investitsion resurslarni jalb qilishi darajasini
taqqoslama taxlilga qaratiladi. Quyida milliy qimmatli qog'ozlar bozorining roli va
27
bo'limda
keltirib
o'tilgan
iqtisodiyotdagi
funktsiyalarini
qay
darajada
bajarayotganligini taxlilini keltiramiz. Bunda amalga oshirilgan taxlilning maqsadi
milliy qimmatli qog'ozlar bozorining indikatorlar yordamida o'ziga yuklatilgan
funktsiyalarni bajarish ko'rasatkichlarini aniqlash va solishtirish amalga oshirladi,
biroq bunda solishtirish bu ko'rsatkich bo'yicha juda yuqori natijaga ega bo'lgan
rivojlangan mamlakatlar bilan emas, balki bozori shakllanayotgan, O'zbekiston
kabi rivojlanayotgan Markaziy va Sharqiy Evropa hamda MDX mamlakatlari
ko'rsatkichlari
bilan
amalga
oshiriladi.
Ba'zi
jixatlari
bilan
mazkur
mamlakatlarning bozor ko'rsatkichlarini O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori
bilan solishtirish mumkin.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |