Dispers sistemalar



Download 25,95 Kb.
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi25,95 Kb.
#215854
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dispers


Dispers sistemalar. Bir modda ichida boshqa bir moddaning ma'lum darajada maydalangan 

zarralar hamda tarqalishi natijasida hosil bo'lgan sistemalar dispers sistemalar deyiladi.  

Dispers  faza  zarrachalarning  o'lchamiga  qarab,  dispers  sistemalar  bir  necha  guruhga 

bo'linadi: 

1.Dag'al dispers sistemalar. 

2.Kolloid eritmalar. 

3.Chin (haqiqiy) eritmalar. 

Dag'al  dispers  sistemalarda  dispers  faza  zarrachalarning  o'lchami  100  nm  dan  katta  bo'lib, 

ularni ko'z bilan Yoki oddiy mikroskopda ko'rish mumkin. Ular zarrachalari oddiy filtr qog'ozdan 

ham  o'tmaydi.  Dispers  faza  zarrachalari  tezda  idish  tubiga  cho'kadi  Yoki  qavat  holida  ajraladi. 

Dag'al dispers sistemalar geterogen sistemalardir. 

Dag'al dispers sistemalar tarkibiga ko'ra, suspenziya va emulsiyalarga bo'linadi. Dispers faza 

qattiq  moddadan,  dispersion  muhit  suyuq  moddadan  iborat  dag'al  dispers  sistemaga  suspenziya 

deyiladi.  Suspenziyaga,  bo'rning  mayin  kukuni  va  suv  aralashmasi  misol  bo'ladi.  Dispers  faza 

ham,  dispersion  muhit  ham  suyuq  moddadan  iborat  dag'al  dispers  sistemaga  emulsiya  deyiladi. 

Emulsiyaga, sut, o'simlik moyi Yoki benzinning suv bilan aralashmasi misol bo'ladi. 

129 

                                                                                                                                                                                                     



Dispers  faza  zarrachalari  o'lchami  1  nm  dan  100  nm  oralig'ida  bo'lgan  dispers  sistemalar 

kolloid eritmalar, boshqacha aytganda, zollar deyiladi. Dispers muhiti gazsimon bo'lgan moddalar 

sistemasi aerozollar, dispers faza qattiq bo'lganda tutunlar deyiladi. Agar dispers faza gaz dispers 

muhit  suyuqlik  bo'lsa,  bunday  sistema  ko'pik  deyiladi.  Kolloid  eritmalarga  qon  plazmasi,  tuxum 

oqsilining suvdagi eritmasi misol bo'ladi. 

Kolloid  eritmalar  mikrogeterogen  sistemalardir.  Kolloid  eritmalar  zarrachalarini  faqat 

ultramikroskopda  payqash  mumkin.  Ular  oddiy  filtr  qog'ozidan  o'tib  ketadi,  kichiq  teshikli 

ultrafiltrdan  o'tmaydi.  Kolloid  eritmalarda  koagulyasiya  hodisasi  kuzatiladi.  Kolloid 

zarrachalarning  molekulyar  tortishish  kuchi  ta'sirida  bir-  biriga  Yopishib,  ancha  yirik  agregatlar 

holida cho'kishi koagulyasiya deyiladi. 

Kolloid  eritmalar  faqat  o'tuvchan  Yorug'likdagina  tiniq  bo'ladi.  Chin  eritmadan  farq  qilib, 

kolloid eritmalar qaytgan nurda, odatda, loyqaga o'xshab ko'rinadi, bu Yorug'likning tarqalishidir. 

Agar  kolloid  eritmalardan  nurlar  dastasi  o'tkazilsa,  suyuqlikda  yaxshi  ko'rinadigan  Yorug'lik 

konusi paydo bo'ladi, bu hodisa Tindal effekti deyiladi. 

Kolloid  sistemalar  amalda  katta  ahamiyatga  ega.  Ular  suvni  tozalashda,  gazlarni  elektr 

Yordamida  tozalashda,  kauchuk  ishlab  chiqarishda  va  qishloq  xo'jaligining  boshqa  sohalarida 

ishlatiladi. 

Chin  (xaqiqiy)  eritmalar  zarrachalar  o'lchami  1  nm  dan  kichiq  bo'ladi,  ular  zarrachalarini 

mikroskop  Yordamida  ham  ko'rib  bo'lmaydi.  Har  qanday  filtr  qog'ozdan  o'tib  ketadi,  Yorug'lik 

nurini  to'g'ridan-to'g'ri  o'tkazadi,  koagulyasiyalanmaydi.  Chin  eritmalarga,  osh  tuzi  Yoki 

shakarning suvdagi eritmasi misol bo'ladi. 

Ikki  Yoki  bir  necha  komponentdan  iborat  suyuq  Yoki  qattiq  gomogen  sistema  eritma 

deyiladi. Odatda, eng ko'p tarqalgan suyuq eritmalar haqida so'z yuritiladi. 




Download 25,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish