1. Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlarning qo‘llanilishi.
Shaxsiy kompyuter (ShK) larning axborotlarni uzoq va ishonchli saqlovchi vositasi bu magnit disklardir. ShK larning ishlash jarayonida tezkor xotira va magnit disk (MD) qurilmasi o’rtasida uzluksiz axborot almashinuvi amalga oshiriladi. Ayniksa qattik disk bilan bu jarayon intensiv amalga oshadi.
Disklarning yuqori sifatli tayyorlanganligiga qaramay, amalda ShK ning magnit diskidagi axborotlarni buzilishi hollari sodir bo’ladi. Ba`zan esa MD ning fayllar tizimida buzilishlar sodir bo’ladi.
Bu buzilishlar quyidagi sabablarga ko’ra sodir bo’lishi mumkin:
O’chib ketgan axborotni tiklashni muvaffakiyatli amalga oshirish uchun diskka xech qanday axborot yozilmagan bulishi kerak.
Unrerase dasturi va uning ishlash tamoyili
Fayl yoki katalog o’chirilganda, uni MS-DOS butunlay o’chirmaydi, balki uning nomidagi birinchi simvolini ASCII jadvalidagi 229 kodli simvol bilan almashtiradi. Keyingi o’qishlarda bu fayl joylashgan joy bo’sh joy sifatida qabul kilinadi.
O’chib ketgan faylni tiklash uchun bu dastur dastlab ko’rsatilgan katalogda bu fayl borligini aniklaydi. Keyingi qilinadigan harakatlar faylning o’lchami va joylashuvi bilan bog’liq.
Agar fayl bir nechta ketma-ket keluvchi klasterlarni egallaydigan bo’lsa, bularning hammasini tiklanayotgan faylga beradi.
Agar fayl bir nechta tarqoq keluvchi klasterlarda joylashgan bo’lsa, dastur bulardan bir-biriga yakin keluvchi bo’sh klasterlarni fayl uchun birlashtiradi. Bunday xolda kerakli klasterlarni qo’lda ajratish kerak.
O’chirilgan fayllarni muvaffakiyatli tiklashning asosiy shartlariga quyidagilar kiradi:
-fayl klasterlarining uzluksiz joylashuvi;
-faylga tegishli klasterlarning yangi yozilgan fayllar tomonidan egallanib qolmasligi.
Magnit disklarni ishlatishda ko’pincha fizikaviy va mantiqiy buzilishlar uchrab turadi va bular axborotlarni xato o’qilishiga olib keladi.
Fizikaviy kamchiliklar (FD) mexanik ta`sirlar, magnit maydoninng ta`siri, magnit katlamining eskirishi va boshka sabablarga ko’ra paydo bo’lishi mumkin. FD ning paydo bo’lishi ba`zi sektor va klasterlarni ishga yaroksiz xolga keltiradi va bu faylni to’lik tiklab bo’lmaydi.
Mantikiy kamchiliklar diskning sistema soxasining zararlanishi tufayli kelib chiqadi. Bularga bo’limlar jadvali (tabl. razdelov), fayllar joylashuv jadvali (FAT), yuklovchi sektor (zagruzochniy sektor), kataloglar va boshkalar kiradi.
Bunday buzilishlar tok manbaining to’satdan o’chirilishi, xato ishlovchi dasturlarning to’xtab qolishi, kompyuter viruslari ta`sirida sodir bulishi mumkin.
3. Diskka xizmat ko’rsatuvchi dasturlar
Buzilgan fayllar va disklarni tiklash uchun Chkdisk, Scandisk, DEFRAG utilitlari va NDD dasturlari ishlatiladi.
Magnit disklardan foydalanish vaqtida, ularning ish faoliyatlarida ayrim kamchiliklar yuzaga keladi. Fayllarni yozish va o’qish amallari bajarilmay qoladi, bu albatta disklarning fizik va mantikiy buzilishlaridan kelib chiqadi. Disklardagi mantiqiy va fizik buzilishlarni davolash uchun Norton Disk Doctor (NDDD) utiliti ko’llaniladi.
NDD dasturi avtomatik tarzda disklarni tashxis qiladi va buzilgan disklarni davolaydi.
Diskka tashxis qo’yish - diskning xolatini xar tomonlama taxlil kilish va ulardagi mantikiy buzilishlarni aniqlashdir.
Tashxis jarayoni maxsus testlar orkali olib boriladi. Diskdagi buzilishlarni aniqlagani haqida NDD foydalanuvchiga ma`lumot beradi.
Dasturni chaqirish va uni faollashtirish uchun NDD.EXE buyrug’idan foydalaniladi.
Scan Disk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi. Bu dasturdan ko’pincha Windows dan noto’gri chiqqanda (Kompyuterni Pusk\Zavershenie rabotы\Vыklyuchit kompyuter ketma-ketligidan o’chirilmaganida) foydalaniladi. Buning uchun Pusk/Programmы/Standartnыe/ Slujebnыe programmы qism menyusida Proverka diska (Scan Disk) bo’limi nomi «sichkoncha» bilan 2 marta bosilsa, ekranda bu dasturning muloqot oynasi xosil bo’ladi. Bu oynada tekshirilishi kerak bo’lgan nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan.
Tekshirish ikki – Standart (Standartnaya) yoki to’liq (Polnaya) rejimda bajarilishi mumkin. Bu rejimlardan kerakligi va xatoliklarni avtomatik to’grilash (Ispravlyat oshibki avtomaticheski) xolati tanlanib, Zapusk tugmasi bosiladi.
Diskni Defragmentatciya qilish (Defrag). Ma`lum vakt o’tgandan so’ng ko’pchilik fayllar fragmentlarga ajratiladi va ular diskning xar xil bo’laklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o’qish va saqlash ishlarini sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to’plash va ularni siqish jarayoni defragmentatciya deb yuritiladi va bu jarayon fayllarni yozish va o’qishni tezlashtirish imkonini beradi. Fayllarni defragmentatciya qilish – Defragmentatciya diska /Defrag dasturi yordamida amalga oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentatciya oynasi ochiladi va defragmentatciya jaraeni qanday kechayotgani protcentlarda ko‘rsatilib turiladi.