Disbakterioz alomatlari oshqozon va ichaklardagi muammolardagi singari aniq-ravshan emas va u teridagi turli muammolar sababchisi bo‘lishi mumkin. Terimiz – butun boshli ekotizim, mikroblar florasi va emidermisning dag‘allashgan hujayralaridir. Teri autmikroflorasi ichaklar mikroflorasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, teri qatlamimiz himoya xususiyatlariga ta’sir qiladi. - Disbakterioz alomatlari oshqozon va ichaklardagi muammolardagi singari aniq-ravshan emas va u teridagi turli muammolar sababchisi bo‘lishi mumkin. Terimiz – butun boshli ekotizim, mikroblar florasi va emidermisning dag‘allashgan hujayralaridir. Teri autmikroflorasi ichaklar mikroflorasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, teri qatlamimiz himoya xususiyatlariga ta’sir qiladi.
Kattalarda disbakterioz, teri disbakteriozi haqida so‘z boradigan bo‘lsa, uning bir qadar keng tarqalgani bilan e’tiborga molik. Dermatologiya instituti kafedrasi o‘tkazgan tadqiqotda unda ishtirok etgan sog‘lom ayollarning 30% dan ko‘prog‘ida teri mikroflorasida buzilish aniqlangan. Mabodo, teringizning tez-tez yallig‘lanishini kuzatsangiz, zudlik bilan ko‘rikdan o‘tib, tashxisni aniqlash kerak. Disbakterioz qanchalik vaqtli aniqlanib, davolanish boshlansa, uning surunkali shaklga o‘tib ketishining oldi olinadi. - Kattalarda disbakterioz, teri disbakteriozi haqida so‘z boradigan bo‘lsa, uning bir qadar keng tarqalgani bilan e’tiborga molik. Dermatologiya instituti kafedrasi o‘tkazgan tadqiqotda unda ishtirok etgan sog‘lom ayollarning 30% dan ko‘prog‘ida teri mikroflorasida buzilish aniqlangan. Mabodo, teringizning tez-tez yallig‘lanishini kuzatsangiz, zudlik bilan ko‘rikdan o‘tib, tashxisni aniqlash kerak. Disbakterioz qanchalik vaqtli aniqlanib, davolanish boshlansa, uning surunkali shaklga o‘tib ketishining oldi olinadi.
Mazkur kasallikning asosiy muammolaridan biri aynan sezilmasdan boshlanishidir. Ichaklardagi disbakterioz shubhasiz, bemor terisining holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, zero teri inson organizmi salomatligining o‘ziga xos oynasi hisoblanadi. Ichaklar mikroflorasi balansining buzilishi boshqa organlar mikroflorasi tarkibida aks etadi: shilliq pardalar, teri (teri disbakteriozi), ayollar jinsiy organi (ginekologik disbakterioz). Demak, kelib chiqish sabablari turli bo‘lgan disbakterioz, umumiy organizm holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Sizda disbakterioz paydo bo‘lsa, oxirgi payt qabul qilgan dorilaringiz bunga sabab bo‘lishi mumkin. Aynan antibiotiklarni pala-partish qabul qilish ichaklar mikroflorasining buzilishida ko‘p tarqalgan sabablardan hisoblanadi. - Mazkur kasallikning asosiy muammolaridan biri aynan sezilmasdan boshlanishidir. Ichaklardagi disbakterioz shubhasiz, bemor terisining holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, zero teri inson organizmi salomatligining o‘ziga xos oynasi hisoblanadi. Ichaklar mikroflorasi balansining buzilishi boshqa organlar mikroflorasi tarkibida aks etadi: shilliq pardalar, teri (teri disbakteriozi), ayollar jinsiy organi (ginekologik disbakterioz). Demak, kelib chiqish sabablari turli bo‘lgan disbakterioz, umumiy organizm holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Sizda disbakterioz paydo bo‘lsa, oxirgi payt qabul qilgan dorilaringiz bunga sabab bo‘lishi mumkin. Aynan antibiotiklarni pala-partish qabul qilish ichaklar mikroflorasining buzilishida ko‘p tarqalgan sabablardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |