XOTIRA SIFATLARI VA TURLARI
Xotiraning quyidagi sifatlari mavjud:
a) ko`lami esda olib qolingan materiallarning miqdori
b) esga tushirishning aniqligi
v) esda olib qolishning tezligi
g) o`zlashtirilgan materialni uzoq vaqt saqlanishi
d) xotiraning tayyorligi, kerak bo`lgan vaqtda kerakli materialni tez esga olish tushirish qobiliyati nazarda tutiladi. Bu xususiyatlar kimda yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning xotirasini yaxshi xotira deyish mumkin. Lekin, kishilarning ko`pchiligida xotiraning ba’zi sifatlari yaxshi bo`lsa, boshqa sifatlari yomon rivojlangan bo`ladi.
XOTIRA TURLARI
Psixik faolligiga ko`ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`lishi mumkin. Faoliyat maqsadiga ko`ra – harakat emotsional, suz-mantiqiy, obrazli xotiraga ajratiladi. Materialni esda olib qolish muddatiga ko`ra uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira turlariga bo`linadi.
Xotiraning quyidagi individual turlari ajratiladi – ko`rish, eshitish, motor va aralash.
Ko`rish turi – ko`rish orqali materialni tez esda olib qolish.
Eshitish turi – eshitish orqali materialni yaxshi esda olib qolish.
Motor – turi odamni qayta takrorlash yoki yozib olish orqali esda olib qolishidir.
Aralash turi – ko`rish, eshitish, ko`rish – motor, eshitish – motor turlari haqida gapirish mumkin. Xotira sifati xotirada olib qolish tezligi, esda olib qolish mustahkamligi, esga tushirish tezligi bilan xarakterlanadi.
3. Esda olib kolishning yo`llarini bilmaydigan va puxta esda qoldirish uchun zarur shart sharoitlarini hisobga olmaydigan kishilar ko`pincha uz xotiralarini yomoniligidan nolib yurishadi. Shu bilan birga xotirani buzilish hollari ham bo`lishi mumkin. Kishining xotirasi biron bir kuchli, ta’sir (ko`p hollarda qo`rqish) miyaning katta yarim sharidagi kishi xotirasi bilan bog`liq bo`lgan markaziy nerv xujayralarining shikastlanishi oqibatida buzilishi mumkin.
Shizofreniya, skleroz kabi kasallik turlari xotiraning buzilishi bilan bog`liq. Psixokorrektsiya - inglizcha so`zdan olingan bo`lib - shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo`llash jarayoni. Kishi xotirasini psixokorrektsiya orqali rivojlantirish va shakllantirish mumkin. Bularning o`ziga xos qoidalari mavjud.
4. Maktab o`quv tarbiya jarayonini tashkil etishda diqqatning barcha turlariga asosiy xususiyatlarini hisobga olish zarur. O`quv jarayonida ixtiyorsiz diqqat muhim rol’ o`ynaydi. Ixtiyorsiz diqqatning boshlangich sinflardagi roli ayniqsa kattadir. Chunki kichik yoshdagi o`quvchilarda diqqatni ixtiyoriy ravishda biror narsaga qaratish qobiliyati sust rivojlangan bo`ladi. Maktab ish tajribasida ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatni birga qo`shib olib borish va ixtiyorsiz diqqatga tayangan holda ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash zarur. Butun o`qitish jarayonini to`g`ri va puxta uyushtirish o`quvchi diqqatini shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi. Diqqat ta’limning muvaffakiyatliligi shartlaridan biri bo`lgani holda uning shakllanishi ham ushbu jarayonining o`zida yuz beradi.
O`quv faoliyati ayniqsa ixtiyoriy dikkatni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. O`quvchilarning dars paytidagi diqqati darsning tuzilish xususiyatlari bilan belgilanadi, o`rganilayotgan materialning mazmuniga ham, uning o`qituvchi tomonidan bayon qilinishiga ham bog`liq bo`ladi. O`quvchilar diqqatining safarbar etilishi o`qituvchi nutqning xususiyatlariga, uning aniqligi va ifodaliligiga va shu kabilarga ham bog`liqdir. Diqqatni jalb qilishda ko`rgazmalilik (kartinalar, jadvallar, chizmalar va boshqalar)dan maqsadga muvofiq foydalanish katta ahamiyatga ega. O`quvchilarning diqqatining uyushtirishida o`qituvchilarning izchil va muntazam talabchanligi muhim rol’ o`ynaydi. Ba’zi psixologlar (P.Ya.Gal’perin) diqqatni nazoratining alohida psixologik ta’siri deb tushunadilar. O`quvchilar diqqatining yosh davr xususiyatlarini ham, individual xususiyatlarini ham hisobga olish ta’lim tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Masalan, kichik maktab yoshida diqqatning etarli darajada ob’ektga to`planmaganligiga, jumladan aqliy faolikka etarli emasligiga, o`quv faoliyati ko`nikma va malakalarining shakllanmaganligiga, bola irodasining kuchsizligi sabab bo`lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.
3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”
4. www.ziyonet.uz
5. www.arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |