Diqqatning salbiy jihatlaridan biri parishonxotirlikdir. - Parishonxo- tirlik diqqatni uzoq vaqt davomida jadal bir narsaga qaratishga layoqatsizlikda, diqqatning osongina va tez-tez bo'linib turishida na- moyon bo'lishi mumkin. Parishonxotirlikning bu ko'rinishi ko'pincha ish qobiliyati susayib ketishining va xulq-atvordagi uyushmaganlik- ning sabablaridan biri hisoblanadi. Parishonxotirlikni keltirib chiqa- ruvchi sabablar nimalardan iborat? Parishonxotirlik shaxsning barqa- ror xislati sifatida ixtiyoriy diqqat sustligining ko'rsatkichi hisoblanadi va u noto'g'ri tarbiya natijasida bo'lishi mumkin. Bunday pari- shonxotirlikka qarshi, avvalo, shaxsda irodaviy fazilatlarni shakllan- tirish yo'li bilan kurash olib borish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |