Kasbga xos diqqat ma’lum bir kasbga ko’p yil ishlash natijasida shu kasbning talablari va ob’yektiv xususiyatlariga mos ravishda tarkib topgan diqqat turi, Masalan: chorrahada ko’cha harakatini boshqaruvchining diqqati bilan mikroskop yordamida ilmiy kuzatish olib boradigan olimning diqqati bir-biridan keskin tafovut qiladi. Birinchisi diqqatning taqsimlanishini, ikkinchisi esa markazlashuv xususiyatlarini talab qiladi.
Ixtiyoriy diqqat — ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko’rsatgan holda muayyan ob’yektga yo’nalishi va unga to’planishdan iborat diqqat turi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat — diqqatning muayyan ob’yektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so’ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o’z-o’zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |