Sement mustahkamligi suv sement nisbatiga hamda qotish sharoitlariga
bog’liqligi.
Qorishmalar va betonlar sementoshning g‗ovakligi hamda mustaxkamligi boshqa bir hil sharoitlarda xal qiluvchi tarzda suv-sement nisbatiga bog‗liq bo‗ladi. Barcha turdagi bog‗lovchi moddalar uchun, eng maqbul suv - sement nisbati bo‗lib, undan yuqori kursatkichda mustahkamlik kamayadi. Sementlar suvda yoki suv bug‗lari bilan to‘yingan muxitda tezroq, havoli muxitda esa sekinroq qotadi.
Mustaxkam beton olish uchun lozim bo‗lgan issiq nam muxitni yaratish kerak.
Portlandsement qotish tezligiga harorat va qo’shimchalar ta’siri.
Portlandsement va uning turlariga harorat katta ta‘sir ko‘rsatatadi. Haroratni 0 dan 5 – 8 o C gacha ta‘sirida qotish jarayoni 2 – 3 marotaba sekinlashadi. 0 dan past haroratda bu jarayonlar qisman to‗xtaydi. Qotish davrida yuqori haroratda suvni yetishmovligi nafaqat gidratlanish jarayonini sekinlashtiradi balki betonglar mustaxkamligini barqarorligini pasaytiradi. Suv butunlay muzlaganda qotish jarayonlari butunlay to‗xtatiladi. Shular issiqlik ishlovini 2 ta usulini amalda keng qo‗llanilishiga asos bo‗ldi. Biri qotayotgan betonga atmosfera bosimida 70 – 95 o C harorat ta‘sirida issiqlik ishlovi beriladi (Elektromablag‗, infraqizil nur, bug‗.). Ikkinchi usulda issiqlik to‘yingan bug‗ (0.9 – 1.6 MPa) va harorat 174.5 - 200 oC da olib boriladi. Zamonaviy zavodlarda ushbu usulda buyumlarni mustaxkamligi yakuniy mustaxkamligidan 70 – 80% ga erishiladi. Issiqlik ishlovi klinker minerallariga har – hil ta‘sir ko‗rstadi. Masalan normal sharoitda va 80 o C haroratda
C3S , C4AF intensiv ravishda qotadi, C2S ning mustaxkamligiga issiqlik ishlovi kam ta‘sir etadi. Tarkibida 50 – 60 % C3S, 6 – 9 % C3A bo‗lgan sementlar 80-95 o C haroratda nixoyatda tez mustahkamlikka ega bo‗ladilar. Yuqori alitli sementlarni 80 o C da bug‗latish tavsiya etiladi, chunki yuqori haroratda (90 -95 o
C) boshlang‗ich muddatlarda qotish tezlatilsa ham qolgan qotish muddatlarida mustahkamlikka erishmaydi. Shlak va pussolon portlandsementlarni 90 – 95 o C haroratda bug‗latilishi betonlani mustaxkamligi o‗sishiga ta‘sir etadi. Kimyoviy qo‗shimchalar semntlarni qotish tezligini tezlashtirish uchun qo‗llaniladi. Eng ko‗p ishlatiladigan CaCl2 ( 1 – 1.5 % sement massasidan), CaCl2 + NaCl (3 % + 7 %) gidratlangan sementlar (1 – 3%gacha ) va boshqalar. Zamonaviy tadqiqot izlanishlar natijasida shu narsa tatbiq etildi: issiqlik ishlovida har xil sementlarni xulqi kupgina omillarga bog‗liq (Mineralogik tarkibi, klinker mikrotuzilishi, maydalik darajasi, suv sement nisbati va boshqalar). Shuning uchun issiqlik ishlovining rejimi tajriba orqali o‗rnatiladi (harorat va davomiyligi).
Do'stlaringiz bilan baham: |