Masalan: ”Mehr- oshkora”
“Muruvvat pinxona” -
Darsda talabalar baholanishi ham noa`nanaviy usulda bo`lib, har bir javobga qarab talabalarga qizil, sariq, yashil kartochkalar berib boriladi.
O`tilgan mavzu bo`yicha tarqatmalar quyidagicha bo`lishi mumkin.
Tarqatma № 1
Nutq deb nimaga aytiladi?
Rahbar va xizmatchi o`rtasida qanday muomala madaniyati bo`lishi lozim?
Tarqatma № 2
Til va nutq orasidagi farq nimadan iborat?
Nutqiy muomala shakllariga nimalar kiradi?
Tarqatma № 3
Adabiy til qanday ko`rinishlarga ega?
Mantiqiy nutq qanday bo`ladi?
Tarqatma № 4
til va tafakkurning bo`g`liqligi va farqi nimada?
Nutqiy savodxonlik deganda nima tushuniladi?
O`tilgan mavzu xulosalanadi, darsga faol ishtirok etgan talabalarga kartochkalar berib rag`batlantirib boriladi.
yangi mavzu bayoni: (20 daqiqa).
Reja:
Diolog haqida ma`lumot
Diologik matn turlari
Diologik matnlarda gap qurilishi
Diolog grek tilidan olingan bo`lib (Dio – ikki, logos – so`z, nutq). Ikki kishi orasidagi fikr axborot almashinuvi degan ma`noni anglatadi. Diolog ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi uzluksiz nutq shakllaridan biri. U og`zaki nutqning keng tarqaklgan turi sanaladi. Unda har bir kishi so`zlovchi va tinglovchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
So`zlovchi va tinglovchi nutqlari replika deyiladi. Replika birinchi shaxs tomonidan suhbatga tortish, chorlash yoki murojaat replikasi.II shaxs tomonidan esa javob replikasi xarakteriga ega bo`ladi. 1 – replika so`rog`i, 2 - replika yuzaga kelishining asosiy omili sanaladi. Replikalar chegarasi birinchi replikaning tugallanish, ikkinchi replikaning boshlanish nuqtalari bilan belgilanadi.
Diologda javob replikasining mazmuni, xarakteri murojaat replikasida qaysi so`zga mantiqiy urg`u tushganligiga bog`liq bo`ladi.
Mantiqiy urg`u gapdagi fikriy jihatdan ahamiyatli bo`lgan so`zning kuchli talaffuz qilinishidir. Bunda so`zlovchi gap ichidagi ba`zi so`zlarning ma`nosini yanada ta`kidlab, kuchaytirib ko`rsatish uchun uni boshqa so`zlarga nisbatdan kuchliroq ohang biklan talaffuz etadi. Nutqda mantiqiy urg`yu tushgan so`z ovozni balandlatish, pastlatish, pauza qilish kabi vositalar bilan ajratib aytilgani uchun tinglovchining diqatini tez tortadi.
Replikada diologik matnda to`liq yoki to`liqsiz gap shakllarida uchraydi. Diologlarda intinatsiya muhim ahamiyatga ega. So`zlovchining o`z hisiyotini ifodalashi uchun ovoz tonini o`zgartirishi, mua`yan istak, niyat harakat natijasida yuzaga keluvchi ovoz tovlanishlari intonatsiyadir. Uning yordamida turli ma`nolar ifodalanadi.
Taklif, munnatdorchilik. Tabrik, taajjub yoki hayratlanish, tilak-istak mazmunidagi diolog replikalarida quyidagi nutqiy mulozanat so`z va iboralari uchraydi.
Taklif.
Men sizni … taklif etmoqchiman
… ruxsat bering
keling …
marhamat …
Minnatdorchilik.
rahmat, sizdan minnatdorman
boshim osmonga yetdi
hursandman
sizga minnatdorchilik bildiraman
Tabrik.
chin qalbimdan tabriklayman
muborak bo`lsin
qutlayman
ruhsat eting
Taajjub, hayratlanish.
rostdanmi?
nahotki?
Taajjub
aqil bovar qilmaydi
nega endi
Diologlar so`zlovchi tomonidan, ya`ni muallif tomondan ham berilishi mumkin. Dramatik asarlardagi qahramonlar diologi persanajlarning asl maqsadlari, niyatlari, intilishlarini, his – tuyg`ularini, fikr va tushunchalarini, ruhiy kechinmalarining va ularning bir birlari - bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarini ochib berishga, asardagi voqealarning rivojlanib borishiga yordam beradi. Ya`ni diolog qahramon xarakterini oxchib berishiga xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Ishtirokchilar diologlari avtor gapi (nutq) shaklida berilib qo`shtirniqqa olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |