16 – Lаbоrаtоriya ishi
Diod va stabilitronni tadqiq etish.
Qisqa nazariy ma’lumotlar:
1.
Diodlar
va ularning turlari
2.
Stabilitronlar (Zener diodlari)
3.
VDR varistorlari
DIODLAR VA ULARNING TURLARI
Diodlar –yarimo’tkazgichli,teshik-elektronli p-n o’tish joyiga ega bo’lgan
elektr o’zgartirgich bo’lib, ular ikkita chiqish joyiga ega: A anod va K katod (1 –
rasm).
Shartli belgilarda tokni o’tkazish yo’nalishi strelka ko’rinishida belgilanadi.
Bu elementning asosiy xususiyati – tokni bir tomonga o’tkazish. Demak,
yarimo’tkazgich qutbiga ko’ra tubdan har xil o’tkazuvchanlikka ega. Tokning
yo’nalishini o’zgtirib diodni ochish va yopish mumkin. Diodning bu xususiyatidan
turli sohalarda elektron sxemalarni tuzishda keng qo’llaniladi. Ya’ni benuqson diod
elektr tokiga nisbatan klapan sifatida ishlaydi. U elektr tokini to’g’ri
yo’nalishda,ya’ni anoddan katod tomonga o’tkazadi, teskari tomonga –
katoddan
anodga esa o’tkazmaydi.
Diodlar bir qator belgilar bo’yicha tasniflanadi va ularning eng muhimlari
sifatida vazifalarini, konstruktiv-texnologik
xususiyat-larini, yarimo’tkazgichlarni
tayyorlashda ishlatiladigan dastlabki maxsulot-larning turlarini ko’rsatish mumkin.
Vazifasi bo’yicha diodlar to’g’rilovchi, yuqori chastotali o’ta yuqori chastotali
(YuCh- va O’YuCh- diodlar), impulьsli, yarimo’tkazgichli stabilitronlar (tayanch
diodlar), tunnelli, varikapli va boshqalarga bo’linadi;
kontruktiv-texnologik
xususiyatlari bo’yicha – yassisimon va nuqtali; ishlatilgan dastlabki mahsulotlar
bo’yicha
- germaniyli, kremniyli, selenli, arsenid-galliyli, karbidkremniyli,
antimonid-indiyli va boshqalar.
To’g’rilovchi diodlar.
To’g’rilovchi diodlar –
bu chastotasi cheklangan
doirada (50 Гц ... 100 кГц) bo’lgan o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylanti-
rish uchun xizmat qiladigan yarimo’tkazgichli diodlardir.
1-rasm. Diodlarni sxemalarda belgilanishi va tashqi ko’rinishi
Yuqorida aytilgandek, to’g’rilovchi diodning ishi, uning p-n o’tish joyining
bir tomonlama o’tkazish xususiyatiga asoslanadi, ya’ni p-n o’tish joyi to’g’ri
yo’nalishda tokni yaxshi o’tkazadi (qarshiligi kichik bo’ladi), teskari yo’nalishda esa
amalda tokni o’tkazmaydi (qarshiligi juda yuqori bo’ladi). Buni to’g’rilovchi
diodning volьtamper tavsifnomasidan (ТД ВАТ) (2-rasm) ham ko’rish mumkin. ТД
ВАТ atrof muhit haroratiga bog’liq. U ortishi bilan diodning to’g’ri
va teskari
tokining qiymati ham oshadi. Ayniqsa teskari tok kuchli o’zgaradi, chunki uni
harorat ortishi bilan yarimo’tkazgichdagi soni oshadigan asosiy zaryad tashuvchilar
hosil qilmaydi. To’g’ri tokning qiymati asosan yarimo’tkazgichni aralashmalar
bilan boyitilgan arajasiga bog’liq.
Diodlarning imkoniyatlarini tavsiflovchi asosiy omillar:
1.
takrorlanadigan impulьsli teskari kuchlanishni yo’l qo’yilishi
mumkin
bo’lgan chegaraviy va to’g’ri tokning o’rtacha maksimal qiymati ( dav-riy toklarning
butun davr bo’yicha o’rtalashtirilgani);
2.
teskari tiklanish vaqti ( diodning muhosaralash xususiyatini tiklash vaqtini
tavsiflovchi ko’rsatkichi);
3.
to’g’rilangan tokning o’rtacha qiymati – dioddan o’tayotgan to’g’ri tok
(bunda asbob buzilmasdan ishlaydi);
4.
to’g’ri kuchlanishning o’rtacha qiymati (diodda kuchlanishning pasayishi) –
dioddan o’rtacha to’g’ri tokni o’tishini ta’minlovchi kuchlanish;
5.
yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan teskari kuchlanish – diod ishdan chiqmasdan
ishlaydigan kuchlanish;
6.
teskari tok (sizish toki) - yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan teskari kuchlanish
ta’sirida
yuzaga keladigan tok;
7.
teshib o’tish kuchlanishi- p-n o’tish joyi teshilib, diodni ishdan chiqishiga
olib keladigan kuchlanish;
8.
tarqatiladigan (yo’qotiladigan) nominal quvvat;
9.
diodning differensial qarshiligi.