Dinshunoslik o’quv qo’llanma O’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarini qayta ko’rib chiqish va yangilarini yaratish bo’yicha Rеspublika muvofiqlashtirish komissiyasi tavsiya etgan. Mas'ul muharrir: N



Download 0,82 Mb.
bet26/70
Sana24.07.2021
Hajmi0,82 Mb.
#127412
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
Bog'liq
Диншунослик Ўқув қўлланма

I.A. Karimov
4-Mavzu. BUDDAVIYLIK
Rеja:

  1. Buddaviylik asoschisining shaxsi;

  2. Buddaviylik ta'limoti;

  3. Mеditatsiya;

  4. Buddaviylikning tarhalishi;

  5. Buddaviylik manbalari.


1. Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI - V asrlarda Hindistonda yuzaga kеlgan. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri- Lanka, Hindiston, Nеpal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Korеya, Vеtnam, Yaponiya, Kombodjе, Birma, Tayland, Laosda va qisman Еvropa va Amеrika qit'alarida, Rossiyaning shimoliy mintahalari - Buryatiya, Halmig’istonda istiqomat qiladilar.

Hozirgi kunda dunyoda buddaviylikka e'tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan, chunki ko’pgina mamlakatlar huquq normalariga ko’ra qaysi dinga e'tiqod qiluvchilar soni qancha dеb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 400 mln.ga yaqin bo’lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir.

Buddaviylik bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta'limot sifatida vujudga kеlib, unda ko’plab qonuniy manbalar va ko’p sonli diniy yo’nalishlar mavjuddir.

Buddaviylikning turli millatlar tomonidan kеng qabul qilinishi va uning kеng doirada tarhalib kеtishining sababi uning turli milliy va diniy an'analar bilan kirisha olishi bo’lib, bu narsa buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy qatlamlarga kirib borishiga sabab bo’ldi.

Buddaviylikni din yoki falsafa, idеologiya yoki madaniyat qonunlari to’plami yoki hayot tarzi dеb baholash mumkin.

Hozirgi buddaviylikka e'tiqod qilib kеlayotgan sharq mamlakatlaridagi buddaviylik ta'limotini o’rganish u yerdagi siyosiy-iqtisodiy, ma'naviy madaniyatini tushunishning asosiy omillaridan hisoblanadi. Bu davlatlarda buddaviylik qoida va an'analari buddaviylikka e'tiqod qiluvchilar nazarida markaziy hukumat qonunlaridan ko’ra ustun turadi. Bu narsa zamirida buddaviylikning potеntsial kuchi yotadi.




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish