Din, e'tiqod erkinligi va ilmiy dunyoqarash. Yangi tahrirdagi Qonun vijdoniy e'tiqodga, uning
dunyoviy va diniy shakllariga erk beradi, ularni mustaqil, teng mavjudligini va nizosiz ish olib
borishlarini ta'minlaydi; ularni qullab-quvvatladi; g'ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qiladi.
Bundayn tashqari har qanday ekstremistik harakatlar qoralanadi va bu ishlarning tashkilotchilari
qonunning tegishli moddasi bilan jazolanadilar.
Mamlakatimizda din va e'tiqod erkinligining ta'minlanishini ahamiyati shundaki, u xalqimizning
ma'naviyati va psixikasiga hayotbaxsh ta'sir etib, insonning poklanishi, jamiyatni ma'naviy-ahloqiy
jihatlardan sog'lomlashtirishda muhim o'rin tutadi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 16 diniy konfessiya faoliyat ko'rsatmoqda. Ular bilan davlat
idoralari o'rtasida deiokratik tamoyillarga asoslangan huquqiy munosabatlar shakllandi. Din va
e'tiqod erkinligini ta'minlash asosida mamlakatda fuqarolar hamjihatligi va milliy totuvliq tinchlik va
barqarorlik vujudga kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari milliy Markazi o'tkazgan sosiologik tadqiqotlar natijasida
barcha so'ralgan aholidan 79,2 foizi dinga ishonishini aytgan.
Shulardan, o'zbeklar – 87,2 foiz, boshqa millat vakillari – 71,3 foizni tashkil etgan. Shunisi diqqatga
molikki, o'zlarini dindor hisoblagan aholining aksariyat ko'pchiligi dinga bo'lgan munosabatini
belgilashda besh vaqt namoz o'qishni, masjit-madrasaga yoki cherkovga borishni shart deb bilmaydi.
Inson uchun xos bulgan dunyoqarashlar turlicha (ilmiy, diniy, falsafiy, g'ayriilmiy va b.) bo'ladi. Biz,
diniy dunyoqarash haqida yuqorida bayon etganmiz.
Ilmiy haqiqatlar atrofida shakllangan ilmiy dunyoqarashga ega bulgan shaxslarning asosiy ideali
(yuksak orzusi), hayotning ma'nosi shu ob'yektiv olamda chinakam insoniy munosabatlar, umumiy
farovonlik va adolatni qaror toptirish uchun kurashda baxtiyorlikka, el-yurtning izzat-ikromiga
sazovor bo'lib, hayotida o'zidan yaxshi nom qoldirib, avlodlar qalbida umrini davom ettirish, ya'ni
ijtimoiy abadiylikka musharraf bo'lishdir.
Bunday dunyoqarashga erishish uchun yoshlar maktablardan boshlab fan asoslarini puxta
o'rganishlari tabiat, jamiyat va insoniyat haqidagi ob'yektiv qonuniyatlarini ilmiy asosda tahlil qila
olish qobiliyatiga ega bo'lishlari lozim. Ayni vaqtda ilm-fan, madaniyat va ma'rifat bilan
chambarchasligi doimo yodda tutiladi.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda ma'naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz, o'zligimizni
anglashimizning o'rni beqiyosdir.
Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan din va e'tiqod erkinligining ta'minlanishi O'zbekiston
fuqarolari uchun o'z tarixi, tajribasi, ma'naviy merosi, dini, qadriyatlarini o'rganish va tiklash uchun
keng imkoniyatlar yaratildi. Endilikda ular ma'naviyatimizning yuksalishiga salmoqli hissa
qushmoqda. Yoshlar ana shu ma'naviy merosdan bahramand bo'lib, o'z-o'zini anglay boshlasa,
hozirgi zamon fan-texnika yutuqlarini chuqur o'zlashtirsa, uning fikrlash doirasi kengayadi, ilmiy
dunyoqarashi shakllanadi.
Ilmiy dunyoqarash maqsadlarini amalga oshirishda islomiy ta'limotdagi ezgulik da'vatlaridan
foydalanish mumkin. Har bir inson muayyan dunyoqarashga ega bo'ladi va ana shu orqali o'zining
jamiyatga, tabiatga, tashqi olamga munosabatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |