Islom ta'limoti va qadriyatlari. O'rta Osiyo xalqlari hayotiga islomning kirib kelishi bilan kalom,
ya'ni islom falsafasini va diniy talablarini bajarishda arab tili ustuvorligi o'rnatilgan. So'ngra fan, adabiyot,
falsafa va madaniyatning turlariga ham arab tilining ta'siri kuchli bo'lgan. Ammo mahalliy xalqlar islomdan
ancha oldinroq o'z ona tillarida yozuvni, ma'rifatu-madaniyatni, ilm-fanni rivojlantirishga muvaffaq
bo'lganlar. Bu jarayon keyinchaolik islomning ta'sirida yanada rivojlantirilgan. Masalan, kishilarning
turmush tarzi islom talabiga moslasha borgan, urf-odat va marosimlar diniy tus olgan, yoshlarga bilim
berish uchun maktablar ochilgan, ruhoniy kadrlar tayyorlash uchun ko'plab madrasalar, qiroatxonalar tashkil
etilgan.
Islomda, eng avvalo, din asoslari-«arkon-ad-din» hisoblanuvchi besh asosiy amaliy va
marosimchilik rukn talablarini bajarishni talab etilgan. Hozir ham shundayo. Bular, birinchidan, kalimai
shahodatni bilash; ikkinchidan, har kuni besh vaqt namoz o'qish, uchinchidan, har yili ramazon oyida bir oy
ro'za tutish; to'rtinchidan, yiliga bir marta shaxsiy molidan zakot berish; beshinchidan, imkon bo'lsa, umrida
bir marta haj qilishdan iborat. Islomga xos marosimlar va odatlar mana besh rukn bilan chambarchas
bog'liqdir. Islomning bu amaliy va marosimchilik talablari xalqlar turmush tarziga kiritilib, o'ziga xos
ma'naviy madaniyatning turiga, an'anaga aylantirilgan.
Diniy qadriyatlar, marosimlar diniy tasavvur e'tiqodlar yuzaga kelishi bilan paydo bo'la boshlaydi.
Bularning yuzaga kelishi ibtidoiy odamlar, keyinchalik urug' va qabalalar hayotidagi muhim voqealar-
farzand tug'ilishi, balog'atga yetish, yakka nikohli oilalar yuzaga kelgach esa, oila qurish bilan bog'liq
bo'lgan.
Islom yoyilgan joylarda qurbon hayit keng bayram qilinadi. Musulmon mamlakatlarida bu hayitga
tayyorgarlik katta bo'ladi; masjidda maxsus ibodat bo'ladi, va'zxonlik - amri ma'ruf qilinadi. Hayit uch kun
davom etadi.
Qurbon hayiti kunlari musulmonlar o'z ota-onalari, qariyalar va bemorlarni borib ko'radilar, ularga
qo'llaridan kelgan yordamlarini ayamay hurmatini o'z o'rniga qo'yadilar, qurbonlik uchun so'yilgan
mollarining go'shtlaridan bir qismini o'z urug'-aymoqlariga, xususan kam ta'minlangan oilalarga, beva –
bechorlarga tarqatadilar. Qurbonlik marosimining yana bir tartibi so'yilgan mollar go'shtidan taom
tayyorlab, xudoyi shaklida yig'inlar o'tkazadilar.
Islomda muqaddas kunlardan biri juma kunidir. Islom keng tarqalgan mamlakatlarda juma dam
olish kuni deb e'lon qilingan. Shu kuni taqvodor musulmonlar o'z kunlarini toat-ibodat bilan o'tkazadilar.
Uning muqaddas kun deb hisoblanishining sababini ruhoniylar quyidagicha izohlaydilar: Alloh olamni
yaratishni juma kuni boshlagan. Muhammad ham, Ali ham juma kuni tug'ilganlar. Muhammad 622 yilda
Makkadan Madinaga juma kuni hijrat qilgan. Islomning «shu'lasi» ham olamga ayni juma kuni tushgan.
Shu sabali musulmonlar juma kunini ulug'laganlar.
Bu kunlarda masjidlarda Qur'on o'qiladi, va'zxonlik qilinadi, dindorlar bo'lgan xonadaonlarda xudoyi
o'tkaziladi. Shu kunlari payg'ambarning qilgan ishlari to'g'risida hikoya qilish savob hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |