Dinshunoslik fanidan Oraliq nazorat savollari Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari



Download 58,36 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi58,36 Kb.
#270192
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan Oraliq nazorat savollari


Dinshunoslik fanidan Oraliq nazorat savollari

1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari.

«Dinshunoslik» fanini o'qitishdan maqsad - talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan

mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unligini tushuntirish, ularda diniy

bag'rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to'g'ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak

ma'naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat. «Dinshunoslik» fanining vazifasi - talabalarga

hozirgi davrdagi dinlarning ma'lum xalq hayotida tutgan o'rni haqida umumiy nazariy

tushunchalar berish, ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag'rikenglik g'oyasi va

madaniyati to'g'risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga:

? dinning jamiyatga ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy ta'siri haqida bilimlar berish;

? ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta'limotlari haqida ma'lumot

berish;


? dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda

tutgan mavqei haqida tushuncha berish;

? jamiyatni ma'naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini

yoritish;

? dunyoviy davlat va dinning o'zaro munosabatlarini yoritib berish;

? diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish

va ularga qarshi g'oyaviy immunitetni shakllantirish;

O'zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o'zgarganligi, xususan, islom

dini qadriyatlarini tiklash yo'lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish.

2. Dinshunoslik fanining sohalari

Dinshunoslik tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, arxeologiya va boshqa ijtimoiy fanlar

bilan mustahkam bog'liqligi dinshunoslik nazariyasini boyitishga xizmat qiladi. Shundan kelib

chiqqan holda, dinshunoslik fanining Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi kabi sohalari mavjud.

Din fenomenologiyasi. Fenomen, namoyon bo'luvchi, ko'zga ko'rinuvchi narsa bo'lib, fenomenologiya

ko'zga ko'rinuvchi narsaning sistematik shaklda tadqiq qilinishidir. Dinning ko'zga ko'rinuvchi,

tashqarida aks etuvchi jihatlarini o'rganuvchi ilm sohasiga «Din fenomenologiyasi» deyiladi.

Din fenomenologiyasi, tarixiy shakllanishlarni e'tiborga olmagan holda diniy fakt va

voqelikning bizga namoyon bo'lgan jihatlarini asosiy o'ringa ko'taradi. Turli dinlarning

ibodat va marosimlarini, muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq qilib,

mushtarak jihatlarini topishga harakat qiladi.

3. Din va dinshunoslikning vujudga kelishi

Din va dinshunoslik atamalarining ta'rifi. Din arabcha so'z ekani barchaga ma'lum. Lekin, din

tushunchasini to'liq anglab olish uchun, uning ham lug'aviy, ham istilohiy ma'nolarini alohida-

alohida olib tanishib, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Arab tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din so'zi «???» («da'na») fe'lidan yasalgan bo'lib,

«kimgadir bo'ysunmoq, bo'yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo'lmoq, e'tiqod qilmoq,

qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq»; «diynun» so'zi esa, «din, imon, ajr-mukofot, qilingan

ishga yarasha berilgan haq» kabi ma'nolarni bildiradi.

O'zbek tili lug'at adabiyotlarida «din» - ishonch, ishonmoq, e'tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo,

tadbir, bo'ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo'l tutish, odat qilish, e'tiqod qilish

ma'nolarini bildirishi keltirib o'tiladi.

4. Dinning mohiyati va jamiyatdagi funksiyalari

Dinning jamiyatdagi funktsiyalari. Dinning «funktsiya» va «rol`» tushunchasini farqlash lozim,

ular bir biri bilan bog'liq, lekin o'xshash emas. Funktsiya - bu dinning jamiyatdagi harakat

usuli bo'lsa, rol` - bu funktsiyani bajarish natijalarining jami yig'indisidir. Dinning bir

nechta funktsiyalari mavjud: dunyoqarashni shakllantirish, kompensator, kommunikativ, regulyativ,

integrallash-dezintegrallash, madaniyatni targ'ib qilish (kul`turotransliruyushaya),

legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash.

Dunyoqarashni shakllantirish funktsiyasi dinda inson, jamiyat, tabiatga nisbatan aniq bir

qarashlarning turlari mavjudligi tufayli amalga oshiriladi. Din hayotni (mavjudotni) ma'lum

nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to'la va undagi ayrim hodisa va jarayonlarni alohida

tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni

his qilish (hissiy qabul qilish yoki rad etish), dunyoviy munosabat (baho berish) va hokazolarni

o'z ichiga oladi. Diniy dunyoqarash Yaratganga nisbatan eng oliy tuyg'u va mezonlarni

belgilaydi. Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar

doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun umid, azob-

uqubat, baxtsizlik, yolg'izlik, tushkunlikdan ozod bo'lishni qo'llab¬-quvvatlaydi.

5. Dinlar tasnifi

Dinlarni tasniflash. Dinshunoslar turli ilm-fan soha vakillari bo'lib, dinlarni o'zlari xos

bo'lgan ilm yo'nalishi nuqtai nazaridan o'rganib, turlicha yondashganlar. Shuning uchun ular

o'rtasida ba'zi ixtiloflar bo'lishi tabiiydir. Masalan, din tarixi bilan shug'ullanuvchi olimlar

dinlarning yuzaga kelish tarixiga ko'ra davriy jihatdan yondashib tadqiq etganlar. Boshqa bir

guruh olimlar dinlarni paydo bo'lgan va tarqalgan mintaqalariga ko'ra tadqiq etganlar. Ayrim

dinshunoslar diniy nuqtai nazardan yondashib, dinlarni o'rganganlar.

Jumladan, Yoakim Vax (Joachim Wach), dinlarni «asoschisi bor dinlar», «an'anaviy (rasm-

rusumli) dinlar»ga, Gustav Menshing esa «milliy dinlar», «jahon dinlari» ko'rinishida ikkiga

bo'ladi. Annemari Shimmel` esa dinlarni - ilk-qabilaviy, milliy, jahon dinlari, deb uchga

bo'ladi. Shu bilan birga ba'zi tadqiqotchilar quyidagi tasnifni keltiradilar:

1. Sakramental (diniy marosim va rasm-rusumlarga tayanuvchi) din,

2. Profetik (Payg'ambarlarga tayanuvchi) din,

3. Mistik (ruhiy olamga yo'naltirilgan) din.

6. Dinning ibtidoiy shakllari

Ibtidoiy odamlarning diniy e'tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya

(sehrgarlik) shakllarida tarqalgan. Ularning ba'zi bir elementlari hozirgi zamon dinlarida

ham uchraydi.

Totemizm - hindlar tilidagi "O totem" (uning urug'i) degan so'zdan kelib chiqqan. Totemizm

ibtidoiy g'oyat sodda diniy e'tiqodning bir turi bo'lib, qadimgi zamondagi urut-qabila

a'zolarining muayyan bir hayvon, o'simlik bilan g'ayritabiiy aloqasi, yaqinligi, qon-

qarindoshligi bo'lgan deb, bu hayvon va o'simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir.

Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog'liqligini

ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir kabila yoki urug' o'z sharoitini hamda

imkoniyatlarini ko'zda tutib, ba'zi hayvonlarni ovlar va ular haqida yetarli ma'lumotlarga

ega edi. Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug' bilan yaqinligi yoki qon-

qarindoshligi bo'lsa kerak, degan tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba'zi hayvonlar,

ksyinchalik esa o'simlikning ba'zi navlari ham muayyan urug' a'zolarining ajdodi-totemidir,

degan tasavvur shakllanishiga olib kelgan. Shu boisdan keyinchalik urug' a'zolari totemning

"yordamiga" ko'z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o'z homiylari deb hisoblanganlar, sehr yo'li

bilan unga ta'sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan,

e'zozlangan, uni o'ldirish, iste'mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya'ni tantanali

kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o'simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda

iste'mol qilish mumkin bo'lgan. Urut a'zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga

o'tadi va u kelgusida ham urugaing homiysi bo'lib qoladi degan tasavvur bo'lgan.

7. Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta’limotlari

Hinduizm - hozirgi Hindistonda tarqalgan din shaklidir. U eramizdan oldingi dinlar -

braxmanizm va vedaizmning evolyutsiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o'rtalarnga

kelib shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Hozirgi vaqtda

Hindiston aholisining o'rta hisobda 80 dan ortiqrok foizi hinduizmga e'tikod qnladi.

Jaynizm - dinning asoschisi sifatida e'tiqod qilinadigan yarim afsonaviy payg'ambar - Jina

nomi bilan atalgan bo'lib, eramizdan oldingi VI asrda paydo bo'lgan. Jaynizm braxmanizmdagi

kishilarni tabaqalarga ajratish sistemasiga qarshi paydo bo'lgan. Uning ta'limotida 24

payg'ambarga, ayniqsa oxirgi payg'ambar - Vardxamana Maxaviraga sig'inish talab etiladi.

Sikxizm - (sikx - o'quvchi demakdir) XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida Shimoliy-

G'arbiy Xindistonda hinduizmga qarshi yo'nalish sifatida paydo bo'lgan. U mayda hunarmand va

savdogarlarning feodal zulm va jamiyatning tabaqalanishiga qarshiligini o'zida aks ettirgan.

8. Konfusiylik, daosizm, sintoizm ta’limotlari

Konfutsiychilik. Bu oqim qadimga Xitoyda eramizdan avvalgi VI-V asrlarda

paydo bo'lgan. Keyinchalik diniy mazmun kasb etgan bu ta'limotga ma'rifatparvar Konfutsiy

(Kun-Szi, 551-479 yillar) asos solgan.Konfutsiychilik ta'limotida dunyoqarash masalalariga

emas, balki ijtimoiy axloq muammolariga ko'proq o'rin berilgan. Unda "axloqli kishi" bo'lish,

donishmandlardan ta'lim olish haqidagi goyalar ilgari suriladi. Bu ta'limotga ko'ra jamiyatda

hukm surgan "jen`" insonparvarlikka rioya qilmog'i lozim. Bu esa kamtarlik, onglilik,

vazminlik, mehribonlik, odillik, saxiylikdan iborat. Inson "jen`" qonunini o'zlashtirish uchun

jamiyatda tutgan o'rniga qarab "li" me'yorlarini bajarishi talab etiladi. An'analar, urf-

odatlar shunga muvofiq belgilanadi. Past tabaqa xalqning "axloqiy ulug'" boshliqlarga itoat

qilishi zarurligi shu bilan oqlangan.

Daosizm - Eramizdan oldingi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo'lgan yarim falsafiy, yarim

diniy, sinkretik ta'limot. Uning tub g'oyasi moddiy olamdagi buyum va hodisalar turli-

tumanligining mohiyatini ta'minlovchi, ularning mavjudlik sababi va manbaini tashkil etuvchi

"dao" to'g'risidagi tasavvurlardan iborat. Eramizning II asriga kelib bu ta'limot asosida

diniy qarashlar ham shakllangan va u daosizm nominn olgan. Bu din qadimgi dune faylasufi Dao

Szi nomi bilan bog'liq "Dao de szin" kitobidagi ta'limotga asoslangan.

Sintoizm (sinto - xudolar yo'li demakdir). Yaponiyada keng tarqalgan, an'anaviy milliy

xarakterdagi dinlardan biri. Bu din ilk feodalizm davrida (VI-VII asrlar) rivojlangan va

urug'chilik, qabilachilikka xos animistik va shomonlik marosimlari yig'indisidan iborat holda

vujudga kelgan. Sintoizm ta'limotida Yaponiyada joriy etilgan ijtimoiy-siyosiy tartibning

mustahkamligi va o'zgarmasligiga, quyosh tangrisi - Amaterasuning' naslidan deb hisoblangan

yapon imperatori - Mikado hokimiyatining iloxiyligiga ishonish, imperator ajdodlarini muqaddas

deb tan olish, ajdodlar sharafiga tayinlangan oila-urug' marosimlarini bajarish kabilar asosiy

o'rin egallaydi.

9. Yahudiylik dini, tarixi, ta’limoti

Iudaizm - eng qadimgi dinlardan bo'lib, eramizdan oldingi XIII asrda yahudiylarning milliy

dini sifatida vujudga kelgan. Bu din o'zining asosiy aqidalarini bevosita o'sha davrda mavjud

bo'lgan politeistik dinlardan olgan. Uning paydo bo'lishi va mustaqil monoteistik din

sifatida maydonga chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy

bog'liqdir.

Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachnlik bilan shug'ullangan

ko'chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din sifatida animizm, magiya, fetishizm,

sehrgarlik va turli o'simlik hamda hayvonlarga sig'inish hukmronlik qilgan. Yahudiy qabilalari

o'zlarini muayyan hayvonlarning nomlari bilan ataganlar. Iudaizmning "muqaddas'' kitoblar

to'plamida hayvonlarni va o'simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvoxlarni

va boshqalarni e'zozlash izlari bor.

Iudaizm tarixi davomida uning bir qancha mazhab va yo'nalishari paydo bo'lgan. Iudaizmda XX

asrda vujudga kelib, faoliyatini hozirgacha davom ettirayotgan islohotchilar dinni

zamonaviylashtirishga intildilar va Turli tangliklar iudaizmni o'z sistemasiga ba'zi

tuzatishlar kiritishga majbur etdi.

10. Zardushtiylikka oid qarashlar

Iudaizm tarixi davomida uning bir qancha mazhab va yo'nalishari paydo bo'lgan. Iudaizmda XX

asrda vujudga kelib, faoliyatini hozirgacha davom ettirayotgan islohotchilar dinni

zamonaviylashtirishga intildilar va Turli tangliklar iudaizmni o'z sistemasiga ba'zi

tuzatishlar kiritishga majbur etdi.

Shunday qilib, Zardushtiylik eradan avvalgi VII-VI asrlarga xos bo'lgan din sifatida undan

oldingi urug'-qabilachilik dinlari negizida paydo bo'lgan yakka xudolik dini bo'lgan. U

eramizning to VII-IX asrlarigacha turli shaklda davom etib, so'ngra uning o'rnini islom

egallagan. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, Yaqin va O'rta Sharqgacha tarqalib, ayrim

asoratlari haligacha sakdanib kelmoqda.

11. Buddaviylikning vujudga kelishi, ta’limoti

Buddaviylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda hisoblangan. U

tarixiy shaxs bo'lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar mavjud. Uning nomi hind

tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan ma'noni anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda,

keng ma'noda ko'p marta ilohiy tug'ilishlar tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshkalarga

ham diniy najot yo'lini ko'rsata oladigan odam bo'lgan.

Buddaviylik diniy ta'limotining asosiy manbai muqaddas kitob - "Tripitaka" (Uch savat

donolik) deb atalgan. Bu ta'limotda Budda uchta savatda ta'limot qoldirgan deyiladi.

Birinchi savat -Vinoyapitana (pand - nasihatlar, axloqiy me'yorlar); ikkinchi savat

Sutgapitaka (duolar, dostonlar); uchinchi savat Abxidhammapitaka (diniy-falsafiy masalalar

bayoni) lardan iborat.

Buddaviylik ta'limotida har qanday borlik (moddiylik) barcha ko'rinish va shakllardagi har

qanday haet - hamma mavjudodlarga azob beruvchi yomonlikdir. Yomonlik va azob-uqubatlarning

sababi - insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga qayta tug'ilib kelish dunyosi

(sansara) ga bog'langanligi, unga ko'ngil ko'yganligidir. Uningcha har qanday insoniy tuyg'u,

hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatni chukurlashtiradi, "borliq girdobi" dan chiqib olish

uchun g'aflatdan uyg'onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan ko'ngilxushliklarga,

lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlardan voz kechish lozim va faqat shundagina "najot

topish yo'li"ga kirish mumkin. Buddaviylik ta'limotida olam uch bosqichli deb tavsiflangan.

Birinchisi eng yuqori olam bo'lib, unda mutlaq osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof ruhgina

mavjud.


12. Buddizmdagi oqimlar

13. Xristianlikning vujudga kelishi, ta’limoti

Xristianlik yangi eraning 1 asri o'rtalarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyatlardagi Iudeya

(hozirgi Isroil), kichik Osiyo (hozirgi Turkiya) va Falastin hududlarida yashaydigan mazlum

xalqlar va qullar orasida iudaizmning firqasi sifatida paydo bo'lib, so'ngra undan ajralib

chiqdi va yangi dinga aylandi.Xristianlik tarixi yaxshi tadqiq etilgan. Jumladan, Injilda,

Ioan Bogoslovning «Vahiynoma» asarida, B.Spi-nozaning «Ilohiyot va siyosatga oid

risola»sida, L.Feyerbax-ning «Xristianlikning mohiyati» asarida va boshqa manbalarda

xristianlikning kelib chikish tarixi, uning aqidaviy ta'limoti, marosimlari, ahloqiy va

huquqiy qarashlari, rivoyatlar bayon etilgan.Xristianlik 325 yilda Rim imperiyasida rasmiy

mafkura va davlat dini deb rasmiy ravishda e'lon qilingan edi. Xristianlik rasman tan

olingan davrdagi tarixiy shart-sharoit quyidagicha edi: Birinchidan, xristianlik Rim imperiyasi

hududlarida mavjud bo'lgan diniy-etnik tafovutlarni bartaraf qilgan; Ikkinchilan,

xristianlik diniy rasm-rusumlarni va hokimlik pillapoyalarini yo'q qilganligi sababli bu

dinni qullar, ozod qilingan sobiq qullar, zamindor kolonlar, shahar va qishloq kambag'allari

yoqtirib qolganlar. Ular xudo va din oldida yuqori tabaqalar bilan teng bo'lganliklaridan

xursand edilar; Uchinchidan, xristianlik dastlabki ta'limotlarida odamlarning irqiy, milliy,

jinsiy, ijtimoiy, tabaqaviy tomonlardan huquqiy tengsizlik asosida ajratishi qattiq tanqid

qilinib, demokratik ruhga ega bo'lgan, u «zahmatkash-larni» qutqarishga va'da berganligi

uchun, xristian ruhoniylari bu dinni eng insonparvar din, deb keng targ'ib qiladilar.

Odatda, Xristian dini Iso inqilobi bo'ldi, deb tashviqot etiladi.

14. Xristianlikdagi asosiy oqimlar

15. Islomning vujudga kelishi

Islom (islom dini) Arabiston yarim orolining janubiy-g'arbiy tomonidagi viloyatlarda, xususan

Hijoz vohasida joylashgan Makka va Madina shaharlarida yashaydigan arab qabilalari (qurayshlar)

orasida VII asrning birinchi yarmida vujudga kelgan yangi jahon dinidir.Islom paydo bo'lishi

arafasida Arabistonning g'arbida O'rta yer dengizining Sharqiy qirg'oqlarida, shimoliy Afrikada

(xususan Misrda) yakka xudolikka asoslangan iudaizm (yaxudolik) dini, shimol tomondagi

Vizantiya (Hozirgi Turkiya) davlatida esa nasroniy dini (xristian) mavjud bo'lib, bu dinlar

arablar orasida ham tarqalmoqda edi. Bu to'g'rida Qur'onda ham ma'lumotlar berilgan. (Baqara

surasi). O'sha davrdagi tarixiy vaziyatda arab qabilalari va shahar davlatlari aholisi oldida

quyidagi tarixiy vazifalar mavjud edi: «Islom - ixlos, tinchlik, omonlik, sulh, turli

ofatlardan salomat bo'lish, itoat , bo'sunish kabi ma'nolarni anglatadi»

16. Muhammad payg’ambar hayoti va uning islom uchun olib borgan kurashlari. Makka

davri

Muhammad Ibn Abdulloh yoki Muhammad payg'ambar Saudiya Arabistonidagi Makka shahrida Quraysh



qabilasining Xoshimiylar xonadonida melodiy yil hisobida 570 yilda tug'ilgan. Ilk Islom

manbalaridagi ma'lumotlarga qaraganda, Muhammad «fil egalari yurishi» deb atalgan tarixiy

voqeadan ellik kun keyin tavallud topgan. Islom an'anasida bu 1-«fil yili» rabi'-ul-avval

oyining 12-kuni deb qabul qilingan. Al-Xorazmiy va al-Beruniylarning aniqlashlaricha, bu

tarix 570 yilning 20 apreliga to'g'ri keladi.(Qarang: Mutallib Usmonov. Qur'oni Karim va

janobi Rasululohning amallari.T., «Nur». 1992 yil, 5-bet).Arabiston sahrolarida ko'chmanchi

chorvachilik bilan shug'ullangan Quraysh qabilasining o'ndan ortiq urug'i V asr boshlarida Makka

vohasiga joylashib, o'troqlashgan edi. Bu joyda mavjud bo'lgan Ka'ba ibodatxonasi Ibrohim

payg'ambar o'g'li Ismoil bilan birga boshpana uchun qurgan, degan rivoyatlar ham bor. Zam-zam

bulog'i hamda uning atrofidagi yerlar qadimdan arablar o'rtasida muqaddas hisoblangan va

vaqti-vaqti bilan bu yerni ziyorat qilish qabilalar o'rtasida odatga aylanib ketgan. Chunki,

Ka'bada qabilalarning o'z xudo-ilohalari-yu ma'budalari uchun qo'ygan butlari, sanamlari,

haykallari mavjud bo'lib, ularning jami soni 360 ta edi. Ana shu xudolarga atab har yili

bahor va yoz oylarida Arofat tepaligida arablar tuya, mol, qo'y kabi hayvonlarni so'yib

xudoyilik qilganlar. Ka'ba yonidagi qora toshga sig'inib, uning atrofidan aylanib zikr

raqsiga tushganlar. Zam-zam suvidan iste'mol qilib, unga jannatdagi kavsardan yer yuziga

otilib chiqqan muqaddas ne'mat suvi deb bilganlar. Shu tariqa V asr o'rtalaridayoq Makka

shaharga aylangan. Makkada katta bozorlar vujudga kelib, unga atrofdagi arab qabilalari,

uzoq yurtlardan ham savodgarlar kelishib tijorat va ziyorat qilganlar. Hozirgi vaqtda ham ana

shu jarayon xaj marosimi nomi bilan davom etmoqda. Muhammadga vahiy kelgan. Ollohdan

farishta Jabroil vahiy keltirgan. (Vahiy - lug'aviy ma'nosi: «Uqdirish», «diliga solish»

mazmunida Ollohning payg'ambariga yuborgan amri).Muhammadning Islom dini uchun olib borgan

kurashi ikki davrga: Makka va Madina davrlariga bo'linadi.Islomni Makka davridagi targ'iboti,

mushrikiylikka qarshi olib borgan kurashi, melodiy 610 yilning 15 dan 16 avgustga o'tar

kechasidan boshlanib to 632 yilning 8 sentyabr-igacha, ya'ni 23 yil davom etgan.

17. Islom uchun kurashning Madina davri

Islom tarixidan ma'lumki, Muhammad va uning safdoshlari «muhojirlar», ya'ni ko'chib kelganlar,

yasriblik musulmonlar esa «ansorlar», ya'ni «yordamchilar», deb nom oldilar. Ulardan Muhammad

payg'ambarga eng yaqin turgan va maslahatchi bo'lgan bir guruhi «sahobalar» (ko'pligi «asxob»-

safdoshlar) deb ataladi. Muhammad payg'ambar ko'chib kelgandan so'ng Yasrib Madina, ya'ni shahar,

ba'zan esa Madina an-Nabiy (payg'ambar shahri) deb atala boshlandi. Keyinchalik Islom

adabiyotida Makka va Madina Islomning muqaddas markazi sifatida «Makkai mukarrama» «Madinai

munavvara» deb ataladigan bo'ldi.Muhammad Madina Markazidagi maydonda o'z izdoshlari bilan

juma namozini o'qiydi va shundan boshlab barcha musulmonlar to'planib (jamoat bo'lib) Muhammad

payg'ambar imomligida namoz o'qishi an'anaga aylanadi. Shu yerda payg'ambar birinchi bor xutba

aytgan, keyin xutba ham an'anaga aylangan. Xutba islom an'anasida o'ziga xos duo-iltijo

shakli bo'lib, Muhammad payg'ambar musulmonlar jamoasiga g'alaba va omonlik tilab, xutba

o'qigan.Keyingi islom tarixida hukmronlar tarixining barqaror bo'lishini tilab, juma

namozidan oldin xutba o'qilgan. Xutba o'qiydigan ruhoniylar xatib (ba'zan imom-xatib)

deyilgan. Muhojirlar va ansorlar bir-birlari bilan aka-uka tutinib, Madinada yagonada diniy

jamoa-musulmonlar jamoasi paydo bo'ldi va uni «Ummat al-Mo'minin», deb ataldi. Uni ayrim

manbalarda qisqa qilib «umma» deb ham ataladi. «Umma» dinga asoslangan kishilarning

birlashishi edi. Muhammad Madinada payg'ambar deb tan olindi, keyinchalik esa siyosiy hokimiyat

ham uning qo'liga o'tdi. U bosh lashkarboshi, bosh qozi, bosh imom edi. Muhammad payg'ambar

rahbarligida musulmonlar Madinaga ko'chib kelgandan keyin bu yerda to'rtta - muhojirlar,

avsetlar, xazrajiylar va yahudiylardan iborat guruhlar vujudga keldi. Muhammad ular

o'rtasida birlikka erishish uchun alohida ahdnoma tuzdi va hujjat sifatida rasmiylashtirdi.

Olimlarning yozishicha (Masalan, Muhammad Hamidulloh) bu hujjat «Madina konstitutsiya»si edi.

Hujjatda, bu to'rt guruh bir jamoadan iborat, ular bir kuch sifatida jangga kiradi,

asirlarni qutqarish uchun sarflangan harajatlarni ham o'rtada qilinadi, ular o'z oralaridan

hech kimni qarovsiz qoldirmaydi, qonunbuzar va jinoyatchilarga qarshi birga kurashadi, barcha

dindorlarning himoyachisi Allohdir, dindorlar esa bir-biriga himoyachidir, dushman bilan jang

tugagach, barcha guruh birlikda sulh tuzadi, o'ldirilgan shaxs uchun dindorlar bir-biridan

qasos olish huquqiga ega, lekin qon to'kmasdan tovon to'lash ma'quldir, hamma guruhlar islom

dushmani bo'lgan qurayshlarga qarshi kurashadilar, hech kim ularni himoya qilmasligi kerak, bu

ahdnomani buzganlar Allohning qahriga uchraydi, deb yozib qo'yilgan edi. Bu tarixiy hujjat

islom mamlakatlarida ilk feodalizm davrida g'oyat muhim ahamiyatga ega edi. Uning ko'pgina

talablari hozir ham ahamiyatga ega. Madinada birlik va hamjihatlik paydo bo'lgach, Muhammad

payg'ambar Makkaga qarshi kurash boshlab yubordi.

18. Xalifalar hukmronligi va islomning jahon diniga aylanishi

Muhammad vafotidan keyin uning o'rinbosarlari yoki noiblari (arabcha xalifalar) davlatni

boshqara boshlaganlar va shu munosabat bilan musulmonlar davlati «arab xalifaligi» deb nom

olgan.Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning «Mendan keyin xalifalik 30 yil davom etadi.

Undan so'ng podshohliklar paydo bo'ladi», degan hadislari bor. (Imom at-Termiziy). Haqiqatdan

ham, payg'ambarimiz bashoratlarini tarix tasdiqladi. 30 yil xulofoyi Rashidiylar, Abu Bakr

as-Siddiq, Umar bin al-Hattob, Usmon bin Affon, Ali bin Abu Tolib 632-661 yillar davomida

islomni asl holida saqlagan holda xalifalik qildilar. Undan keyingi davrlarda xalifalar

emas, balki ummaviylar, abbosiylar sulolalariga mansub bo'lgan podshohlik va amirliklar

hukmronlik qildilar.Dastlab Muhammadning ilk safdoshlaridan biri (Qaynotasi) bo'lgan Abu

Bakr Siddiq (hukmronlik davri 632-634 yillar) xalifa deb e'lon qilingan. Shu vaqtda bir

qancha arab qabilalari o'rtasida Madina hukmronligiga qarshi, o'z mustaqilligi uchun harakatlar

ham bo'lgan. Lekin ular tezda bostirilgan. Abu Bakr davrida shimoliy hududlarga hujum

boshlangan. Vizantiyaning kuchsiz qo'shinlari jiddiy qarshilik ko'rsatishga ojiz edilar. Abu Bakr

vafot qilgach Muhammadga uzoq qarindosh, unga sodiq safdosh bo'lgan Umar ibn-ul-Hattob xalifa

etib saylanadi. Uning xalifalik davri (634-644 yillar) 10 yilga cho'zilgan. U ikkinchi xalifa

edi. Umar davrida Arabistondagi barcha qabilalar bo'sundirildi va ularni Madina hokimiyati

qo'l ostida birlashtirish oxiriga yetkazildi. Iqtisodiy, siyosiy hamda mafkuraviy jihatlardan

mustahkamlanib olgan arab xalifaligining qo'shni mamlakatlarni bosib olish uchun yurishlarining

birinchi bosqichi Umar davrida boshlandi. Bu davrda, ya'ni 638 yili Damashq, 640-yili Quddus

(Ierusalim) olindi. Falastin va Suriya yerlari to'la ravishda xalifalik qo'liga o'tdi. Shu

vaqtning o'zida Mesopatamiya va Eronga ham yurishlar boshlandi. 637 yili arab qo'shinlari Eron

poytaxti Tehronga bostirib kirdilar. 644-645 yillarda Hindiston chegaralariga yaqinlashdilar.

Shimol va shimoliy-sharq tomonga yurish boshlagan arab qo'shinlari 640 yili Armanistonni bosib

oldilar. 639-yilda Misrga hujum boshlandi va 647 yilgacha arablar shimoliy Afrika sohillarini

Tunisgacha egallab oldilar.Umar zaharlab o'ldirilgach xalifalik taxtiga Muhammad-ning yaqin

do'stlaridan bo'lgan Usmon ibn Affon (uchinchi xalifa) o'tirdi. Uning xalifalik yillari (644-

656 yillar) 12 yil davom etgan. U vafot etgach o'rniga payg'ambarning kuyovi va amakisining

o'g'li Ali ibn Tolib o'tdi va (656-661-yillar) 5 yilgina xalifalik qildi. Usmon va Ali

xalifaligi davrida ham istilolar davom etdi. Ayniqsa, Kavkaz va Markaziy Osiyo tomonlarga

yurishlar kuchaydi. Qisqa vaqt ichida Gruziya, Ozarbayjon, Eronning shimoliy qismi, Xuroson

yerlari arablar qo'l ostiga o'tdi va ularning qo'shinlari Amudaryo sohillariga chiqdi.7-asr oxiri

va 8-asr boshlarida (xalifalikda ummaviylar xonadoni hukmron bo'lgan 661-750 yillarda)

arablar istilosining ikkinchi davri boshlandi. Shimoliy Afrikada istiloni davom ettirib, u

joylar va Ispaniya bosib olindi va uni Al-Andalus nomi bilan xalifalik tarkibiga

kiritdilar.

19. Qur’on - Islomning asosiy manbai

Qur'on suralari parcha-parcha holda Muhammad payg'abarga 22 yil (hijriy yil hisobida 23 yil)

mobaynida vahiy qilingan. Eshituvchilar bu suralarni yod olib, ba'zilarini esa yozib

olganlar.«Qur'on» arabcha «kara'a»-o'qimoq, oddiy o'qish, shuningdek, ma'lum matnni ohang bilan

o'qish, ya'ni «qiroat qilish», «Tilovat qilish» mazmunidagi fe'ldan, «o'quv», «o'qiladigan kitob»

ma'nosini beradi.Muhammad payg'ambar savodli kishi bo'lmaganligi uchun (Rasulullohning savodi

bo'lmaganligi to'g'risida Qur'onning 7-al-A'raf surasining 156-oyatida «ar-rasul an-na-biy

al-ummiy» degan so'zlarni uchratamiz. Bundagi «ummiy» so'zi «xat yozish va o'qishni bilmaydigan

odam» deb tafsirlangan yoki 29-al-Ankabut surasining 47-oyatida: «Vo mo kunta tatlu ming

qablihi min kitabin va lo tuxattuxu bi yaminaka», ya'ni «Bundan (Qur'ondan) oldin sen biror

kitobni o'qimagansan va o'z qo'ling bilan xat yozmagan hamsan», deyilganki payg'ambar savodsiz

ekanining aytilishi hech kimga malol kelmasligi uchun vahiyni yoddan o'qigan, targ'ibot vaqtida

musulmonlar ham uni yod olganlar. Qur'on suralarini to'la yodlab olgan musulmonlar ko'p

bo'lgan va ular «huffoz al-Qur'on» (Qur'onni yod bilganlar yoki Qur'on hofizlari) deb

yuritilgan. Abu Bakr hukmronligi davridagi janglarda ana shunday huffozlardan bir qanchasi

halok bo'lgan. Ma'lumot-larga ko'ra, barcha suralarni to'la yod bilgan faqat 7 nafar kishi

qolgan, boshqalari esa bir qism suralarnigina yod bilganlar, xolos. Muhammad payg'ambarga

umrining oxirgi besh yili davomida kotiblik qilgan Zayd ibn Sobit bitta suraning

oxirinigina bilmagan, qolgan barcha suralarni yod olgan. U ko'pgina suralarni yozib

borgan.Binobarin, yana bir necha jangdan so'ng suralarni yod bilganlar qolmasligi va Qur'on

matnini tiklash mumkin bo'lmay qolishi havfi yuzaga kelgan.Shuni hisobga olib, xalifa Abu Bakr

eng yaqin safdoshi Umar maslahati bilan 633 yilda Qur'on suralarini to'plab, dastxat

(qo'lyozma) qildirish vazifasini Zayd ibn Sobitga topshirgan. U payg'ambar masjidida bu

vazifani bajarishga kirishgan, ya'ni sahobalardan har biri o'zi bilan suralarni o'qigan, Zayd

ibn Sobit esa yozib borgan. Har bir sura, parcha yoki oyatlar guruhini avval bir kishi o'qib,

so'ngra ikkinchi kishi o'qiganda aynan mos kelsa, o'shani yozib olgan. Bu usul Qur'on sura,

oyatlari aniq va ishonarli yozilishini ta'minlagan.

20. Hadislar va ularning Islomda hamda musulmonlar hayotida tutgan o’rni

Qur'on ilk islomda yakka-yu yagona manba edi. Ammo arab istilolari natijasida vujudga kelgan

xalifalik hududlarida yashayotgan turli xalqlar talab-ehtiyojlariga Qur'on to'la javob bera

olmas edi. Shu tariqa o'zgargan tarixiy sharoitdagi talab va ehtiyojlarga javob beradigan yangi

manbalar vujudga kelishi zarur bo'ldi. Islom olimlari Muhammad payg'ambarning hayot yo'li, u

aytgan hikmatlari, ibratli xabarlar, ko'rsatgan yo'l-yo'riqlari, uning va sahobalarining yaxshi

ishlari, o'git va nasihatlarini, bilgan shaxslardan eshitib, to'play boshlaganlar. Bu yangi

ma'lumotlarni «hadis», ya'ni «hikoya», «xabar», «hikmat» deb aytish mumkin. Hadislar to'plami

Sunna deb yuritiladi. Sunniy yo'nalishdagi musulmonlar tan olgan, hadislargina sunna

hisoblanib, u Qur'ondagi keyindagi ikkinchi manba hisoblanadi. Hadislarni dastlab

Muhammadning qarindosh-lari, xalifalar, sahobalar ishlatgan, ya'ni ular biron-bir ko'rsatmani

(avvalo huquqiy harakterdagi ko'rsatmani) qonunlashtirish uchun o'zlari Muhammaddan eshitgan

so'zlarni dalil qilib keltirganlar. VII-IX asrlarda ming-minglab hadis to'plangan yoki

to'qilgan. Hadisshunoslik savob ish hisoblangan, hadislarni to'plash mustaqil bilimga aylangan,

bu ishga ixtisoslashgan ilohiyot peshvolari esa muhaddislar, deb atalganlar.Hadislarning

aksariyati huquqiy va ahloqiy normalarni, marosim va urf-odatlar, oilaviy munosabatlar,

kasb-kor, savdo-sotiq, ilm, ota-ona, farzand, qarindosh-urug', do'stlik, yaxshilik yoki

yomonlikka oid bo'lgan. Ammo tarxiy mazmunga ega bo'lgan. Muhammad tarjimaiholini, xalifalar,

sahobalar faoli-yatini bayon etgan hadislar ham bo'lgan. Islomda taniqli va nufuzli

hisoblangan kishilar tomonidan yetkazilgan hadislar (sahih) deb e'tirof qilingan.Hadislarni

yetkazgan kishilar ishonchli bo'lsa, bu hadis yaxshi (hasan) deb atalgan. Ishonchli bo'lmagan

shaxslar yetkaz-gan hadislar bo'sh (zaif) deb atalgan.

21. Shariat - musulmon davlati qonunchiligi va ahloqiy dasturi

Shariat-arabcha «to'g'ri yo'l», «ilohiy belgilab berilgan yo'l» demakdir.Shariat - islom qonun-

qoidalariga, moddiy va ma'naviy hayotning barcha sohalarida musulmonlar bajarishi lozim deb

belgilangan, ijtimoiy-iqtisodiy, fuqarolik, ahloqiy va diniy faoliyat va hatti-harkatlar

bo'yicha qonun-qoidalar va me'yorlar majmuasidir.Shariatning harakterli xususiyatlaridan biri

shundaki, u faqat huquq va qonunchilikka xos masalalar bilan cheklanib qolmay, u ahloq va

diniy marosimchilik masalalarini ham o'z ichiga oladi. Musulmonlar uchun bajarish farz, ya'ni

majbur hisoblangan dasturlarni belgilab beradi va ularning diniy qonun tusiga kiritadi.

Shuni hisobga olganda, shariatni faqat shartli ravishda diniy huquq tizimi deb atash

mumkin.Shariat insonning huquqiy, ahloqiy va diniy hayotini qattiq nazoratga oladi, u hatto

insonning shaxsiy va oilaviy hayoti, kundalik turmushiga oid barcha masalalarni ham o'z

tasarrufiga oladi hamda ularni diniy qoidalar darajasiga ko'taradi. Shariat feodal tizimdagi

ijtimoiy munosabatlar, ta'lim-tarbiya, ruxsat etilgan va qat'iyan ta'qiqlangan hatti-

harakatlar: oila, nikoh va taloq masalalari, savdoda oldi-sotdi tartibi va mulkiy

munosabatlar, jinoiy harakatlar va jazolash me'yorlari kabi bir butun, yaxlit tizimdir.

Shariat va uning qoidalari islomda Alloh tomonidan belgilab berilgan ilohiy yo'l bo'lganligi

uchun u muqaddas hisoblanadi. Chunki, yuqorida aytib o'tilganidek, Muhammad payg'ambar diniy

jamoada yakka hukmdor sifatida - ham hokim, ham qozi, ham lashkarboshi, ham bosh imom bo'lib, u

Alloh nomidan musulmonlarning oilaviy va shaxsiy muammolarini o'zi hal etgan, musulmonlarga

pand-nasihat qilgan, yo'l-yo'riq ko'rsatgan. Ana shular keyinchalik hadislarga kiritilgan, ular

shariat dasturlari, qonunlari darajasiga ko'tarilgan.Shariat XIII-XII asrlar davomida asta-

sekin shakllandi. Qur'on, hadis (sunna), ijmo' va qiyos shariat manbalari hisoblanadi.Ijmo' -

diniy jamoa fikri (arabcha-ijmo' al-umma) bo'lib, Qur'on va hadislarga asoslangan, ammo

alohida vaziyat yoki shart-sharoitni hisobga olib chiqariladigan ulamolar hukmi edi.Qiyos -

kengayib ketgan, ichki nizolar kuchayib borayotgan xalifalikda shariatga asos qilib olingan

to'rtinchi manba edi. Qur'on va hadislardan topilmagan ko'rsatmalar o'rniga ulamolar bergan

fatvo o'tgan. Qiyos - mantiqiy taqqoslash yo'li bilan biror masala bo'yicha hukm chiqarish

usulidir.

22. Islom dinining marosimlari

Islomning boshqa dinlardan keskin farqi unda g'oyat ko'p marosimlar mavjudligi bo'lib,

marosimlar asrlar bo'yi xalq ommasi hayotiga keng singib ketgan, barchani o'z ta'siriga olgan,

jamotchilik fikri va ijtimoiy psixologiyaga ta'sir qilib, turmush tarzi belgilangan, tartib-

intizomga solib, odamlarni kollektivchilik, hamkorlikka o'rgatgan, ulardan ma'lum darajada

vaqt va sarf-harajat sarflashni talab etgan, musulmonlarning dunyoqarashi va iymon-e'tiqodini

kengaytirib borgan. Islom marosimlari muayyan demokratik harakterga ega, ya'ni ularga rioya

qilishda jamiyatdagi turli tabaqa, sinf va guruh, boylaru kambag'allar birdek huquqqa va

majburiyatga egalar, ammo imkoniyatlar darajasi turlicha.

M a r o s i m l a r :

1. Islom marosimlari o'z mazmuni va mohiyatiga ko'ra umumbashariy, umummilliy, oilaviy

turli mazhab va yo'nalishga xos bo'lib, shodiyona yoki marsiyaviy harakterda bo'ladi.

2.Islom marosimlari majburiy, majburiy bo'lmagan guruhlarga ajraladi:

A) majburiy, ya'ni «farz» hisoblangan marosimlarga kalimai shahodat keltirish, namoz o'qish,

ro'za tutish, zakot to'lash, hajga borishlar kirib, ular rukn hisoblanadi va arkoni-din

deyiladi;

B) majburiy bo'lmagan marosimlar «sunnat» deyiladi, ularga nikohdan o'tish, o'g'il bolalarni

sunnat qildirish (qo'lini halollash), qurbonlik, mavlud, ashurlik, xatmi-qur'on, vafot

etganlarni eslash uchun uch, yetti, yigirma, qirq, yil muddatlarini o'tkazish va h.k.

Musulmonlar uchun umumiy majburiyat, bajarmasa gunoh va jazoga loyiq deb hisoblangan

marosimlar:

23. Islomdagi yo’nalish va mazhablar

Yaxlit tizimdan iborat islomda hokimiyat, uning tepasida qanday kuch va qanday kishilar turishi

lozim, bunda kimlar huquqga ega, siyosiymi yoki diniy jamoami, xalifalikda asosiy kuch Qur'on

va shariatga, aqida va fiqxga munosabatlar turlicha bo'lgani kabi masalalarda kelisha olmaslik

natijasida VII asrning ikkinchi yarmidayoq turli yo'nalish va mazhablar, sektalar vujudga kelib

ular o'rtasida kurashlar boshlandi.Sunniylar va Shialar yo'nalishlariMuhammad payg'ambar

vafotidan keyin 4 ta xalifadan Abu Bakr, Umar, Usmon xoshimiylar urug'idan emas edilar. Ali

esa shu urug'dan edi. Musulmonlar orasida xalifalik hokimiyatiga faqat payg'ambar avlodlari

egalik qilishi lozim deb hisoblaydiganlar va aksincha hokimiyat tepasiga payg'ambar avlodi

bo'lmagan kishilar, agar ular diniy jamoa tomonidan saylansa ham chiqishi mumkin degan

musulmonlarga ajraldi-lar.Bular islom tarixida Sunniylar va Shialar yo'nalishini vujudga

keltirdilar.Yaxlit tizimdan iborat islomda hokimiyat, uning tepasida qanday kuch va qanday

kishilar turishi lozim, bunda kimlar huquqga ega, siyosiymi yoki diniy jamoami, xalifalikda

asosiy kuch Qur'on va shariatga, aqida va fiqxga munosabatlar turlicha bo'lgani kabi

masalalarda kelisha olmaslik natijasida VII asrning ikkinchi yarmidayoq turli yo'nalish va

mazhablar, sektalar vujudga kelib ular o'rtasida kurashlar boshlandi. Sunniylar va Shialar

yo'nalishlariMuhammad payg'ambar vafotidan keyin 4 ta xalifadan Abu Bakr, Umar, Usmon

xoshimiylar urug'idan emas edilar. Ali esa shu urug'dan edi. Musulmonlar orasida xalifalik

hokimiyatiga faqat payg'ambar avlodlari egalik qilishi lozim deb hisoblaydiganlar va aksincha

hokimiyat tepasiga payg'ambar avlodi bo'lmagan kishilar, agar ular diniy jamoa tomonidan

saylansa ham chiqishi mumkin degan musulmonlarga ajraldi-lar.Bular islom tarixida Sunniylar

va Shialar yo'nalishini vujudga keltirdilar.

24. So’fiy-tasavvuf ta’limoti

So'fiylik nazariyasi dastlab xalifalikning musulmon nazariy fikrining markaziy shaharlari

Bog'dod, Damashq, Madina kabi shaharlarida ishlab chiqilgan va keng yoyilgan bo'lsa-da, u Sharq

o'lkalarida keng tarqaldi. So'fiylar to'xtovsiz sayohatda bo'lar, turli shaharlarda bilim, dinga

berilgan shaxslar bilan uchrashuvlar, muloqatlar o'tkazar edilar.So'fiylik ta'limoti xukmron

mafkuradan farq qilgani holda Allohni haqiqat deb talqin etgani, jannat-do'zaxni inkor

qilgani, barcha dinlarni teng deb bilgani, haqiqatga erishish yo'lida umumiy diniy aqidaga

emas, shaxsiy tajriba-intuitsiyaga asoslangani, Islom diniy qoidalariga befarq qaragani uchun

ortodoksal Islom rahbarlari tomonidan ayrim hollarda ta'qib qilindi, ayrim so'fiyzm

mafkurachilari jazolandi ham. Bistamiy qoralandi, Xalloj o'lim jazosiga xukm qilindi.

Xurosonda Aynul Kuzrat ham o'ldirildi. So'fiylar xalqqa yaqin bo'ldilar, uni himoya etishga

harakat qildilar. Movarounnahrga mo'g'ullar hujum qilganda ayrim so'fiylar Vatan himoyasi

yo'lida qurbon bo'ldilar. Movoraunnaxrda tasavvuf ta'limotlari X asrdan boshlab keng yoyila

bordi. Tasavvuf ta'limotini rivojlantirishda Movorounnaxrlik va Xurosonlik yirik so'fiylik

ta'limot-chilarining xizmati katta bo'lgan. Lekin bu yerda mustaqil sufiylik maktablari XI-

XII asrlardagina vujudga kela boshlagan. Masalan, so'fiyzm ta'limotini ishlab chiqishda IX

asrda Termizda tug'ilib o'sgan Xakim Termiziyning 80 ga yaqin risolalari muhim rol` o'ynadi. U

Termizda tug'ilib, shu yerda vafot etdi, lekin o'z ta'limotini Makka, asosan Balx va Nishopurda

turganida targ'ib etdi va ko'p muridlar orttirdi. Uning inson o'zini-o'zi turli iflos

instinktiv (g'ayri ixtiyoriy) hislatlardan tozalashi, o'z qalbida Alloh nurini his qilishga

intilishi kabi fikrlari so'fizmning so'nggi rivojida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Uning

shogirdlari Juzjoniy, Abu Bakr al-Varraq tomonidan rivojlantirildi. O'rta Osiyoda, xususan

hozirgi O'zbekiston xududida tasavvufning rivojlanishida Yusuf Hamadoniy ta'limoti muhim rol`

o'ynaydi. Bu ta'limot, umuman, O'rta Osiyoda vujudga kelgan tasavvuf maktablariga juda katta

ta'sir ko'rsatdi. U g'arbiy Eroning Hamadon shaxrida tug'ilib, o'sgan bo'lsada, umrining asosiy

qismi va faoliyatini O'rta Osiyoda o'tkazgan. U hunarmandchilik - kosibchilik bilan shug'ullangan.

Unin ta'limoti asosan xunarmandlar orasida keng tarqalgan va asosan ularning manfaatlarini

ifodalagan.Yusuf Hamadoniy ta'limotida vatanparvarlik g'oyalari o'z ifodasini topgan bo'lib, u

shogirdlari bilan birga qo'lida qurol bilan mo'g'ullar xujumiga qarshi kurashdi. Hamadoniy

ta'limotidan O'rta Osiyoda so'nggi tasavvuf maktabi - Yassaviylik va Naqshbandiylik kelib

chiqdi. Birinchisi, Xoja Axmad Yasaviy, ikkinchisi Abdulxoliq G'ijduvoniy va so'ngroq Bahovuddin

Naqshband nomlari bilan bog'liqdir. Bu tasavvuf maktablariga to'xtashdan avval XI asrlardan

boshlab O'rta Osiyoda Qadariya tasavvuf ta'limotining tarqala boshlanganini qayd etib

o'tmoqchimiz.

25. Avesto – bebaho ma’naviy meros.

«Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi, Zardusht eramizdan avvalgi 660 yilda

Xorazmda dunyoga kelgan. Otasi savodli bo'lib, karomatguy bo'lgan ekan. Zardusht 20 yoshidan

boshlab yakka xudolikni targ'ib qilgan. 28 yoshida shuhrat qozonadi, lekin uning targ'ibotlari

mahalliy hukmdorlarga yoqmaydi. Uni osishga xukm etadilar. Zardusht o'zi bilan yaqin

safdoshlarini olib hozirgi Afg'oniston tomonga yo'l oladi va o'z g'oyalarini targ'ib etadi. U 77

yil umr ko'rgan.Zardushtiylikning paydo bo'lishi eramizdan oldingi X asrga to'g'ri keladi. Uning

muqaddas kitobi «Avesto» ham birdan yuzaga kelgan emas. U bir necha asrlar mobaynida

yaratilgan. Zardusht «Avesto»ning qadimiy nus'halarini o'rganib, to'plab bir kitob holiga

keltirgan. U 30 ta koxin bilan uch yil davomida «Ave-sto»ning bilimlarini yigib, bir

tizimga solgan va 12 ming xo'qiz terisiga zarhal harflar bilan yozdirgan.Avesto quyidagi besh

qismdan iborat:Vendidod - 22 bobdan iborat bo'lib, unda Axura Mazda Yerdagi barcha

mavjudotning yaratuvchisi ekanligi bayon etiladi.Visparad - 24 bobdan iborat bo'lib, ibodat

qo'shiqlaridan tashkil topgan. Zulmat kuchlariga qarshi kuchlar kuylanadi.Yasna - 72 bobdan

iborat bo'lib, qurbonlik vaqtida, marosimida aytiladigan qo'shiqlardan tashkil topgan.Yasht - 22

qo'shiqdan iborat bo'lib, zardushtiylik ma'budalari madxi kuylangan.Xurda Avesto - Kichik

Avesto - quyosh, oy va boshqa xudo hamda ma'budalar sharafiga aytilgan kichik ibodat

matnlaridan iborat.

26. “Musulmon renessansi” – Sharq uyg’onish davri ma’naviyatining xususiyatlari.

Renessans – uyg'onish davri madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati mohiyat-e'tibori bilan

dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning

«qayta uyg'onishi» (nomi ham shundan) ni anglatadi. Uyg'onish davri namoyondalari qarashlari

insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib

turadi.Fanda Sharq va Fapb uyg'onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, o'xshash

tomonlar bilan birga, ma'lum farq, o'ziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi.

Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg'onish davri IX-XII asrlarni,

so'nggi uyg'onish davri XIV-XV asrlarni o'z ichiga olsa, Fapb uyg'onish davri XV-XVII asrlarni o'z

ichiga olishi bilan farqlanadi. Fapb uyg'onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos

bo'lsa, Sharqda masalaning g'arbdagidek keskin quyilishini qurmaymiz.Sharq va Fapb uyg'onishi

uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni «qayta tiriltirish», tabiiy fanlar

rivoji, fanda universallik (qomusiylik)ni, gumanizmni targ'ib etish va boshqalarda namoyon

bo'ladi.Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:1) madaniyat, dunyoviy fanlar

va islom aqidashunosligining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar

yutuqlariga suyanish; 3) astronomiya, matematika, minerologiya, jug'rofiya, kimyo va boshqa tabiiy

fanlar rivoji; 4) uslub (metodologiya)da - ratsionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy

do'stlik yuksak axloqiylikning targ'ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7)

adabiyot, she'riyat, ritorikaniig keng miqyosda rivojlanishi; 8) bilimdonlikning qomusiy

harakterda ekanligi.IX-XV asrlarni Yaqin va o'rta Sharq mamlakatlarida shartli tarzda

«Renessans» (uyg'onish) davri deb atashadi. Ma'naviyat va ma'rifatning g'oyat gullab-yashnashi bu

davr uchun xarakterli bo'lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat

arboblari yetishib chiqkan. Dunyoviy fanlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishi keng

tarjimonlik faoliyatiga ta'sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma'mun davrida (813-833 y.)

Bag'dodda «Bayt ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va

tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmi nujumga oid asarlar arab tiliga o'girildi. Bunda

Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mutafakkirlar, al-Xorazmiy, al-Farg'oniy, al-Farobiy, Ibn

Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol` o'ynadilar.Bu davrga kelib, avvalo o'rta

Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu fan va madaniyatning yirik o'chog'iga aylandi. Xorazm, Buxoro,

Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topgan edi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg'oniy,

Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy, Xakim at-Termiziy kabi o'rta Osiyolik

olimlarning, ulamolarning dongi yetti iqlimga taralgan edi.

27. Mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida o’zbek xalqini milliy va diniy

qadriyatlardan mahrum etishga urinishlar.

Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan generallardan biri

M.D.Skobelev: «Millatni yo'q qilish uchun uni kirish shart emas, uning madaniyatini, tilini,

san'atini yo'q qilsang bas, tez orada o'zi tanazzulga uchraydi», - deb «bashorat» qilgan edi1.

Uning ana shu «dono» ko'rsatmasi Turkistondagi ma'naviyat, ma'rifat va madaniyatga nisbatan

amalga oshirilgan jaholat va yovuzliklar uchun qo'llanma bo'lib xizmat qildi. Chorizm Turkiston

xalqlarini savodsizlik bilimsizlik holatida ushlab turishdan manfaatdor edi. Uning maqsadi

g'aflat uyqusida yotgan, zamonaviy fantexnika, ma'rifat yutuqlaridan bexabar, milliy ongi

past, milliy g'ururi toptalgan xalqni talash, ezishdan iborat edi. Chor xukumatining

mustamlaka o'lkalardagi gumashtalari «yarim podsho» Kaufman, general-gubernator Kuropatkin,

jallod Golovanovga o'xshaganlar Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon, Toshkentdagi buyuk asori-

atiqalarni, masjidu-madrasalarni, arklaru tarixiy-madaniy yodgorliklarni tusha tutib yer

bilan yakson qildilar. Axir qanday qilib qul ostidagi mazlum xalqlar madaniyatn, ma'naviyati,

ma'rifati, tarixi bosqinchi-jallodlarnikidan baland bo'lishi kerak?! Bunga ular toqat qila

olmas edi! Ularning usuli yo'q qilish, madaniyatni, til va tarixni, Turkiston xalqlari, shu

jumladan o'zbek xalqi g'ururlanlshgan, iftixor qiladigan nimaiki bo'lsya, hamma - hammasini,

tag-tugi bilan ayamay yakson qilish edi.Chor xukumatinipg Turkistondagi mustamlakachilik

siyosatining tub mohiyatida qanday maqsad va muddao yotganligini xalqimizning bilimli,

madaniyatli, ziyrak oqilu dono farzandlari alaqachon tushunib yetgan edilar. Chor xukumati

mustamlakachilik siyosatini fosh etgan, xalqni erk va ozodlikka, bilim va madaniyatga

chorlagan, milliy qadriyatlarimizni qo'llab quvvatlagan, shu yo'lda jafo chekib halok bo'lgan

buyuk qalb zgasi Abdurauf Fitrat o'zining «Turkistonda ruslar» risolasida: «Ko'rdim, kezdim,

eshitdim, o'qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat yo'qdir... Rus

kapitalistlari bilan rus poplarinini sodiq ishonchli qorovullari bo'lg'on eski Rusiya xukumati

ellik yil orasida Turkistondagi turk bolalarining foydalariga biror ish ko'rdimi, qurmoqchi

bo'ldimi? Mana shu savolga - «Yo'qdan!» boshqa bir javobimiz yo'qdir. Yurtimiz ellik bir yil

idorai askariy ostida turligi uchun biz Ovrupaning madaniy millatlari bilan ko'risholmadik

ularning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlaridan istifoda qilolmadik. Bizning qo'zlarimizni

ochirmaslik fikri uchun fikri ochiq tatar qarindoshlarimizning dahi Turkistondan yer olmoq va

Turkistonda maktab ochmoqlari man etildi.

28. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor

sohaga aylanishi.

Mustaqillik davrida islomiy qadriyatlar tiklandi, iymon-e'tiqodimiz o'zimizga qaytdi.

Avvalo, masjidlarga, aziz-avliyolar yotgan maqbaralarga solingan qulflar olib tashlandi.

qarovsiz qolgan masjidlar ta'mirlandi, yangilari barpo etildi. Aziz-avliyolar yotgan, o'tmishda

qarovsiz holga kelgan joylar obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yuzaga

keltirildi. Ramazon va qurbon xayitlari dam olish kuni deb e`lon qilindi. Har yili minglab

fuqarolarimizning haj va umraga borib kelishlari uchun imkoniyat va sharoit yaratib berildi. Bu

o'tmishda faqat xayoliy orzu va armon edi. Ulug' allomalar - Iso Termiziy, xaqim Termiziy,

Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Zamahshariy, Abduxolik G'ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Abu

Mansur Matrudiy, al-Mapg'olniy va boshqa ulug' zotlarning yubileylari bo'lib o'tdi, 1998 yilda

esa Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi nishonlandi. Qur'oni Karim, Hadislar va boshqa diniy

kitoblar nashr qilindi, qilinmoqda. O'tmishda birorta ham diniy ulamoning yubileyi o'tkazilmas

edi, dinny kitoblarni nashr etish taqiqlangan edi, yuqorida aytganimizdek borlari ham yo'q,

qilingan edi. 1999 yilda Toshkent Islom Universiteti tashkil etildiMustaqillik yillari islom

dini va islomiy qadriyatlarni tiklash borasida asrlarga teng amaliy ishlar bajarildi.

Jumladan, Qur'oni karimning bir necha tarjima va tafsirlari, buyuk mutafakkirlarimiz Imom

Buxoriy, Imom Termiziyning hadisshunoslikka oid asarlari chop etildi. Mahmud Zamaxshariy,

Bahovuddin Naqshband, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Mahdumi A'zam Kosoniy, Xoja Ahror

Valiy kabi allomalarning yubileylari o'tkazildi, merosi aks etgan asarlari nashr qilindi.

Diniy-irfoniy ta'lim muassasalari: Islom o'rta maxsus bilim yurtlari, Samarqandda Imom

Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy markaz, O'zbekiston Islom akademiyasi, Imom Termiziy xalqaro

ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi

huzurida Bahouddin Naqshband tasavvuf ilmiy maktabi,Qashqadaryoda “Abu Mu'in an-Nasafiy”

nomidagi aqida ilmiy maktabi tashkil etildi. Mazkur say'-harakatlar O'zbekistonda jahon

hamjamiyati e'tirof etayotgan diniy-gumanistik meros bilan bog'liqdir. Davlatimiz rahbari

SH.M.Mirziyoevning “Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash -

davr talabi” mavzusidagi anjumandagi nutqida diniy omillardan barkamol avlodni tarbiyalash

masalalariga oid fundamental fikrlar bildirilgan.

29. Vijdon erkinligi, uning qisqacha tarixi

Dunyoviy davlatlarda, ya'ni davlatdan din, diniy tashkilotlar ajratib qo'yilgan mamlakatlarda,

insonparvar, demokratik jamiyatlarda vijdon erkinligi mavjud. Vijdon erkinligi nima? Bu

savolga quyidagicha javob berish mumkin. Dinlarga, diniy urf-odatlarga, imon-e'tiqodga har

bir fuqaroning amal qilishi yoki hech qanday dinga amal qilmas-ligi huquqlarini joriy etilishi

va ulardan shaxslarning bemalol foydalana olishiga vijdon erkinligi deyiladi.Vijdon

erkinligi insoniyat tarixida turli shakllarda amal qilgan bo'lib, ular hukmron diniy mafkura,

dunyoqarash talablariga nisbatan ziddiyatda bo'lib kelgan.Vijdoni buyurgan e'tiqodni rasmiy

diniy-mafkuraga qarama-qarshi qo'ygan erkin fikrlovchilar e'tiqodi vijdon erkinligidir.

Quldorlik, feodalizm, kapitalizm va sotsia-lizm jamiyatlarida vijdon erkinligining quyidagi

tarixiy shakllari mavjud bo'lgan:

30. Vijdon erkinligining qonuniy asoslari

Demokratik, insonparvar va dunyoviy davlat bo'lgan O'zbekiston Respublikasida 100 dan ortiq

xalq va millat, 15 ta diniy Konfessiya vakillari yashayotir. Respublikamizda islom dinigina

emas, balki yahudiylik, xristian konfes-siyalari; Rus pravoslaviya, Rim katolik, Arman-

grigoriyan, Lyutteran cherkovlarida, baptistlik va boshqa jamoalar faoliyat ko'rsatmoqda.

(Qarang: I.Karimov. O'zbekiston buyuk kelajak sari. 444-445-betlar).

Barcha dinlar, diniy uyushmalar keng faoliyat ko'rsatayotgan respublikamizning qishloq va

shaharlarida milliy ozodlik qo'lga kiritilganidan keyingi yillarda barcha dinlar, shu jumladan

islom dini qadriyatlari qayta tiklandi. Musulmonlar safi juda kengaydi, yoshlar dinni qiziqib

o'rganmoqdalar, diniy marosimlar, xususan islomiy hayitlar - Qurbon, Ramazon hayitlari

tiklanib, bu tabarruk hayitlar xalqimizga ko'pdan-ko'p ma'naviy ruh bag'ishlamoqda. Dam olish

kunlari deb belgilab qo'yilgan Ramazon, Qurbon hayitlarida minglab machitlarda o'ng minglab

kishilar hayit namozlari o'qimoqdalar, vafot etgan yaqin kishilarining qabrlariga borib,

tilovat qilmoqdalar. Qadimgi davrlarda qurilib, sho'rolar davrida xarobalarga aylangan

minglab madrasa, machitlar qayta ta'mirlandi, ko'plab yangilari qurildi. Hozirgi davrlarda

(1999 yilda) O'zbekistonda 3,5 mingdan ziyod machitlar rasman ro'yxatga olingan va ular



faoliyat ko'rsatmoqda.

31. O’zbekistonda vijdon erkinligiga amal qilinishi
Download 58,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish