Dinning vujudga kelish sabablarini o'rganish



Download 46.91 Kb.
bet2/2
Sana18.01.2017
Hajmi46.91 Kb.
1   2
Sehrgarlik amaliyotida duolar yoxud harakatlarning ta'siri va samaradorligi turli shart-sharoitlarga, jumladan tashqi ta'sirlarga ham bog'liq bo'ladi. Undagi tashqi ta'sirlarga e'tibor belgilarga ishonishni vujudga keltirdi. Bunday ishonch dastlab odamlarning muayyan harakatlariga ta'sir etuvchi shart-sharoitdan keyinchalik ularning taqdirini belgilaydigan e'tiqodga aylangan.
Sehrgarlikning muhim xususiyatlaridan biri - fan bilan ayrim jihatlariga ko'ra yaqinligi. Fan tabiat va jamiyatda yuz berayotgan voqea va hodisalarning umumiy prinsiplari va qonuniyatlarini topishga xizmat qiladi. Unda tasodiflarning oldini olishga harakat qilinadi. Sehrgarlik ham voqea va hodisalarning makon va zamonda qat'iy belgilangan tartibini ishlab chiqishga intiladi. Bir xil sabab bir xil oqibatni keltirib chiqaradi. Sehrgar belgilangan marosim va duolarni aniq bajarsa, belgilangan maqsadiga erishadi. Tasodif bo'lishi mumkin emas. Hodisalarning ketma- ketligini faqat undan kuchliroq sehrgar buzishi mumkin.
Fan kabi sehrgarlik ham voqea va hodisalarning umumiy tartibini axtarib topishga va har qanday tasodiflarning oldini olishga intiladi. Sehrgarlikning hozirgacha ijtimoiy hayotda saqlanib qolishining muhim omillaridan biri uning zamonaviy fan yutuqlaridan keng foydalanishi yoki kishilarda shunday yolg'on tasavvurlar hosil qilishidir.
Sehrgarlikning ta'siri rivojlangan diniy tizimlarda ham saqlanib qolgan. Islomda payg'ambar, eshon va mullalarning g'ayritabiiy mo'jizalari to'g'risidagi hikoyalardan keng foydalaniladi. Duolar orqali g'ayritabiiy kuchlarga ta'sir etish mumkinligi tan olinadi. Masalan, islomda «kalimai shahodat»ning odamni turli yovuz kuchlardan himoya qilishi to'g'risidagi aqida mavjud.
Biz kundalik turmushimizda sehrgarlikning oq (davolaydigan) va qora (ziyon-zahmat yetkazadigan) sehrgarlik, munajjimlar bashorati, folbinlik kabi turlaridan foydalanishimiz mumkin.
Ibtidoiy odamlar predmetlarni ham g'ayritabiiy kuchga ega deb hisoblaganlar. Ibtidoiy jamiyatda paydo bo'lgan bunday e'tiqod turi fetishizm (portugal tilida fetiko - sehrli, mo'jizakor degan ma'nolarni anglatadi) deb ataladi.
Fetishizm deb g'ayritabiiy kuchga ega mavjudotlarga va predmetlarga sig'inishga aytiladi. Fetishizm ruhlarning jonzodlar va predmetlarga «ko'chib o'tishi», narsalarda jon borligi va ularning g'ayritabiiy kuchga ega ekanligiga ishonishdan vujudga kelgan. Ibtidoiy odam xayolini o'ziga jalb qilgan istalgan predmetni fetish sifatida qabul qilishi mumkin edi. Uning obyekti hisoblangan predmetlar orasida eng ko'p tarqalganlari odam yoki hayvonlarning suyak qoldiqlari, qabr toshlari bo'lgan. Suyak qoldiqlari fetish egasini tabiiy ofatlardan, kasalliklardan, yovuz ruhlardan saqlaydi deb hisoblangan. Qabr toshlari vafot etgan kishining tinchligini qo'riqlaydigan ruhlar joylashgan predmet vazifasini o'tagan. Qabr joy- lashgan hududga sig'inish natijasida keyinchalik muqaddas qadamjolar vujudga kelgan. Bunday qadamjolarda maqbaralar, qo'rg'onlar qurilgan.
Qadimda jonsiz fetishlar bilan birga jonli fetishlardan ham foydalanilgan. Jonli fetishlarga sig'inish barcha xalqlarda mavjud bo'lgan. Eng ko'p tarqalgan jonli fetishlarga ilon, qarg'a, bo'ri, ayiq, ho'kiz singari hayvonlarni misol keltirish mumkin. Jonsiz fetishlar elatga xos xususiyatlarni ifodalamaganligi uchun, qabilada jonli fetishlar ko'p bo'lgan.
Fetishlar asosan kuchli ruhni o'zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy hayotning ayrim sohalaridagi muammolarni hal etishga yordam bergan.
Fetishizmning ko'rinishlaridan biri butparastlikdir. But odam yoki hayvonning qiyofasi tasvirlangan predmet bo'lib, unda g'ayritabiiy kuch mujassamlashgan deb hisoblanadi.
Diniy tizimlar vujudga kelganidan keyin ham fetishizmning qoldiqlari saqlanib qolgan. Uning ta'sirini muqaddas qadamjolar, tumorlar, xoch taqish, din yo'lida iztirob chekib avliyo deb tan olingan kishilarga sig'inish kabi holatlarda ko'rish mumkin.
Din bilan bog'liq bo'lmagan fetishizm qoldiqlarini ham ijtimoiy turmushda ko'plab uchratish mumkin. Davlat arboblarining shaxsini ulug'lab haykallar qo'yish yoki suratlarini asrash, sumalak toshini saqlash, hayvonlarning a'zolarini olib yurish va shu kabi holatlarni qayd etishimiz mumkin.
Fetishizm ruhning ko'chishi to'g'risidagi qarashlardan vujudga kelgan. Moddiy olamda ruhlar mavjud ekanligiga ishonishdan animizm shakllandi. Animizm deb (lotincha anima - jon, ruh degan ma'nolarni anglatadi) tabiat voqeliklarida, hodisalarda ruhlarning mavjudligi, ularning inson va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ishonishga aytiladi.
Insoniyat tafakkuri taraqqiyotining ilk bosqichlarida paydo bo'lgan animizm ibtidoiy e'tiqodning universal shakliga aylangan, chunki u kishidan nafaqat e'tiqod qilish, balki muayyan udum va marosimlarni bajarishni talab qilgan. Bu esa keyinchalik diniy urf-odat va marosimlarni vujudga keltirgan.
Animistik tasavvurlarga binoan jonzodlarda ruh mavjud. Mav- judotning tanasi ruh uchun qobiq vazifasini bajaradi, lekin u tanadan mustaqildir. Ruh tanani istagan vaqtda tark etishi mumkin. U tanani tark etsa, kishi faolligini vaqtincha yo'qotadi (hushidan ketadi, tush ko'radi) yoki vafot etadi. Ruh o'zining «qobig'ini» tark etganidan keyin ham individualligini saqlab qoladi.
Ruhlar dunyosi predmetlarda, jonzodlarda joylashgan va tanadan mustaqil faoliyat ko'rsatuvchi ruhlarga bo'linadi. Tana yoki predmet bilan bog'lanmagan «oliy» ruhlar ilohiy va moddiy dunyodagi voqea- hodisalarni boshqarib turadi, odamlarning hayot yo'lini va vafot etganidan keyingi taqdirini belgilaydi. Odamlar ruhlarning noroziligini vujudga keltiruvchi ishlarga emas, balki ularning ko'nglini olishga harakat qilishlari kerak. Shu bois ruhlar sharafiga diniy marosimlar uyushtiriladi, bayramlar o'tkazib, qurbonlik qilinadi.
Ruh nafas, bug' yoki soya ko'rinishiga ega. Uning ko'rinishidan qaysi shaxsga tegishli ekanligini aniqlash mumkin. Ruh odam vafot etishi sababli «qobig'ini» tark etganidan keyin insonlarga turlicha munosabatda bo'ladi. Dastlabki odamlarga zarar yetkazishi mumkin, chunki unda o'zidan omadliroq bo'lgan boshqa kishilarga nisbatan g'arazgo'ylik hissi uyg'onadi. Lekin, vaqt o'tishi bilan uning odamlarga munosabati o'zgaradi. O'lganiga ko'p vaqt bo'lgan odamlarning ruhlari o'z qonunlari bilan yashaydigan jamoani tashkil etadilar. Bunday ruhlar odatda insonlarga yordam beradilar, faqat odamlarning aybi bilangina ularga yomonlik qilishlari mumkin.
Narigi dunyoda ruh faoliyatining davom ettirilishi to'g'risidagi g'oya ta'sirida vafot etgan kishini hayotligida to'plagan boyliklarining bir qismi bilan qo'shib ko'mish marosimi vujudga kelgan. Keyinchalik marhumga nafaqat boyliklarining bir qismi, balki xizmatkorlari, yaqin kishilari ham qo'shib ko'milgan. Odatda marhumga qo'shib ko'miladigan xizmatkorlar begona kishilar bo'lgan. Bunday tartib qabila boshliqlari va hatto oddiy kishilarning ham narigi dunyoga xizmatkori bilan ketishlariga imkoniyat deb hisoblangan.
Katta miqdordagi boyliklarning marhum bilan qo'shib ko'mib yuborilishi va odamlarni qurbonlik qilish qabila ichidagi o'zaro munosabatlarga salbiy ta'sir etgan, qo'shni qabilalar bilan aloqalarni izdan chiqargan. Shu bois ruhning narigi dunyodagi sarguzashtlari to'g'risidagi g'oya takomillashtirilgan va fazilatli yashash tiriklar uchun muhimroq ekanligi haqida g'oya ishlab chiqilgan. Keyinchalik ruhning narigi dunyodagi taqdiri kishining tirikligidagi xizmatlari bilan belgilanadigan bo'lgan. Ushbu aqidaga binoan narigi dunyoda rohat-farog'at hammaga nasib ham qilavermaydi, balki unga hayotini faqat o'zining elatiga xizmat qilishga bag'ishlagan, dushmanlarga qarshi kurashgan, barcha urf-odatlar va din talablarini muqaddas bilib, ularni sidqidildan bajargan kishilar erishishlari mumkin va xalqiga xiyonat qilgan sotqinlar, faqat o'zini o'ylab yashagan befarq va zaif odamlarning ruhlari abadiy qiynoqqa duchor qilinadi yoki zulmatga g'arq bo'lib ketadi, deb hisoblangan.
Ibtidoiy din shakllari kabi afsona ham katta ahamiyatga ega. O'sha davrda insonlar tabiat hodisalarini jonli sherik sifatida qabul qilganlar va ularda individual tafakkur, iroda singari sifatlar mavjud deb hisoblaganlar. Odamlar bu jarayonlarni his etganlar, fikrlaganlar va tushuntirib berishga harakat qilganlar. Afsona shu asnoda vujudga kelgan.
Afsona deb tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarni sodda xayoliy obrazlar yordamida o'rganish va tushuntirish vositasiga aytiladi. Afsonada obrazlilikni fikrdan ajratib bo'lmaydi. U fikr va voqelikni idrok etish shakli va dunyoni bilish usuli hisoblanadi. Shu asosda odam borliqning mohiyatini tushunishga intiladi. Afsona voqelikni tushuntirishga intilishi bilan ertakdan, aniq tarixiy voqeaga asoslanganligi bilan esa dostondan farqlanadi.
Insoniyat uzoq o'tmishdan afsonaning mohiyatini tushuntirishga harakat qilib kelgan bo'lsa-da, hanuzgacha uning umum qabul qilingan nazariyasi ishlab chiqilgani yo'q. Bunday holat uni o'rganishda tadqi- qotchilarning diqqatga sazovor qarashlariga to'xtalib o'tishni taqozo etadi.
Italiyalik tadqiqotchi J. Viko birinchilardan bo'lib afsonaning falsafiy nazariyasini ishlab chiqqan. U afsonani odamlarning ustidan hukmronlik qiladigan oliy kuchlarni his etishlari va ulardan qo'rqishlari sababli vujudga kelgan xayollar o'yini deb hisoblagan.
Qadimgi davrda tabiiy va ijtimoiy kuchlar oldida insonning ojizligi kundalik faoliyatida doimo o'zini namoyon qilib tursa-da, borliqni hissiy- mantiqiy idrok etgan.
Ingliz etnografi E. Teylorning fikriga ko'ra, afsonalar va diniy e'tiqodlarning asosini animizm tashkil etadi. Qadimda odamlar predmetlar va hodisalarning mohiyatini tushuntirishda har bir narsada ruhlar mavjudligiga ishonishdan kelib chiqib, tevarak-atrofdagi jarayonlarni ruhlar faoliyatining natijasi sifatida talqin qilganlar. Afsona odamlarning voqelik to'g'risidagi sodda fikrlari bo'lib, tush ko'rish va ajdodlar ruhlari bilan muloqoti natijasida paydo bo'lgan deb hisoblanadi.
Afsonani o'rganishda tadqiqotchi B. Malinovskiyning qarashlari alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Tadqiqotchi afsonani nazariy ta'limot deb hisoblamaydi. Uning fikriga ko'ra, afsona voqelikni tushuntirmaydi, balki e'tiqodni voqelik sifatida idrok etadi. Haqiqatan, qadimgi davrlar haqida hikoya qiluvchi afsonalar odamlarning e'tiqodini ifodalaydi va umumlashtiradi, jamiyatda qaror topgan axloq normalarini asoslaydi, marosim va udumlarning maqsadga muvofiqligini qayd etadi, xulq-atvor qoidalarini o'zida mujassamlashtiradi. Shu bois afsona borliq haqidagi sodda qarashlar va tasavvurlar emas, balki faol ijtimoiy kuch, diniy e'tiqod va axloqni ifodalovchi hayot qonunidir.
Hozirgi vaqtda afsona nafaqat xalq og'zaki ijodiyoti turi va diniy e'tiqodning tarkibiy qismi sifatida mavjud, balki ijtimoiy hayotning siyosat, iqtisod, fan-texnika kabi boshqa sohalarida ham saqlanib qolgan. Masalan, keng tarqalgan hozirgi zamon afsonalari sifatida noma'lum uchuvchi obyekt haqidagi yoxud elektron hisoblash mashinalarida jon borligi to'g'risidagi afsonalarni qayd etishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda, dinning ilk shakllari nafaqat ibtidoiy jamiyatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega voqelik bo'lgan, balki tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida va hozir ham ijtimoiy hayotda o'z ta'sirini saqlab qolgan.

Dunyo dinlari tarixi» fanining asosiy vazifalaridan biri–bu milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar ila uyg’unligi, bu qadriyatlarning hozirgi mustaqil O’zbеkiston sharoitidagi ahamiyatini yanada aniqroq yoritib bеrib, talabalarda dinga nisbatan to’g’ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma'naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat. Bu esa o’z navbatida, o’quvchi va talabalarda din, uning turli shakllari, ta'limotlari, yo’nalishlari, mazhablari xaqida to’g’ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, diniylik va dunyoviylik munosabatlarini asosli tahlil qila oladigan to’g’ri dunyoqarashni shakllantirishdir.

10 yil avval yaratilgan dunyo dinlari tarixiga oid darsliklarda buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urug’-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixi yoritilgan. Shunda ko’zga ko’rinmagan ayrim muhim masalalar diqqat- e'tibordan chеtda qolgan. Bundan tashqari darsliklarda bеrilgan ma'lumotlarni ko’rgazmali suratlar bilan ifoda etish imkoniyati bo’lmagan.

Mana endi, yillar davomida «Dunyo dinlari tarixi» fanini o’qitish jarayonida muayan tajriba ortirildi va zamon talab-lariga mos bo’lgan darslikning yangi variantini tayyorlash kun tartibining dolzarb muammosiga aylandi. Buning uchun avvalo zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar asosida shakllangan o’quv–mеtodik majmua (O’MM)ni yaratish zarur. Bu majmuada zamonaviy ilmiy kontsеptsiyalarga tayangan holda, mavzularni bir biri bilan uzviy bog’liqligi, tarixiylik, mintaqaviylik tamoyillarini qo’llash taklif etilmoqda. Turli dinlarning kеlib chiqishi tarixi, asosiy manbalari, xozirgi davrdagi holati, ma'lum xalq hayotida tutgan o’rni xaqida umumiy ilmiy tushunchalar bеrishga e'tibor qaratgan majmuada quyidagi mavzular fanning o’quv dasturiga qiritilishi maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Ilk diniy e'tiqodlar.

Qadimgi Misr, Mеsopotamiya, Yunon va Rim dinlari.

Xitoy va Yaponiya dinlari: konfutsiychilik, daolik, sintoiylik.

Hindiston dinlari: vеdizm, braxmanizm, jaynizm, hinduiylik, sikxizm.

Zardushtiylik va uning tarqalishi.

Monaviylik va mazdakiylik.

Buddaviylik tarixi, ta'limoti va marosimlari.

Yahudiylikning kеlib chiqish tarixi, ta'limoti va marosimlari.

Xristianlik tarixi, ta'limoti va marosimlari.

Xristianlikning asosiy yo’nalishlari: katoliklik, pravoslavlik, protеstantlik.

Islom dini va uning tarqalishi tarixi.

Islomdagi g’oyaviy oqim va harakatlar.

Musulmon xalqlari milliy, diniy an'analari va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi.

Jahon sivilizatsiyasida islom madaniyatining o’rni.

Zamonaviy dunyoning etnokonfеssional holati.

Dinlararo bag’rikеnglik – tinchlik va barqarorlik garovi.

Shuningdеk, mustaqillik yillarida O’zbеkistonda dinga nisbatan munosobatning tubdan o’zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag’rikеnglik madaniyatini shakllantirish yo’lida qilinayotgan diqqatga sazovor ishlar haqida zaruriy ma'lumotlarni bеrish ko’zda tutilgan.

Zamonamiz talabidan kеlib chiqqan holda ta'lim tizimiga intеraktiv usuldagi zamonaviy o’qitish tеxnologiyalar tatbiq qilinmoqda. Shuning uchun ham talabalarga «Dunyo dinlari tarixi» fanini o’qitishda kurgazmali vositalardan va intеraktiv usullardan foydalanish muhim pеdagogik masalalardan biriga aylandi.

O’qitish jarayonida kompyutеr yordamida plakat va slaydlar ko’rsatish, sxеma va jadvallar tuzish, klastеr yaratish, krossvord tuzish, kompyutеrlashgan tеst sinovini o’tkazish, tarixiy xaritalar chizish, ankеta so’rovnomalari, o’yinli topshiriqlar, muammoli vaziyatlar kabi intеraktiv usullaridan foydalanish quyidagi natijalarni bеradi: talabalarning o’quv mavzusiga bo’lgan qiziqishlarini ta'minlaydi; o’quv matеrialni o’zlashtirishini yanada mustahkamlaydi; analitik fikrlashni rivojlantiradi; guruxda aloqaviy ko’nikmalarni hosil qiladi;

o’quvchi va talabalarni faol harakatga jalb etish shart-sharoitlarini yaratadi; o’quv guruhlarida o’zaro tushunish ruhiy muhitni yaratadi. Bu albatta darsning bir muncha maroqli va samarali o’tishni ta'minlaydi.

Shunday qilib, fan bo’yicha talabalarning bilimi, o’quvi va ko’nikmalariga qo’yilgan talablar quyidagilardan iboratdir:

– dunyo dinlari tarixi, inson dunyoqarashining shakllanishi, diniy ta'limotlar, dinlarning dunyo xalqlari ongi, madaniyati va urf-odatlariga ta'siri;

– Markaziy Osiyoda qadimdan e'tiqod qilinib kеlgan dinlar, ularning manbalari, zardushtiylik, xristianlik, buddaviylik va shu kabi boshqa dinlar ta'limoti;

– dunyo dinlarining mintaqaviy

– diniy bag’rikеnglikning tarixiy ildizlari;

– xalqimiz o’zligini chuqurroq anglashi uchun, o’z tarixi, ajdodlar madaniy va ma'naviy mеrosidan bahramand bo’lishi, buning uchun ularning turli tillardagi asarlari haqida tasavvurga ega bo’lishi kеrak. Shuningdеk,

– madaniy, ijtimoiy va ma'naviy-axloqiy hayotda dinning o’rni;

– dunyo dinlari va yirik diniy konfеssiyalarning ta'limoti va mazmun-mohtiyati;

– diniy matn, muqaddas kitoblarning o’ziga xos tuzilishi va uslublari;

– Markaziy Osiyodagi mavjud bo’lgan dinlarning tarixi, zardushtiylik, buddaviylik va shu kabi dinlarning ta'limotlari va ularning mahalliy aholi urf-odatlarida aks etishi;

– hozirda O’zbеkistonda faoliyat yuritayotgan diniy konfеssiyalar haqidagi ma'lumotlarni bilishi va ulardan foydalana olishi kеrak.

S.AGZAMXODJAЕV,

Toshkеnt islom univеrsitеti,

tarix fanlari doktori, profеssor



ARXAIK (IBTIDOIY) VA AN’ANAVIY MADANIYAT REJA: 1Madaniyatshunoslikning vujudga kelishi va uning dastlabki namunalari. 2.Neolit va eneolit davri madaniyati yodgorliklari. 3.Qadimgi SHarq madaniyati: umumiylik va o‘ziga xos xususiyatlari, ularning jahon madaniyati tarixidagi o‘rni. 4.Qadimgi SHarqdagi yirik madaniyat o‘choqlari (Mesopatamiya, Misr, Xind, Xitoy) va o‘ziga xos xususiyatlari. 5.Antik madaniyat(Qadimgi YUnon va Rim) 1.Madaniyatshunoslikning vujudga kelishi va uning dastlabki namunalari. Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat-mavjud insoniyat madaniyatning ibtidosi va eng uzoq davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko‘lamining 99 foizini tashkil qilgan holda zamonaviy madaniyatga beqiyos ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. O‘sha vaqtda vujudga kelgan arxaik madaniyatning ayrim ko‘rinishlari bo‘lmish fikrlash tarzi, fe’l-atvor xozirga qadar yo‘qolgan emas. Insoniyat hayotining boshlang‘ich davri keyingi barcha o‘zgarishlarga zamin tug‘dirgani sababli bu davrni o‘rganish insoniyat evolyusiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi. Ibtidoiy bosqichdagi madaniyat rivojining qiyofasini qayta tiklash o‘ta qiyin vazifa. Olimlar to‘plagan ma’lumotlar 2 xil bo‘lib: I Antropologik va arxeologik topilmalar-ibtidoiy odamning jismoniy va madaniy rivojlanishi, ovchilik jamoasining turmush tarzini yorug‘ olamga chiqardi. Bu ma’lumotlar o‘ziga xos belgilari bilan emprik (tajriba) tahlilni yuzaga chiqardi va ibtidoiy bosqichni umum qabul qilgan tasnifiga asos soldi: 1. paleolit-qadimgi tosh asri, 2. Neolit-yangi tosh asri. Paleolit bosqichining o‘zi ham ilk va so‘ngi davrlarga bo‘linadi. SHuningdek, paleolit va neolit bosqichining o‘rtasi mezolit-o‘rta tosh asri davriga bo‘linadi. II Etnografik ma’lumotlar-zamonaviy xalqlar va xozirgi vaqtda ham ovchilik va termachilik bilan kun ko‘ruvchilarning hayoti haqida. Bu ma’lumotlar saqalanib qolgan arxaik madaniyat o‘rinishini etnik, ijtimoiy va ruhiy o‘hshashliklar bo‘yicha qayta tiklashga yordam beradi. Tosh asrining davri bundan 2,6 mln. yildan to eramizgacha 2ming yilgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida paleolit bosqichidagi eng uzoq davr ilk paleolit bo‘lib, bundan 40-35 ming yil oldin tugaydi. Ilk poleolitda antropogenez jarayonining sodir bo‘lishi, qazib topilgan gominid qoldiqlarining alohida turlari yashagan davrlarda madaniyatning alohida ilk namunalari vujudga keldi: qo‘pol tosh qurollari tayyorlash olovdan foydalanish, oddiy turar joylarning qurilishi, muomala vositalarining rivojlanishi, atrof muhit haqida dastlabki murakkab tasavvurlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi Detsentrizm farazi insoniyat paydo bo‘lishini ikki o‘choq Afrika va Osiyo bilan bog‘laydi, zero hozirgi vaqtda eng qadimgi odam qoldig‘i ham Afrika mintaqasida topilan. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston xududida qazib topilgan gominidlar ham ilk paleolit davriga oiddir. Arxeolog U. Ismoilov Selung‘ir g‘oridan topgan “fergantrop” qoldig‘ining yoshi 700 ming yilag teng. Ilk paleolitning oxirgi davri ko‘pincha alohida davrga ajralib “o‘rta” yoki “muste’” deb nomlanadi. Bu qonuniy hodisa bo‘lib, muste’ davrida madaniy ijodkorlik jarayonining o‘sishi sezilvadi, ya’ni bu davrda neandertallar paydo bo‘ldi. Neandertallar keng xududlarga tarqalib murakkab va turli xil qurollar tayyorlagan, eng muhimi ulardan ma’lum marosim va madaniyatni rivojlantirish boshlandi. Neandertallar yashagan g‘orlaridan ayiqni bosh suyagi topilgan, maxsus o‘rntailgan tosh supa olovda qoraygan, unda ma’lum marosim o‘tkazilgan. Neandertallar qabri ko‘pincha SHarq-g‘arb yo‘nalishi bo‘yicha joylashib, murda “yonbosh uxlayotgan holatda, tizzalari engagiga qayrilgan yoniga tosh qurollar qo‘yilan”. Bu marosim udumi o‘limdan keyingi hayot mavjudligi haqidagi tasavvurning madaniyatidagi eng qadimgi va barqaror paydo bo‘lganligiadg dalolatdir. Neandertal qabri O‘zbekistonning Teshiktosh g‘oridan ham topilan, shunigdek, o‘sha davrga oid ko‘plab manzilgohlar ochib o‘rganilgan. 2 Neolit va eneolit davri madaniyati yodgorliklari. Markaziy Osiyo mintaqasida Neolit davri ancha oldin boshlangan. Bunga mil.av.VI ming yillikda Kopetdog‘ etagida vujudga kelgan Joytun madaniyati guvohlik beradi. O‘troq dehqonlar va chorvadorlarning bu madaniyati asosan, samonli loydan qurilgan uylardan iborat manzilgoh bo‘lib Eron va Mesopotamiya xalqlari madaniyati bilan yaqin aloqada shakllangan Joytunliklarning ma’naviy madaniyatini rivoji haqida katta umumiy ibodatxona devorlariga ishlangan rangtasvir dalil bo‘ladi. Mil.av. IV-III ming yillikda Xorazm xududida neolit davriga Kaltaminor madaniyati sh akllandi. Neolit inqilobi mohiyatiga ko‘ra arxaik madaniyatning oxiri xisoblanadi. ishlab chiqarish faoliyatining yangi turi dehqonchilik va chorvachilikka o‘tish bilan inson tabiatda mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyatini namoyon qildi, bu insonning ijtimoiy va ma’naviy g‘alabasi edi. Agar arxaik madaniyatda jamoat fikri etakchilik qilib, urug‘ a’zosi, urug‘ manfaatlari doirasida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endi individual ong va qiziqish kuchaya boshladi. neolit davrining oxiri va jez asrida arxaik madaniyat barham topdi. Bu davrda jamoa mulki o‘rniga xusuiy mulk vujuda kelib, xunarmandchilik ajarlib chiqadi va mahsulot ayr boshlash shakllanadi. Ijtimoiy tuzum shakli murakkablashadi. Mustaqil xo‘jalik yuritishda muvofiqlashtirishni kuchaytirish zarurati, ko‘pincha jamoaning boshqa a’zolari yoki qabila oilalar bilan qarindoshlik aloqalarining bog‘lanmaganligi maxsus boshqaruv apparatini tuzishni talab qildi. Endi oqsoqollar va qabila yo‘lboshchilari yig‘ining ahamiyati sezilarli oshdi, bu qabila yo‘lboshchilariga sig‘inishni shakllantira boshladi. Yo‘lboshchi qabilaning baxt-saodat sohibi, ajdodlar ruhi unga tuhfa qilgan maxsus fazilat “omad” egasi sifatida demokratiya belgilariga hurmat saqlaydi. Bilimning oshishi natijasida murakkab buyumlar yaratila boshlandi. Qayiq va elkanli kemalar, taqvim, hisob va o‘lchov tizimi vujudga keldi. Xusuiy mulkchilikning paydo bo‘lishi xuquqning shakllanishiga olib keldi. Ayrimlari hozirga saqlanib kelayotgan an’analar va qadimgi folklor namunalar vujudga keladi (miflar, dostonlar, hikoyalar, marosim qo‘shiqlari), yozuvning ilk tizimi shakllanadi; piktografik (rasm-yozuv), belgi yoki hindularning tugunli yozuvlari. Monumental me’morchilik ham vujudga keldi. Ilk momumental me’morchilik ham vujudga keldi. Ilk momumental inshoatlar katta tosh bo‘lak va tosh plitalardan qurilgan megalitlar hisoblanadi. Megalit Inshoatlarning turlari bir-biridan farq qiladi. masalan, mengirlar baland toshdan iborat bo‘lib, balandligi 20 metrdan oshadi, ular alohida yoki hiyobonlarga qator qilib qurilgan. Dolmenlar (tosh maqbaralar) tosh plitalardan sag‘ana yoki maqbara (kulba) shaklda qurilgan. Kromlexlar esa atrofiga toshlar yotqizilgan inshoatlardir. Eng mashhur kromlex buyuk Britaniyadagi Stounxendj hisoblanadi. Megalitlar xalqlarni birlashtirib, jamoaning barcha kuchlarini jipslashtirishga, yangi ijtimoiy tuzum vujudga elayotgan hollarda insonlarni umumlashtirish maqsadlariga xizmat qildi. Negaki, davlat tuzilishi jarayonida turli ijtimoiy qatlamlarning bo‘linishi sodir bo‘ladi; boshqaruvchilar, ma’naviy madaniyat va bilim egalari kohinlar va oddiy bajaouvchilar. Ilk paleolitda madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilangina chegaralansa so‘nggi paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So‘nggi paleolitning boshlari gominid evolyusiyasi yakunlanib zamonaviy “aqlli odam” turi paydo paydo bo‘ladi. So‘nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshqa qurollar notekis tarzda ko‘payishi natijasida tarkibiy qurollar-tasma, uchlik, shuningdek, to‘qimachilik paydo bo‘ladi. Nixoyat,dastlabki tartibli ijtimoiy tashkilot - urug‘ tashkil topadi. Bu inqilobning mahsuli misollarining asosiy antropologik, ruhiy fiziologik, ruhiy ijtimoiy va ma’naviy birligi bo‘lib, insonlar uyushmasining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, til, maishiy rivojlanishining tafovutlarga qaramasdan tarixda saqlanib qoldi. Ma’naiy madaniyat dastlab juda sodda bo‘lib, o‘sha davr kishilarining mehnat faoliyati bilan uyg‘unlashib ketgan edi. Ibtidoiy odamlarning bilim darajasi ancha cheklangan bo‘lsada, biroq yashash uchun kurash jarayonida atrof-muhitni kuzatib tajriba to‘plaganlar. Natijada yangi tushuncha va tasavurlar paydo bo‘lib, tafakkur va nutq rivojlana bordi. Bu esa jamiyat ma’anaviy rivojlanishini tezlashtirdi. O‘zlashtiruvchi xo‘jalikda ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tilishi va tajribaning to‘planishi natijasida yuzaga keldi. Dastlab ibtidoiy odamlar oziq-ovqat qidirib o‘zi yashayotgan muhitni yahshiroq o‘rgana boshladilar. Bu esa ularning geografik bilimini oshirgan. Tabitdagi mavjud iste’mol qilishga yaroqli o‘simlik va mevalarni qidirib topishi, kuzatishi natijasida botanika bilimlari to‘plagan. YOvvoyi hayvonlar ovlash jarayonida hayvonlarning fe’li, turi, yashash joylarini kuzatish tufayli ibtidoiy odamlarda zoologiya bilimi sh akllana boshladi. Bu jarayonlarni o‘rganish ibtidoiy odamlar uchun zaruriy, hayot uchun kurash, tirikchilik manbai edi. Kasallikni davolash uchun o‘sha zamonning o‘ziga xos sodda tabobati bo‘lib, davolashda o‘simliklar, mevalar, hayvonlar, mineral jismlardan foydalanganlar. SHuningdek, silash, uqalash usuli bilan ba’zi kasalliklarni davolaganlar va folbinlik, sehrgarlik va jodugarlik usullaridan ham foydalanganlar. Ibtidoiy odamlar tabiatni, iqlimni sharoitdan kelib chiqib kuzatishi asosida ob-havoni oldindan aytib berish qobiliyati paydo bo‘ladi. Tarbiya ham mehnat va turmush bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, odat va udumlar asosiy ahamiyat kasb etgan. Ma’naviy madaniyatning ko‘rinishlaridan biri ibtidoiy san’at ham odamning mehnat faoliyati bilan uyg‘un holda vujudga kelgan. Ibtidoiy sanoat xilma xil bo‘lib, bir necha turlarga bo‘linadi: 1) Suyak, tosh parchasi, shoh, qulolchilik buyumlariga chizilgan belgilar, odam, hayvon va har xil narsalarning tasvirlari. 2)g‘or devorlarga har xil ranglar bilan ishlangan hayvon, odam va buyumlar tasviri. Ularda ov, mehnat, jang va boshqa manzaralar tasvirlangan. Bunday tasvirlar Turon, Sahroi Kabr, Markaziy Osiyo, g‘arbiy Evropada ko‘plab uchraydi. 3) Qoya toshlarga o‘yib, chizib, ishqalash usuli bilan ishlangan tasvirlarda hayvon, buyum, qurollar va ibtidoiy kishilarning kun dalik mehnati bilan bog‘liq manzaralar o‘rin olgan. Qoya tosh tasvirlari Osiyo, Afrika va Evropada ko‘p uchraydi. 4) Arxaik san’at turlaridan yana bir biri haykaltaroshlik ham urug‘chilik jamoasining rivojlangan davrida paydo bo‘lib, asosan ayollar, qisman erkaklar, shuningdek, hayvonlar haykallari ishlangan. Bunday haykalchalar, suyak, tosh va boshqa narsalardan tayyorlangan. Haykal tasvirlarda ibtiodiy mehnat va e’tiqod ramzlari namoyon bo‘ladi. 5) Ishlab chiqaruvchi ho‘jalik (neolit) faoliyati bilan bog‘liq sopol buyumlarga chizilgan rasmlarda oddiy chiziqlar, hayvon va o‘simlik tasvirlari uchraydi. 6) Ibtidoiy san’at turlaridan biri-niqoblar qadimgi odamlarning ovchilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, niqob tutib hayvon qiyofasiga kirgan, hayvonlarni qo‘rqitib o‘zlarini himoya qilgan. Niqoblardan marosim va udumlarda foydalangan. 7) Musiqa, qo‘shiq, o‘yin, ibtidoiy san’at turlari xisoblanib, ibtidoiy odamlar urib, chertib, puflab chaladigan asboblarni kashf qilishgan. 8) Xalq og‘zaki ijodi-asotir, rivoyat va afsonalar ham ibtidoiy davr mahsuloti bo‘lib, ibtidoiy odamning turmushi, o‘y-fikri va kayfiyatini ifodalagan-diniy tasavvurlarning shakllanishini asos bo‘lgan. Diniy tasavvur va e’tiqod va jamoat tuzumining keyingi davrlarida shakllanib, ayrim unsurlari o‘rta paleolit davrlarida vujudga kelgan. Ibtidoiy odamlar atrofidagi xodisalarning sabablarini tushuna olmagan. Tabiatdani turli xodislarning sir asrorlari ularga ma’lum bo‘lmagan. Bu xodisalar negizida sirli, g‘ayri tabiiy kuchlar yashiringan deb tushunib, shu g‘ayritabiiy kuchlarga e’tiqod qilingan. Totemizm-jamoaning hayvon yoki o‘simlik turi bilan g‘ayritabiiy qarindoshlik aloqasiga ishonishi bo‘lib, ovchilik va termachilik rivojlangan davrida paydo bo‘lgan. Bu e’tiqodda totem-hayvon yoki o‘simlik nihoyatda hurmat qilingan. Totemizmning ilk bosqichida hayvon muqaddas sanalib, uni o‘ldirish yoki go‘shtini iste’mol qilish ta’qiqlangan. Faqat urug‘ning urf-odat marosimlaridagini bu hayvon go‘shti iste’mol qilinmaydi. Animizm-”ruh”, “jon” ma’nosini bildirib, bu dunyoda ruhlar, jonlar shaklidagi g‘ayoritabiiy kuchlarning borligiga ishonish. Tabiatdagi narsalar, odam va boshqalarning ruhlari shular jumlasidandir. Urug‘chilik jamoasining rivojlanishi bilan urug‘ boshliqlar, harbiy yo‘lboshchilar ruhiga-ajdodlarga sig‘inish paydo bo‘lgan. Matriarxat davrida ruhlar ayollar nomi bilan atalgan. Xo‘jalik shakllari paydo bo‘lgach tabiatdagi narsalar (quyosh, suv, er) ning ruhiga topinish kuchayadi. Sehrgarlik-odamning g‘ayritabiiy kuchlarga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatga asoslangan amallardir. Bu ibtidoiy san’atda ham o‘z ifodasini topgan. Qoyatosh tasvirlaridagi yaralangan hayvon ifodasida ovchilar bo‘lg‘usi ovning baroridan kelishini ko‘zlab, hayvonlarni sehrlanganligini kuzatish mumkin. Ibtidoiy odamning fikrlashi aniklik, ta’sirchanlik, butunlikda farqlanadi. Ibtidoiy odam asta-sekin turli tashqi xodisalarni seza boshlaydi. U issiq va sovuqni, to‘q va ochlikni, yaxshi va yomonlikni his qiladi, yorug‘lik va qorong‘ulikni ajratadi. Xodisalarning ro‘y kuzatishni boshlaydi. O. Freydbergning fikricha, unda kuzatish ta’suroti ustun bo‘lgan. Ibtidoiy odamning ta’sirchan, aniq tasavvuri hali xodisalarni umumlashtirish qobiliyatida yiroq edi. U tevarak atrofdagi voqea xodisalarni mohiyatini tahlil qilmasdan faqat yuzaki qayd qiladi. Narsa va jarayonlarga, ularning xusuisiyatiga bir xil yondashgan. Ibtidoiy tafakkur uchun sababiy bog‘lanishlar o‘ta shartli bo‘lib, qandaydir xodisaning sababi tez-tez qaytarilib turilishi natijasida vaqt o‘tishi bilan idrok qilingan. So‘nggi paleolit davrida animistik e’tiqodlar va sehr jodu ma’naviy-madaniyatning negizi sifatida qat’iy rasmiylashdi. Qadimgi e’tiqodlarni shakllanishi manbaida tabiatli tashqi ko‘rinishi va odamlar jamoasi haqida tasavvurlarni uyg‘unlashib ketishi ibtidoiy odam uchun xos bo‘lgan inson va tabiatning sub’ekti va ob’ekti birligi ta’sirida, ehtimol jamoa nima bilan shug‘ullansa o‘shanga bog‘liq bo‘lgan hayvonlar, o‘simliklar, toshlar, ya’ni uning faoliyati doirasida nima mavjud bo‘lsa barchasi uchraydi. Dunyoda yashayotgan aholining ko‘plab ruh va jonlar bilan munosabatda bo‘lish vositasi sifatida sehrgarlikni k eltirib chiqardi. Sehrgarlikning eng qadimgi turlaridan biri ovchilik, sehrgarligi bo‘lib, o‘lja yaqinlashishi bilan uni tutish mashqini o‘rganadi. Biroq, barcha harakatlar faqat mashq bildan tugamaydi. Uni amalga oshirish jarayoni asosiy masala hisoblanadi. Sehrgarlik harakatlari mazmunida totemizm-hayvonlari ajdodiga tpilishni keltirib chiqardi. Ibtidoiy jamoa turmushi, ovi urushi, hayvonlarni tutib eyishi, tug‘ilish va o‘limini-umuman inson hayotini totemistik, ya’ni, totemlar kurashi va to‘qnashishi orqali tasavvur qiladi. Bu tasavvurlar oqibatida kosmogonik manzaraga asos soladi, qaerda har bir totem-koinot borki eydi, yo‘qoladi va tiriladi, qari koinot o‘rniga yoshlar keladi. Ularning o‘rin almashishi va yosharishi yoki tirilishining borligi o‘limdadir. O‘zbekiston hududida so‘ngi paleolit davriga oid qoyaga solingan tasvir namunalari uchramasada ushbu davrga tegishli 30dan ortq manzilgohlar o‘rganilgan, jumladan Samarqand manzilgohi, Ohangarondagi tosh qurollar, tayyorlangan “ustaxona”, Ko‘k buloq va Oqtosh manzilgohlari. O‘zbekiston xududidagi ibtidoiy tasviriy san’at namunalarini eng qadimgisi mezoli-neolit davrlarga oid bo‘lib, ular jahon tasviriy san’at tarixining ajralmas qismidir. SHuningdek, bu tasviriy san’at tarixi bir qator alohida ko‘rinish, o‘ziga xoslik va farqlik jihatlarga ega bo‘lib quyidagi bosqichlardan ibrat: 1. g‘orlar, qadimgi toshlar va turli qoyalar saqlanib qolgan ibtidoiy tasvirlar yaratilgan davr. 2. Loy,ganch, tosh va yog‘ochdan ishlangan qadimgi haykallar namunalari va turli xunarmandchilik buyularidagi tasvirlar yaratilgan davrlar. Mamlakatimiz tog‘lik tumanlarda keng tarqalgan qoyatosh tasvirlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil: bir xillari bo‘yoq (ohra) bilan; ikkinchi xillari esa o‘yib-ishqalash-chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar). O‘zbekistondagi qoyatosh tasvirlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Beronsoy, Ko‘kansoy, Takatosh, Teraklisoy kabi yuzdan ziyodin topilgan. Bu qoyatosh tasvirlarda O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami turalarining kuzatish mumkin. Bular ibtidoiy sher va yo‘lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bug‘i va jayronlardir. 3.Qadimgi SHarq madaniyati: umumiylik va o‘ziga xos xususiyatlari, ularning jahon madaniyati tarixidagi o‘rni. Qadimgi SHarq kishisi sababli natija munosabatlarni tushungan va farqlagan, biroq ularni mujmal va qounga mos bo‘lmagan hodisa sifatida, ko‘pchiligi esa shaxsiy qudrat sifatida ongli va ixtiyoriy idrok qiladi. Sabablarni izlashda “qanday” deb emas, baliki “kim” deb so‘rashadi (“hodisada kim aybdor”), “ixtiyoriy, aniq maqsadda harakat qilganni” izlashgan. “Sabablarni” bunday idrok qilish oqibatida mifologik tafakkur ayrim va buguncha, bir-biriga o‘xshash har qanda y tashqi moslikni qabul qiladi. Funksional aloqadorlik sifatida makon va zamondagi har qanday bog‘likligi haqida gapirishga imkon to‘g‘iladi. Fikriy bog‘liklik bilan o‘xshash gapirishga imkon to‘g‘iladi. Qandaydir yangi narsani ko‘rib inson o‘ziga deydi: “Bu yangi narsa nimaga o‘xshaydi?”-va unga o‘xshash narsani o‘zidan va ajdodlari tajribasidan izlaydi. Xususan, “asl namuna” tamoyili keng tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra hayotdagi barcha muhim narsalar (ehrom, podsho hokimiyati, inson) ilohiy qudratning “asl namunasiga” muvofiq yaratilgan. Olamni mifologik tasavvur qilish uning nihoyatda tartibli, qat’iy ierarxik qurilishida ifodalanib, uning asosi turli xil oppozatsiyalar tizimi hisoblanadi. Aynan shular mifologik razmiy tasniflashdagi dastlabki “poydevor” hisoblanadi. Mifologik tafakkurning tafakkurning muvofiq va o‘xshash jihatlari uning an’anaviyligi bilan bevosita bog‘liq. An’ana bir-biriga yaqin, biroq mohiyatan boshqa bo‘lgan hodisalar urf-odat, marosim, ibodat, udum, odob singari faoliyatda namoyon bo‘ladi. Bularning bari u yoki bu sinuatsiyadagi aniq axloq dasturiga ega bo‘lib, harakatning to‘g‘riligini kafolatlaydi, noto‘g‘ri harakatlarni ogohlantiradi, negaki an’analar negizida sotsiumning katta tajribasi mujassamdir. Qadimgi SHarq madaniyatida an’analarga asoslanish ustun turadi. Ajdodlar an’anasi, tajribasi mutloq haqiqat kabi baholangan. Mutloq haqiqat hukmronligi bilan, D.S.Lixachev ta’kidlashicha “odoblik” bog‘lik bo‘lgan. Qadimgi SHarq kishisining axloqi harakat va faoliyatda muqaddas an’analarni qayta tiklashga qaratilgan “ilohiy o‘rnatilgan” me’yor va qoidalarga borib taqaladi. Mifologik tafakkurning o‘ziga xos xususiyati shundaki, qadimgi sharq kishisi o‘zini har doim sotsiumning bir qismi deb his qilgan, sotsium esa koinot kuchiga bog‘liqlikda, tabiatga aralashgan holda ko‘rinadi. Garchi, qadimgi SHarq madaniyatining turli qirralarida shaxsni individual lashtirish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ular har doim individning turmush sharoitlarini belgilovchi asosiy sohalarga nisbatan ikkinchi darajali hisoblangan. Qadimgi SHarqda makonning paydo bo‘lishi chegaralanishi alohida o‘rin tutadi. Qadimgi SHarq mifologiyasida kosmogenez jarayoni Xaosning ajralishi sifatida namoyon bo‘ladi (Misol uchun, hindlarda Indra haqi da mif, Mesopotamiyada Marduq haqida). artibli uyushgan makon, betartib makonga qarama-qarshi qo‘yiladi. Tabiiyki, tartibli, tashkiliy jihatdan uyushgan makon-”yaxshi”, “o‘z” makonning, undan tashqarida “begona”, “uning” betartib, tashkiliy uyushmagan “xunuk” makoni-ko‘chmanchilik, ibtidoiylik dunyosi joylashgan. Diniy aqidalar hukmronligi kishilar xayotini belgilaydi. Inson qaerda osmon bo‘lsa-xudolar dunyosi va erni-odamlar denyosi deb bildi. Ular doimo o‘zaro munosabatda, bir butunlikda olam daraxtining tanasi va shoxlari kabi viqor bilan yashashgan. Xudolar insonlar hayotining barcha sohalariga faol yashashgan, uning tug‘ilishi, o‘limini va o‘limdan keyingi taqdirini belgilagan. O‘sha davrlarda diniy ta’limotlar dan tashqari hech qanday boshqa dunyoqarash bo‘lmagan. Inson xudolardan hatto arzimas narsalar haqida maslahat so‘ragan va unga xatlar yozib ibodatxonaga olib bergan. 4.Qadimgi SHarqdagi yirik madaniyat o‘choqlari(Misr, Mesopatamiya, Hind, Xitoy) o‘iga xos xususiyatlari Barcha Qadimgi SHarq sivilizatsiyalari tabiiy-ilmiy bilmlarni to‘plab ulkan natijalarga erishdi va jahon fani rivojlanishiga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Bizgacha etib kelgan Papirus yozuvlari misrliklarning matematika va goemetriya (turli shaklning hajmi va yuzasini o‘lchash), astronomiya (aniq quyor taqvimining tuzilishi keyinchalik Evropada taqvimga asos bo‘lgan), tibbiyot (anatomiya tuzilishi, miya va qon tomirlari haqidagi ta’limot, jarrohlik), kimyo (turli moddalarning xususiyatini o‘rganish va bu bilimlardan mayitni mumiyolashda foydalanish) sohalaridagi keng tushunchalari haqida dalolat beradi. Atrofdagi mamlakatlarga Mesopotamiya matematikasi va astronomiyasi katta ta’sir ko‘rsatdi. Hozirga qadar biz Mesopotamiyada tuzilgan vaqt va burchak o‘lchov uchun 60 bo‘lakli tizimdan foydalanamiz. Mesopotamiyaliklar matematika va asotronomiyaga oid kashfiyotlar qilib, oy fazalarini bo‘lish tizimini yaratdi, quyosh tizimiga oid jarayonlar, yulduz va sayyoralar ro‘yxati, ko‘plab harakat holatlarini aniqlash bo‘yicha yangiliklar kiritdi. Ikki daryo oralig‘i-astrologiyaning ham vatanidir. Qadimgi Hind va Xitoy fani ham ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritli. Hindistondagi noldan foydalanib o‘nlik sanoq tizimi yaratilishi bilan algebra rivojlana boshladi (“son”, “tub son”, “sinus” kibi atamalar hindistonda paydo bo‘ldi). O‘lim sababini aniqlash maqsadida murda tanasini anatomik tadqiq qilish tajribalari anatomiya va fiziologiyani rivojlantirib, meditsinada katta yutuqlarga erishildi. Hindistonda tibbiyot taraqqiyoti haqida tibbiyotga oid asarlardan birida jarrohlikning 300 turi bo‘lganligi va 120 ta jarrohlik asbobi mavjudligi eslatiladi. Hitoy ipak, chinni va qog‘ozning vatani hisoblanib, mil. avv. II asrda kashf qilingan, shuningdek Xitoyda porox, kompas (mil. avv. III asr) er qimirlashini aniqlovchi asbob (seysmograf) ham ixtiro qilingan. Mil.av. 613 yilga tegishli Xitoy qo‘lyozmalari topilib unda Galley kometasi haqidagi eng qadimgi ma’lumotlar uchraydi. Mil. av. II asrda Xitoyda osmon globusi, 2500 yoritqichning o‘rni ko‘rsatilgan yulduzlar katologi yaratilgan. YAngi taqvim jori y qilinib (mil.av.104 y) , unga ko‘ra bir yil 365 241 kunga teng bo‘lgan. Mil.av. 28 yilda Xan imperiyasining astronomlari quyoshda dog‘lar mavjudligini kuzatganlar. Xitoy materiallari tarixda birinchi bo‘lib hisobda manfiy sonni qo‘llaganlar. Tibbiyotda igna ukoli, nuqtali davolash kabi ajoyib usulni ishlab chiqqanlar. Hindiston va Xitoyda tabiiy va texnika fanlari ertaroq shakllandi va o‘z navbatida sermahsul taraqqiy etdi. Biroq, bu fanlar g‘arbdagi kabi madaniyatga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi. Bu Oliy haqiqatni anglash yo‘lidagi mustaqil ta’limot bo‘lib qolish bilan bog‘liq. Masalan, Hindisnotda bilim uch darajaga ajraladi: 1. Bilmaslik (avidya). 2. Tushuncha, “ilmiy” bilim (vijnayana). 3. Hamma narsani bilish (prajnya), ya’ni birinchi daraja mantiqsiz fikrlash, ikkinchisi-mantiqiy, uchinchisi mantiqdan ustun idrok qilishga muvofiq keladi. Er yuzasidagi eng ko‘hna va bir qadar o‘rganildi, ko‘plab xalqlar madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan madaniyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan madaniyatlardan biri-qadimgi Misr madaniyatidir. Qadimgi Misr yozuvi ko‘plab hozirgi yozuvlar “papirus” , “oazis”, “ximiya”, “ bazalt” va boshqa hozirda ham muomalada saqlanib kelmoqda. Misrda turli, o‘ta chalkash topinishlar tizimi mavjud bo‘lgan: xudolarga sig‘ingan, jonivor, o‘simlik , tuproq, suv, Nilni muqaddaslashtirgan. Quyoshga, tirik xudo-Fira’vnga sig‘inish qonuni tusiga kirgan. Misrliklar madaniyatida dafn marosimi alohida o‘rin tutgan. Ular o‘limni insonning ikkinchi hayot boshlanishi deb bilgan. Mangu hayot tushunchasi Osirus va Izida haqidagi mifdan paydo bo‘lgan. Qadimgi yunon muallifi “Misrliklar hayoti o‘limga tayyorgarlik ko‘rishdan iborat”-deb bekorga yozmagan. Misrliklardan farqli qadimgi Mesopotamiya aholisi erdagi hayotga ko‘proq e’tibor qilishgan. O‘lim bilan hammasi tugaydi deb o‘ylashsada, narigi dunyoga ishonishgan. Misrliklar dan farqli ravishda, narigi dunyoga inson ruhi mangu suv va ovqatga zoriqib yashaydigan qo‘rqinchli dunyo deb tasavvur qilishgan. SHaruppakning Mesopotamiyaliklarga nasihatida aytiladiki “SHirin hayotdan tashqari biron narsa aziz emas”. Mensopotamiyaliklarning quvonchi hayot haqidagi qarashlari “Gilgamish” dostonida ham tasvirlanadi . Ular shaxsiy hayot muammolari bilan ko‘proq qiziqqanlar. Hindiston-birinchi jahon dini buddizm vatani bo‘lsada, Hindistonning o‘zida induizm bilan ikkinchi dajarada turadi. Bu ikki din ham “Veda” da aks ettirilgan qadimgi tasavvurlardan kelib chiqqan. Hindlarning dunyoqarashi va barcha tushunchalarini belgilovchi markaziy g‘oya, hind madaniyatining o‘ziga xos xususiyati-dunyoda sodi r bo‘luvchi benihoya uzliksiz harakat g‘oyasi hisoblanadi, ya’ni dunyoning aylanishini na ibtido, na nihoya , na aniq maqsadga ega. SHarqning qadimgi sivilizatsiyasi moddiy va ma’naviy sohalaridagi ko‘plab o‘ta muhim yangiliklarni vujudga keltirdi. Xususan, mil.avv. I ming yillik ma’naviy g‘alayonlar jarayoni bilan ajralib turadi. Bu davrda dastlab ikki tamoyil vujudga keldi: umuminsoniy birlik va shaxsning ma’naviy mustaqilligi. g‘oyalar erkinligi boshlanib inson o‘z hayotini unga asoslanib qurdi. Qadimgi SHarq sivilizatsiyasi g‘arbga nisbatan ertaroq boshladi. YUnonlar madaniyati Qadimgi SHarq madaniyati ta’sirida juda yuksaldi, buni ellinlarning o‘zlari ham e’tirof etishgan. Bu ta’sirlar natijasida shunday davr boshlandiki SHarq va g‘arb madaniyatlari sintezi ellinistik madaniyatni vujudga keltirdi: YUnon-Baqtriya va gandxar san’ati, iskandariya fani, fayum prortretlari bunga misol bo‘la oladi. Qadimgi SHarq bizga barhayot boyliklarni qoldirdi. Bular “Gilgamesh” va “Mahobhorat” dostonlari, Kalidasi drammalari va CHjuanszining ramziy masalalari, Misr ehromlari va Buyuk Xitoy devori va boshqalar. 5.Antik madaniyat (Qadimgi YUnon va Rim). Qadimgi YUnoniston va Rim madaniyatlari Evropa sivilizatsiyasining poydevoriga asos soldi. Qadimgi SHarq madaniyati ta’sirida shakllangan bu an’anaviy madaniyat taraqqiyoti davrining davomchisi va yakunlovchisi bo‘ldi. Qadimgi YUnonistonda shakllanib, keyinchalik yuksak bosqichga ko‘tarilgan bu madaniyat er. avv. III asrda Rim madaniyati vujudga kelishiga katta ta’sir ko‘rsatdi va “Antik madaniyat” nomi bilan dunyo madaniyati tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Lotin tilida “antik” (antiguus) so‘zining ma’nosi “qadimgi” demakdir. Lekin tarixiy davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak Antik davr Qadimgi dunyoning oxiri-qadimgi madaniyat va davlatchilikning eng taraqqiy etgan bosqichidir. Bu davr asosan YUnoniston va Rim uchun xarakterli bo‘lib, YUnoniston mil.avv.XI-IX asrlarda antik (klassik) madaniyat takomili bilan to‘la mohiyat-mazmunga ega bo‘ldi. Milodiy V asrda varvarlar tomonidan Rim imperiyasining qulatilishi Antik madaniyatni inqirozga olib keldi. SHuningdek, YUnon-Rim jamiyati va madaniyatiga nisbatan qo‘llanilib kelayotgan “antik” so‘zi ko‘proq Evropaga tatbiqan anglamoq darkor, negaki Evropa xalqlari o‘zlarining madaniy taraqqiyotlari yo‘lida yolg‘iz YUnon-Rim madaniyati bilan aloqador bo‘lganliklari sababli, shu xalqlar bunyod etgan ma’naviy boyliklarni eng qadimiy deb taniganlar. YUnonlarning tasavvuricha, olam avvalida Xaosdan iborat bo‘lgan, Er-Geya va er osti olami Tartar ham bo‘lgan. Geyadan o‘g‘li Uran-osmon xudosi kelib chiqqan. Uran bilan Geyadan titan Kronos to‘g‘ilgan va o‘z otasi Uranni ag‘darib tashlagan. Bular titanlar-katta xudolar ekan. Kronosdan Aid, Poseydon, Gestiya, Demitra, Gera va Zeve kabi kichik xudolar kelib chiqqan . Zeve boshchiligida kichik xudolar. Titanlarni ag‘darib tashlab olamni idora qila boshlaganlar. Zeve bosh xudo, xudolar ajdodi, chaqmoqsochar hisoblangan. Uning xotini Gera-osmon ma’budasi va nikoh homiysi bo‘lgan. Poseydon-dengiz xudosi, Demitra-hosildorlik ma’budasi, Gestiya-uy-ro‘zg‘or ma’budasi, Aid-er osti olami hudosi hisoblangan. Zevening boshidan donishmanlik va urush ma’budasi Afina paydo bo‘lgan; Appolon-ro‘shnolik va san’at xudosi, Artemidaoy va ov ma’budasi, Gefest-temirchilik xudosi, Afrodita go‘zallik va sevgi ma’budasi, Dionis-uzum va musallas xudosi sifatida a’zozlangan. Zevsning ko‘p farzandlari xudolar bo‘lgan. YUnonlar dinida totemizm qoldiqlari bo‘lgan, ya’ni ma’budalarga biron hayvon yoki qush atalgan. SHuningdek, yunonlar ikkinchi darajali ma’budlarga - Nimfa va Kentavrlarga ham topinganlar. Guyoki chakalakzorlarda driadalar, nimfalar, echkioyoq satirlar yashagan; dengizda nayadalar va sirena-ayol boshli qushlar yashagan. Ma’budalarning oddiy ayollar bilan aloqasidan to‘g‘ilgan yarim xudo-qahramonlar ham e’zozlangan. Ayniqsa 12 marta jasorat ko‘rsatgan Gerakl-yozuvlikni enguvchi obraz bo‘lgan. YUnonistonda xudolar sharifiga o‘tkazilgan maxsus bayramlar faqat dini y mazmunga ega bo‘lmagan, chunki, jismoniy tarbiya musobaqalari hamda musiqa, qo‘shiq kabilar mazkur bayramlarning eng muhim ishlari hisoblangan. YUnon shaharlari o‘z bayramlari, sport musobaqalari , orakullari (kohinvaliylari) bilan yunon elini birlashtiruvchi markazlar bo‘lgan. Argosda Gera, Afinada Afina sharafiga bayramlar o‘tkazilgan. Olimpiada shahrida Zevs sharafiga Olimp musobaqalari bo‘lgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda YUnonistonda madaniyat va fan rivojlanib Gerodot, Demokrit, Pratagor, Gippokrat, Suqrot, Aflotun, Arastu kabi olimlar ijod qilganlar. Miloddan avvalgi VI asrda Kichik Osiyodagi Milet shahri ilm-fan markazi bo‘lgan. Kichik Osiyo olimlari Misr va Mesopotamiya olimlarining ilmiy bilimlarini rivojlantirganlar. Ular tabiat va jamiyat hodisalarining sabablarini tushuntirishga harakat qilib, tabiat va hayotning ibtidosini suv, havo yoki olov deb faraz qilganlar. “Tarixning otasi” deb nom olgan yunonistonlik tarixchi Gerodot (mil.av. V-asr) Misr, Bobil, Suriya, Kichik Osiyo va Qora dengiz sohilidagi mamlakatlarga sayohat qilib, o‘zining “Tarix” kitobida turli xalqlar haqida ma’lumotlarni yozib qoldirgan. YUnon olimlaridan biri Demokrit (ml.av.460-370 yillar) “”Hamma narsalar eng mayda zarracha, atomlardan tashkil topgan”, -degan fikrni ilgari surgan. U fanning ko‘p sohalari bilan shug‘ullangan. Koz orolig‘ida tug‘ilgan yunon tabibi Gippokrat (mil.av.460-375 yil) tibbiyot bilimlarini otasi Geraklitdan o‘rganadi. U mashhur tabib bo‘lib, tibbiyotning barcha masalalari bilan shug‘ullangan va ulug‘ faylasuf ham bo‘lgan. U shogirdlari bilan birga 72 kitobdan iborat “Gippokrat to‘plami” nomli tibbiy asar yozib qoldirgan. Afinalik faylasuf Suqrot (mil.avv. 441-399y) birorta kitob yozmagan. U odam gavjum joylarda shogirdlarini haqiqatni bilishga undamb, -haqiqat bahs orqali bilinadi, -degan. Suqrot o‘z qarashlarida odamlarni tenglashtirishga qarshi chiqqani uchun Afina quldorlik demokratiyasi namoyandalariga yoqmagan va uni o‘limga hukm qilishgan. Makedoniya saroy tabibining o‘g‘li Arastuni (mil.avv.384-322 y) SHarqda “Birinchi muallim” deb ataganlar. U juda ko‘p asarlar yozib, ilmiy bilimlarini alohida sohalarga bo‘lib chiqqan va mustaqil fanlarga birlashtirgan. Arastu Er koninotning markazi deb hisoblagan. Uning mashhur asari “Siyosat”dir. YUnoniston afsona va rivoyatlar yurti bo‘lib, qadimdan adabiyot rivojlangan. “Prometey”, “Greakl”, “Didal va Ikar”, “ Argonavtlar”, “Odessiya” va “Iliada” kabi afsona va dostonlarda yunonlarning turmush tarzi va tarixi bayon qilingan. “Iliada” va “Odessiya” dostonlarini mil.avv. VIII asrda yashagan ko‘p baxshi Gomer yaratgan edi. Dostonlarda Troya urushlari hikoya qilinadi. Arxeologlar Gomer dostonlariga asoslanib qadim gi Troya madaniyatini topganlar. Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan . Qadimgi YUnon teatri mil.avv. VII asrlarda qishloq ho‘jaligi homiysi, xudo Dionis sharafiga o‘tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo‘shiqlar va o‘yinlar asosida vujudga kelgan. Teatr yunoncha “tomoshalar joyi” degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan YUnon teatrlariga 17-25 min tomoshabin joylashgan. Teatr san’atining rivoji mashhur yunon adiblari ijodi bilan uyg‘un bo‘lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragediyalar yaratganlar. Tragediya yunonchada “echkilar qo‘shig‘i” degan ma’noni anglatadi. Mil. av. VI-IV asrlarda Esxil, Sofokl, Evripid tragediyalari Aristofan komediyalarini teatrda tomoshabinlar maroq bilan ko‘rishgan. Esxilni “tragediya otasi” deb ataganlar. Uning “Zanjirband Prometey”, “Forslar” tragediyalari, Sofokolning “SHoh Edip”, “Antigona” tragediyalari mashhur bo‘lgan. Sofokol 120 dan ko‘pro q tragediya yozgan. Qadimgi yunonlarda me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomchilik Krit-Minen davrlarida vujudga kelib, keyingi davrlarda rivojlanadi va mil.avv. V asrda yuqori pog‘onaga ko‘tariladi. Qadimgi yunonlar ma’morchilikda ustunli binolar qurishlikni misrliklardan o‘rgangan bo‘lsada, bu usulni qayta ishlab uchta uslub yaratganlar: doriy, ioniy, korinf uslubidagi binolar. Ular ibodatxona, teatr, saroy va majlis binolariga alohida e’tibor berganlar. Dastlab bunda y binolar doriy uslubida-ustunlar tagkursiga emas, erga o‘rnatilgan. Keyinchalik marmar toshlardan kuchli erkak kishining gavdasiga o‘xshash ustundan, ba’zi ustunlar nozik, yuqori qismi gajakqayrilma, naqshli uslubdagi binolar qurilib, ayol gavdasiga qiyoslangan. Ibodatxonalarning baland poydevorlari bo‘lib, ichki va tashqarisi haykallar bilan bezatilgan. Mil.avv. IV asrda rasm bo‘lgan korinfcha uslubdagi ustunlar uzunroq, tagkursisi va qoshi ancha murakkab bo‘lib, akanf o‘simligi yaproqlari bilan bezatilgan. Afina markazida Lisikrat yodgorlik haykali shu uslubda qurilgan. YUnon rassomchilik san’ati namunalari kam saqlanib qolgan bo‘lsa-da, asosan ko‘za, vaza va sopol idishlar sirtiga rassomlar yunonlar hayotidan olingan ayrim manzaralarni ishlaganlar. Mazkur rasmlar jozibasi bilan diqqatni tortadi. Iskandariyadagi va SHarqiy O‘rta dengiz bo‘yidagi boshqa shahar kutubxonalarida YUnoniston va SHarq mamlakatlaridan olib kelingan ilmiy asarlar to‘plangan. Iskandariyada teart, saroy, gimnaziyalar va mashhur Muzey bo‘lgan. Muzeyda rasadxona va ulkan kutubxonada 700 mingga yaqin qo‘l yozma saqlangan. SHahar oldidagi orolga 140 metr balandlikdagi mayoq qurilgan. Bu mayoq kemalarning gavanga kirish yo‘lini ko‘rsatib turardi. Ellinizm davrida fanlar tizimiga asos solindi. Straton xizmati bilan fizika fani paydo bo‘ldi. Evklid va Arxemed matematikani rivojlantirdi. Aristrax astronomiya sohasiga ulkan hissa qo‘shdi. SHarq mamlakatlarida yunon me’morlari, haykaltaroshlar, rassomlar nodir asarlar yaratganlar. Biroq, mil.avv. III-II asrlarda yunon san’atining xususiyatlari o‘zgargan. Hukmdorlar saroylari korinfcha uslubdagi ustunlar bilan qo‘rilgan. Tasviriy san’atda odamlarning tashqi qiyofasini va ichki kechinmalarini ko‘rsatishga intilishi yangilik edi. TAYANCH IBORALAR: Arxaik madaniyat, moziy, poleolit, fergantrop, totem, animizm, fetishizm, mifologiya, marosim, monumental, megalit, mentir. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Arxaik madaniyat deganda nimani tushunasiz? 2. Arxaik madaniyatning asosiy bosqichlari? 3. Arxaik madaniyatning jahon madaniyatidagi o‘rni? 4. O‘zbekiston xududida topilgan arxaik madaniyatning asosiy namunalari. ADABIYOTLAR: 1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., O‘zbekiston, 1998 y. 2. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. T. 1998 y. 3. «Avesto». T., 2001. 4. Boynazarov F. Qadimgi dunyo tarixi. T., 2004. 5. Jabborov I. Jahon dinlari tarixi. T.: O‘qituvchi, 2002. 6.
Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa