Dinning kelib chiqish tarixi Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi roli Dinning dunyo xalqlari madaniyatidagi roli


Dinning dunyo xalqlari madaniyatidagi o’rni



Download 23,7 Kb.
bet8/8
Sana26.05.2020
Hajmi23,7 Kb.
#56074
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-seminar

3.Dinning dunyo xalqlari madaniyatidagi o’rni

Insoniyat tarixidan yaxshi bilamizki, dunyoning hech bir mintaqasi xalqi ma’lum bir din va e’tiqodlar tizimisiz o‘z shaxsiy va ijtimoiy hayotini tasavvur qila olmagan. Tarixiy davrning barcha bosqichlarida jamiyatning asosiy bo‘g‘inlari o‘z faoliyatlarini yuritish uchun u yoki bu diniy e’tiqod tamoyillariga tayanganlar. Mazkur holat barcha xalq va millatlarga xosdir. Ijtimoiy hayot shakl va mazmunining o‘zgarishi jamiyat a’zolarining dinga bo‘lgan munosabatlarining ham tobora o‘zgarib borishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.


Din va uning arkonlari, avvalambor, ijtimoiy ko‘makka muhtoj kishilarni himoya qilishga xizmat qilgan. Shuning uchun ham jamiyatning zodagonlar tabaqasi uni darhol qabul qilmaganliklarini tarixdan bilamiz. Keyinchalik esa ba’zi hukmron doiralar dindan o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy mavqelarini mustahkamlash maqsadlarida foydalanishga intildilar. Bunda g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarni amalga oshirishdan ham toymadilar. Jumladan, G‘arbda ulkan ilmiy kashfyotlarni amal ga oshirayotgan olimlar cherkov hukmronligiga xatar tug‘dirishi mumkin, degan xulosaga kelindi. Ular jodugarlikda ayblandilar hamda ommaviy tazyiqqa uchradilar. G‘arbdagi mazkur ijtimoiy holatni O‘rta asrlar Movarounnahri, ayniqsa, temuriylar davri bilan qiyoslasak, shunday holatni kuzatamizki, islom dini ulamolari bu davrda yashab, ijod qilgan buyuk allomalarimiz faoliyatini din ahkomlariga zid, deb qoralamaganlar. Sobiq totalitar tuzum davrida milliy-madaniy merosimizni ilm-fanning kushandasi qilib ko‘rsatishga astoydil kirishildi. Masalan, o‘tgan asrning 70-yillarida suratga olingan flmda Mirzo Ulug‘bekning o‘limida Xo‘ja Ahror Valiy aybdor qilib ko‘rsatilgan. Go‘yoki, Xo‘ja Ahror Valiy shahzoda Abdulatifni «otang kufr ishlarni olib boryapti va bu bilan shakkoklik qilyapti», «kofrni
o‘ldirish tufayli esa islomda katta ajr-savobga erishiladi» degan fatvoni bergandek epizodlar mavjud. Tarixiy haqiqatga ko‘ra Xo‘ja Ahror Valiy Mirzo Ulug‘bek qatl
qilinganda umuman Samarqandda bo‘lmagan. Aksincha, u kishi temuriyzodalar o‘rtasidagi toj-taxt uchun kechayotgan urushlarning oldini olishga astoydil harakat qilgan.
XX asrda sobiq Ittifoq hududida boshqa dinlar qatori islom diniga oid bilimlarning ham tanazzulga uchrashi jaholatning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Ateizm g‘oyasi ustuvorlik qilishga harakat qildi. Natijada, islom dini ta’limotiga yot bo‘lgan unsurlar ijtimoiy hayotga kirib kela boshladi. Lekin, islom dini ta’limotida ustoz-shogird an’anasi shakllangan bo‘lib, diniy bilimlar ustoz dan-shogirdlarga o‘tib kelgan. Shu yo‘l bilan diniy qadriyatlar bugungi kunga qadar saqlanib qoldi. Yuqoridagi tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra,
din va jamiyat o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Dinni to‘g‘ri talqin qilish tinchlikni
saqlash, bag‘rikenglik muhitini shakllantirish, ilm-fanning taraqqiy etishiga xizmat
qiladi. Undan g‘arazli maqsadlarda foydalanish esa ijtimoiy hayotning izdan chiqishiga, jamiyatda notinchlik yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

Har qanday dinga e’tiqodning asoslari, qonun-qoidalari, ibodat va marosimlari uning muqaddas manbalarida aks etadi. Muqaddas kitoblar birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Jahon dinlaridan bo‘lgan buddaviylikda Tripitaka, xristianlikda Bibliya muqaddas manba hisoblansa, islom dinida Qur’oni karim bevosita Allohning so‘zlari – kalomidir. Shu sababli ham, islom dini ta’limotiga ko‘ra Qur’on oyatlarini nopok holda tilovat qilish, uning ustiga boshqa kitoblarni yoki buyumlarni qo‘yish, ko‘tarib yurganda qo‘llar beldan pastga tushib turishi mumkin emas.
Boshqa dinlarda ham o‘zlarining muqaddas manbalariga nisbatan katta ehtirom ko‘rsatiladi. Masalan, xristianlikda Iso Masih yoki boshqa avliyolarning suratlari tushirilgan ikonalar uylardagi maxsus «muqaddas burchak» yoki «qizil burchak»ka joylashtiriladi va ularga alohida hurmat korsatiladi. Bu joy uydagi altar (mehrob) vazifasini bajaradi. Oila a’zolari bu joyga kelib, ibodatlarini amalga oshiradilar. Altar juda toza saqlangan. Muqaddas manbalarda diniy ko‘rsatmalar bilan birga, odob-axloq, insonparvarlik, halollik, atrof-muhitni asrashga doir ko‘rsatmalar ham o‘rin olgan.
Shuni unutmaslik lozimki, hech qaysi dinning muqaddas manbasi begunoh insonlar, jonivorlarning qonini to‘kish, o‘g‘rilik, vayronagarchilikka buyurmaydi.

Buddaviylik matnlarida tinchlikparvarlik eng yuksak fazilat hisoblanib, g‘azab va qahri qattiqlik eng katta gunohlar sifatida e’tirof etiladi. Jumladan, Tripitakaning «Dxammapada» kitobida shunday deyiladi: «Illoki, bu dunyoda hech qachon nafrat nafrat bilan yengilmaydi, balki nafratning yo‘qligi bilan u ham barham topadi».
Download 23,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish