Dinni chuqur anglash diniy ektremizmga qarshi kurashning asosi



Download 83,5 Kb.
Sana28.01.2021
Hajmi83,5 Kb.
#57390
Bog'liq
DINNI CHUQUR ANGLASH - DINIY EKTREMIZMGA QARSHI KURASHNING ASOSI


O’zbekiston Davlat madaniyat va san’at instituti

Kino televideniye va radio san’ati” fakulteti

Teatrshunoslik”2-bosqich talabasi

Karimova Nigina +998909686088
DINNI CHUQUR ANGLASH - DINIY EKTREMIZMGA QARSHI KURASHNING ASOSI

Har bir vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlar faqat islom dini to’g’risida emas, umuman, dunyoda mavjud dinlar, ularning tarixi, mohiyati to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lsin”.



I.A.Karimov

Mamlakatimiz mustaqillik yillarida barcha sohalarda katta yutuqlarga erishgani har birimizga g'urur va iftixor bag'ishlaydi. Muqaddas islom dinini o'rganish, uning arkonlarini emin-erkin ado etish, ajdodlarimizning boy madaniy merosini tadqiq etish imkoniyati yaratildi.

Xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishda milliy qadriyat, o'zlikni anglash, tarixiy xotira muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'biri bilan aytganda, diniy qadriyatlar, hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz oʼzligimizni yoʻqotamiz.

Ayni paytda demokratik, jamiyat barpo etishda din har doim ham uning tarafdori bo'lavermaydi. Ayniqsa, hozirgi murakkab oʻtish davrida islom g'oyalari va qarashlaridan bir-biriga tubdan qarama-qarshi maqsadlar yo'lida foydalanishga urinishlar jonlangan bir paytda, ana shu omilning o'rnini alohida tahlil etish zarur.

Uning zaruratini Prezidentimiz Islom Karimov alohida va bir necha marta ta'kidlab keldila. "Mustaqillik yillarida eng katta qo'lga kiritilgan yutuqlarimizdan biri tarixiy, milliy va axloqiy qadriyat hamda an'analarning, muqaddas dinimizning jamiyatni ma'naviy yuksalishdagi o'rni va ahamiyatini qayta tiklaganligidir. Ayni zamonda, tajovuzkor aqidaparast kuchlar islom dini xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanligidan foydalanib, Oʻzbekistonni demokratik, maʼrifiy taraqqiyot yo'lidan og'dirishga intilmoqdalar". Keyingi yillarda dunyo miqyosida islomdan qarama-qarshi maqsad yo'lida foydalanishlar yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Bunga misol qilib, diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik va prozelitizm kabi oqimlarni misol qilishimiz mumkin.

Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi.

Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat)—siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar).

Missionerlik (missiya soʻzidan), tabshir, mubashshirlik—biror dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʻib qilish.

Prozelitizm - bu to'g'ridan to'g'ri biron bir dinga ishongan fuqaroni majburan oʻz dinidan voz kechtirish va o'zga dinni qabul qilishga majbur qilishdan iborat.

Fundamentalizm - ma'lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo'l bilan zamonaning barcha muammolarini bartaraf etish mumkin degan fikrni ilgari yuruvchilarning yo'nalishi.

Bu oqimlar borgan sari avj olib, endigina oʻsib, unib kelayotgan nav-nihol yoshlarni o'ziga jalb qilmoqda. Nima uchun aynan yoshlar? Bu savolga javob qidirar ekanmiz, birinchi navbatda yurt kelajagi bo'lmish yoshlarni to'g'ri yo'ldan ozdirib, millat kelajagini yo'q qilish bo'lsa, ikkinchidan esa yoshlarning diniy bilimga toʻla to'kis ega bo'lmaganidadir.

Nega yoshlar ularning "qopqon"iga tez ilinadi? Ular qanday yo'llar bilan ongimizni zaharlashmoqda. Buning sabablari bisyor:bir tomondan dinga qiziqish bildirgan mo'minlarni, dinni o'rgatish maqsadida islom diniga zid bo'lgan bilimlarni berib, manqurtga aylantirsa, ikkinchi tomondan pul topish maqsadida yurgan ishsizlar uchun mo'may pul topish va'dasini berib yoʻldan ozdirishdadir. Yoki bo'lmasa o'qish niyatida yurgan, bilimini yanada oshirish istagida bo'lgan yoshlarni chet elda o'qish va'dasini berib, aldashidadir. Nima bo'lmasin, buning eng asosiy va katta sababi dinni noto'g'ri tadqiq etishdir.

Nega bizning diniy e'tiqodimiz mustahkam emas? Diniy bilimlarni to'la to'kis bilsak ham, bilmasak ham, eng avvalo inson qalbida oʻz diniga e'tiqod va kuchli ishonch boʻlmogʻi lozim. Binobarin din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammolar va qiyinchiliklarni yengib oʼtishlarida kuch bag'ishlagan. Umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazishga yordamga kelgan.

Inson ongli ravishda o'ylab ko'rsin, qanday qilib din insonni qotillikka, talonchilikka, vayronkorlikka, zoʼravonlikka boshlashi mumkin. Ekstremistlar harakatining asosini ham yuqorida sanalgan qabih illatlar tashkil qilmayaptimi?! Din - insoniyat ma'naviy hayotining tarkibiy qismi, tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri, insoniyatni bevosita qurshab turgan atrof- muhitdan tashqarida bo'lgan, uni yaratgan, ayni zamonda toʻgʻri, haqiqiy, odil hayot yo'lini ko'rsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta'limot emasmi? Qanday qilib biz - ya'ni Imom Buxoriy, Naqshbandiy va Yassaviylar avlodi bo'la turib, oʻz dinimiz yoʻlida nopok ishlar bilan mashg'ul bo'lib, dinimizni tahqir etishimiz mumkin. Bu bilan biz ota bobolarimiz ruhini oyoq osti qilmayapmizmikin?

Umuman olganda, biz yoshlar nafaqat o’z dinimiz, balki dunyo dinlarini chuqur anglashimiz, ularning tarixi, mohiyatini o’rganib, chuqur taxlil etishimiz zarur. Eng avvalo o’z dinimiz bo’lmish islom dinini chuqur anglash asosiy vazifamiz va burchimizdir. Bu borada maktab, litsey va kollej, oliygohlarda o’tilayotgan “Dinshunoslik”fanlaridan bilim olish, o’rganish imkoniyatiga egamiz. Bundan tashqari islom dinini o’rganishda asosiy manba bo’lib, hadislar ham muhim rol o’ynaydi. Ishonchli hadislar to’plami ota bobolarimiz tomonidan yig’ilib, kitob holiga keltirilgan. Bular:



  • Imom al-Buxoriyning “sahih al-Buxoriy”, “al-Jomi’ as-Sahih” asari

  • Imom Abu-l-Husayn Muslimning “sahih Muslim” asari

  • Imom Abu Davudning “ Sunani Abi Davud’ asari

  • Imom Abu ‘Iso at-Termiziyning “Sunan at-Termiziy” asarlaridir.

Bugungi kunda biz o’qib o’rganamiz desak, ma’lumot ham, imkoniyat ham yetarli darajada. Faqat biz yoshlar bulardan to’g’ri foydalanishimiz lozim. Bizning kelajagimiz ham, yurtimiz kelajagi ham, taqdirimiz ham o’z qo’limizda!
Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish