Abu Rayhon
Beruniy
Qozog‘istonda musulmon (2517 ta diniy tashkilot) va pravoslav (323)
diniy jamoalari yetakchi o‘rinlarda boryapti. Ular mamlakatdagi e’tiqod qi-
luvchi aholi qatlamining 95% ni tashkil qiladi.
Turkmanistonda 99 ta
diniy tashkilot islom dinining sunniylik yo‘na-
lishi, 5 tasi shia oqimi, 13 ta rus pravoslav cherkoviga (3 tasi Ashxabod
shahrida joylashgan) va 11 tasi boshqa din vakillariga (Katolik cherko-
vi – 1 ta, Krishnani anglash jamoasi – 1 ta, Bahoiylar – 1, Baptistlar – 1,
Pyatidesyatniklar – 1, Velikaya blagodat – 1, Yettinchi kun adventistlari –
1 ta va Yangi apostol jamoasi – 1 ta) tegishli.Tojikistonda taxminan 3000
dan ziyod masjidlar mavjud. Shuningdek, Rus pravoslav, Yevangel xris-
tian-baptistlar, Rim-katolik, Yettinchi kun adventistlari, Yevangel lyuteran,
Iegovo shohidlari cherkovlari, bahoiy, zardushtiylik, yahudiy diniy jamoa-
lari kabi noislomiy diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tgan.
104
Bunday sektalar ayrim insonlarning jismoniy va ruhiy
ojizligi, va tushkunlik holatidan chiqishga bo‘lgan intili-
shlaridan o‘zlarining g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydala-
nadilar. Natijada adept – sektalarga a’zo bo‘lganlardan
o‘zlarining manfaatlari uchun xizmat qildiradlar.
Hozirda diniy ta’limotlar, ulardagi muayyan qoidalarni
davr talabiga moslashtirish, modernizatsiya qilish jarayo-
nini kuzatish mumkin. Masalan, Rim Papasi O‘rta asrlar-
da cherkov tomonidan amalga oshirilgan inkvizitsiya va
salb yurishlari xato bo‘lganini tan olib rasman kechirim
ham so‘radi. 1992-yilda Papa Ioann Pavel II o‘z paytida
Galileo Galileyning haq bo‘lganini tan olib, barchadan
uzr so‘ragani ham bunga misol bo‘la oladi.
Shuningdek, mavjud dinlarning tarqalish hududida
jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini ta’kidlash zarur.
O‘tgan asrda, asosan, xristianlar yashab kelgan Yevropa-
da bugungi kunda 20-25 million atrofida musulmonlar is-
tiqomat qilmoqdalar.
Jumladan, Buyuk Britaniyada – 3 million, Germaniya-
da – 5 million, Fransiyada – 6-7 million islomga e’tiqod
qiluvchi fuqarolar yashamoqda.
Aholisi an’anaviy ravishda buddaviylik va islomga
e’tiqod qilib kelgan o‘lkalarda xristianlikni yoyishga in-
tilish kuzatilmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra xristian-
likning o‘sish ko‘rsatkichi yiliga 1,46 foizni tashkil qiladi.
Germaniya
Moskva
Fransiya
London
MA’LUMOT UCHUN
Birlashgan millatlar tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, islomning yil-
lik o‘sish sur’ati 6,4 foizni tashkil etib, 1989-yildan 2011-yilga qadar mu-
sulmon aholi soni Shimoliy Amerikada – 25, Afrikada – 2,15, Osiyoda
– 12,57, Yevropada – 142,35, Avstraliya va Okeaniyada – 257,01 foizga
ko‘paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e’tiqod qiluvchilar ulushi
4,73 foizga kamaygan.
105
Diniy konfessiyalar manzarasi rang-barangligini
O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritayot-
gan diniy konfessiyalar misolida ham ko‘rish mumkin.
Xristianlikka mansub bo‘lsa-da, yurtimizdagi 11 ta yo‘na-
lishning har biri o‘zini alohida diniy konfessiya, deb hi-
soblashi fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Sharja
Quddus
Avstraliya
Do'stlaringiz bilan baham: |