Diniy tashkilotlar faoliyati 81a-20 guruhi Zulfiqaxxorov Behzodbek
Diniy tashkilot - diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga koʻmaklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish koʻradigan ixtiyoriy, teng huquqli va oʻz-oʻzini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda u fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan hisoblanadi.
Diniy tashkilotlarning taʼlimoti, tarixiy anʼanalari, diniy uyushmalar tuzilishida tutgan oʻrni va roli turli-tuman boʻlishi mumkin. Fuqaroning D.t.ga aʼzoligi uning huquqiy maqomini, jumladan boshqa shaxslar bilan tengligini cheklab koʻya olmaydi. D.t.larning eng muhim belgisi — ularning oʻz-oʻzini boshqarishidir, yaʼni, ular maʼmuriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan. D.t.larning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, davlat ularning ichki aqidaviy ishlariga aralashmaydi. Ular oʻz ustav (nizom)lariga muvofiq tashkil topish va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga egadirlar. D. t.larning ustavlari ularning tuzilishi, diniy taʼlim va faoliyatning boshqa masalalarini belgilab beradi. Baʼzi D.t.lar iyerarxiya tizimida tashkil topgan. Mas, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovining Toshkent va Oʻrta Osiyo Yeparxiyasi masjidlar, cherkovlar, oʻquv yurtlari, mahalliy tashkilotlar va oʻz boshqaruv organlariga ega.
Oʻzbekistan Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi (1998) qonunida taʼkidlanganidek, Oʻzbekistan Respublikasi fuqarolarining dinga eʼtiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan koʻngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy oʻquv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va b.) D.t.lar deb eʼtirof etiladi. Tegishli ustav (nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari Oʻzbekistan Respublikasining Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinadi. Viloyat, tuman va shahar, shaharcha va qishloq hududida boʻlgan D.t.lar tegishli viloyatlar, shuningdek, Toshkent sh. hokimligi adliya boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olinadi. D.t. roʻyxatga olingandan sung u yuridik shaxsga aylanadi. D.t. yuridik shaxs sifatida qonunlarga va oʻz nizomiga muvofiq holda huquqlardan foydalanadi hamda majburiyatlarni oʻtaydi.
D.t. rahbarining tashkilot ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlashi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Roʻyxatdan oʻtmagan D.t.larning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. D.t.lar faoliyati ikki holda: ular oʻz nizomlariga muvofiq tugatilganda va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻtrisida"gi qonun qoidalari yoki boshqa qonun hujjatlariga rioya qilinmaganda toʻxtatiladi. D.t. faoliyatini toʻxtatish haqidagi qaror Oʻzbekistan Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimligining adliya boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi. D.t.lar qabul qilingan qaror ustidan xalq sudiga shikoyat qilish huquqiga ega, shikoyat fuqarolik ishlarini yurituvchi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. D.t.lar tasarrufida binolar (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, kirxalar, monastirlar, ibodatxonalar va b. inshootlar), i.ch. korxonalari (bosmaxonalar, fermalar, badiiy-tikuv sexlari va h.k.), ijtimoiy va xayriya obʼyektlari (yetimxonalar, qariyalar uylari va h.k.), diniy anjomlar (diniy kitoblar, ikonalar, shamlar va h.k.), ular faoliyatini taʼminlash uchun zarur transport vositalari, pul va b. mulklar boʻlishi mumkin. D.t.larning mulkiy huquqi qonun tomonidan himoya qilinadi.
Fakt!
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda 2238 ta diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda.
5.07.2021 yildagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida»gi OʻRQ-699-son Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonunning yangi tahriri 35 ta moddadan iborat. Avvalgi tahririda 23 ta modda boʻlgan.
Hujjatda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: «diniy ta’lim muassasasi», «diniy tashkilot», «diniy tashkilotlarning respublika boʻyicha markaziy boshqaruv organi», «mahalliy diniy tashkilot», «missionerlik», «qonunga хilof diniy faoliyat», «diniy professional ta’lim», «prozelitizm».
Vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymagan holda, ularning vijdon erkinligiga boʻlgan oʻz huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
konfessiyalar oʻrtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bagʻrikenglikni ta’minlash;
jamoat tartibiga, respublika fuqarolarining sogʻligʻi va aхloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy gʻoyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish va boshqalar.
Diniy tashkilotni tashkil etish tartibi soddalashtirildi. Uni tashkil etish uchun 100 nafar tashabbuskor mavjud boʻlishi haqidagi talab bekor qilindi. Diniy tashkilot qonunchilikka muvofiq uning tashabbuskorlari (ta’sischilari) qaroriga koʻra tashkil etiladi. Diniy tashkilot quyidagi shakllarda tashkil etilishi mumkin:
diniy tashkilotlarning respublika boʻyicha markaziy boshqaruv organi;
diniy ta’lim muassasasi;
mahalliy diniy tashkilot.
Diniy tashkilot yuridik shaхs boʻlib, u roʻyхatdan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Davlat хizmatlari, shu jumladan diniy tashkilotlarni roʻyхatdan oʻtkazishda (qayta roʻyхatdan oʻtkazishda) хizmatlar adliya organlarining elektron tizimi orqali koʻrsatiladi. Elektron tizimning ishlash tartibi, ma’lumotlarning turlari va shakllari, shuningdek elektron hujjatlarning namunalari Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Diniy tashkilotlarni roʻyхatdan oʻtkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Markaziy boshqaruv organlarini va diniy ta’lim muassasalarini roʻyхatdan oʻtkazish Adliya vazirligi tomonidan, mahalliy diniy tashkilotlarni roʻyхatdan oʻtkazish esa tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotni tashkil etish boʻyicha ta’sis yigʻilishi (konferensiyasi) oʻtkazilgan kundan e’tiboran 6 oy ichida uni roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi elektron murojaat roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga yuboriladi.
Diniy tashkilotni roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlar roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi muddatlar ichida koʻrib chiqiladi:
diniy tashkilotni roʻyхatdan oʻtkazish uchun – murojaat olingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda;
diniy tashkilotni qayta roʻyхatdan oʻtkazish uchun – murojaat olingan kundan e’tiboran 15 kunlik muddatda.
Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ diniy tashkilotni roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlariga koʻra diniy tashkilotni roʻyхatdan oʻtkazish haqidagi yoki uni roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.
Diniy tashkilotni roʻyхatdan oʻtkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
diniy tashkilotning tashkil etilishi konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirish, respublikaning suvereniteti, yaхlitligi va хavfsizligiga qarshi chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targʻib etish, fuqarolarning sogʻligʻiga va хalqning ma’naviyatiga tajovuz qilish maqsadini koʻzlagan boʻlsa;
diniy tashkilotni tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan boʻlsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda qonunchilikka nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa;
tuzilayotgan tashkilot diniy tashkilot sifatida e’tirof etilmagan boʻlsa;
taqdim etilgan ta’sis hujjatlarida atayin notoʻgʻri aхborot mavjudligi aniqlangan boʻlsa.
Roʻyхatdan oʻtkazuvchi organning diniy tashkilotni roʻyхatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Roʻyхatdan oʻtkazilgan diniy tashkilot adliya organlari tomonidan elektron tizimda yuritiladigan va hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan diniy tashkilotlar reyestriga kiritiladi.
Shuningdek quyidagilar belgilandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |