Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
205
w
www.oriens.uz
July
2021
O`zbek diniy matn tadqiqi haqida gap ketar ekan, prof. J.Omonturdievning bu
boradagi xizmatlarini alohida ta’kidlash joiz. Olimning «Ma’rifatnoma» asari
nafaqat uzoq yillar davomida katta ilm va tajriba to’plagan kishining, balki qalbi
islom nuri bilan ma’rifatlangan bir donishmand insonning qalb bitiklaridir. SHu bois
kitobda diniy tilga oid juda ko’plab so’z va iboralarga duch kekzotik lug`atamiz.
Olimning e’tiqodicha, bugun o’zini o’qituvchi va ustoz deb hisoblaydigan har
bir murabbiy dunyoviy bilimlar bilan birgalikda diniy bilimlardan ham xabardor
bo’lishi hamda til madaniyatini puxta egallashi zarur. Aytaylik, «…diniy mavzuda
gapirilganda, voiz odatda, «bismillo» bilan boshlab, Allohga hamdu sano,
Payg’ambarga na’t, durud aytish, sahobalarga xayriyat (yaxshilik) tilash bilan
boshlab, «As-salomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu» iborasi bilan tugatadi.
O’rni bilan, nutq madaniyati talabiga ko’ra, nutqiy kamtarlik uchun Allohga shukr,
Allohga shukrlar bo’lsin, Alhamdulilloh, Allohga hamdu sanolar bo’lsin,
To’g’rirog’ini Alloh biladi (Vallahu a’lam bissavab), inshoolloh, Xudo xohlasa,
Xudo saqlasin, nauzi Billah (Alloh saqlasin), Allohning marhamati, Allohning irodasi
kabi iboralar qo’llaniladi. Alloh nomi aytilganda, Subhonahu va taolo (Pok va oliy
Zot), taborak va taolo (barakotli va oliy), olamlar tarbiyakunandasi (rabbisi),
Parvardigor (tarbiyakunanda), Parvardigori olam, Yaratgan, Yaratgan egam yoki
uning 99 ismi sifati (Al-Asma ul-husno – Go’zal ismlar); Payg’ambar nomiga
Mustafo (Tanlangan), Janob, Hazrat, Faxri koinot, ikki olam sarvari, Rasuli Akram,
Rasulilloh sallallohu alayhi va sallam; Sahobai kiromlar nomlariga roziyollohu anhu
(Alloh undan rozi bo’lsin) kabi yuksak hurmat ifodalovchi so’z va iboralar qo’shib
aytiladi».
Muallifning tasdiqlashiga ko’ra, ma’ruzachi matn diniymi, dunyoviymi,
ma’rifiymi, bundan qat’iy nazar, g’oyani – mohiyatni egasiga – tinglovchiga yetkaza
olishi zarur. U mavzuga doir o’z qarashlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan
dalillash jarayonida diniy-tasavvufiy ta’limotga oid so’zlarni tahlil qiladiki, ularning
barchasi hozirgi ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda faol qo’llanilayotganidan dalolat
beradi. Yana shu holat diqqatga sazovorki, bu tahlillarda har bir til birligining
talaffuzi va imlosiga ham e’tibor berilgan: alloh/allah, mayit, marhum (rahm
qilingan), rahmatli; murdaxona, ta’ziyaxona, azaxona; azador, ta’ziyador, ta’ziyachi,
fotihachi singari ekzotik lug`atementlar o’zbek xalqi mentaliteti va nutqi odobi nuqtai
nazaridan tahlil qilingan; sayid, xo’ja, eshon, pir, to’ra, xon, bek kabi atamalarning
asl mohiyatini sharhlangan. Mana shu tarzda sho’roviy mafkura tufayli zavol topgan
ona tilimiz va mumtoz nutqimiz haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |