Dinning psixologik tuzilishi. Dinpsixologiyasi bo’yicha adabiyotda haqqoniy tarzda qayd qilinishicha, dinning ijtimoiy-psixologik sabablari deganda, shaxsning o`z ijtimoiylashuvi holatlari natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-psixologik xossalarini tushunmoq kerak va bu xossalar ma’lum vaziyatda ma’lum xatti-haraktlar sodir etilishiga olib boruvchi biror-bir yechimni oldindan belgilab beradi.
Shaxsning axloqiy hislatlari, avvalo, tarbiya sharoitlarida, atrof muhitga moslashishda, ehtiyoj strukturasi shaklining o’zgarishida, individ tomonidan tanlangan ijtimoiy rolning to’g’ri tushunilishi va ijro etilishida namoyon bo’luvchi ijtimoiylashuvning natijasi sifatida ajralib turadi. Shunday qilib, ma’naviy axloqning o’rganilishi shaxsning ijtimoiylashuvi holatlarini o’rganish bilan bog’langandir.
Har qanday jamiyat axloqning diniy, huquqiy va etnik normalari o’z a’zolari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi. Shaxs, o’z oldiga quyilgan talablarni anglagan holda, o’zida ijtimoiy nazorat talablari bilan birikib ketuvchi va shaxsning to’liq ijtimoiylashuvini ta’minlovchi ko’nikmalarni vujudga keltiradi. Biroq ijtimoiy nazorat hamisha ham yetarli darajada samarali bo’lmaydi, negaki alohida individlar taqiqning hamma qabul qilgan shakl va tizimlariga ko’pincha salbiy munosabatda bo’ladi. Bu — obyektiv sabablar bilan ham, shaxsning subyektiv xossalari bilan ham oldindan belgilangan xoldir. Ijtimoiy nazorat shaxs ijtimoiylashuvining boshqa yo’nalishlari, masalan, ijtimoiy tajriba, muomalaga ham ta’sir etadi.
Shaxs ijtimoiylashuvida jamiyatda namoyon bo’lish va faoliyat ko’rsatish, muayyan ijtimoiy funksiyalarni bajarish qobiliyatidan iborat bo’lgan ijtimoiy tajriba katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy tajribaga inson o’zining butun umri davomida, o’z faoliyati va axloqini shartli qilib qo’yuvchi vaziyatlar bilan bog’langan holda erishadi. Bu tajriba uning xarakteristikasini belgilovchi bir necha komponentlar: a) oila va o’kuv yurtlaridagi tajribani; b) kichiq jamoalardagi munosabatlar; v) shaxsiy faoliyat tajribasini; g) tashqi tajribani radio, televideniye, kino va boshqalar orqali axborot olish yo’li bilan o’zlashtirish orqali to’planadi.
Shaxs tomonidan subyektiv qabul qilinadigan, uning uchun salbiy ahamiyatga ega bo’lgan holatlar jamiyatga, axloqqa xilof xatti-harakat real asosi sifatidagi ma’naviyatga qarshi harakatlarning shakllanishi uchun zamin yaratishga olib boradi.
Shaxsning ijtimoiylashuvida ijtimoiy va shaxsiy qadriyatlarni yetqazishda vosita bo’luvchi munosabatlarga muhim ahamiyat beriladi. Munosabat shaxsning jamiyatda mukammal harakat qilmog’i uchun zarur bo’lgan hislatlarini faollashtiradi. Munosabatning xilma-xilligi, uning ijobiy yo’nalishi individning yuqori ijtimoiylashuviga yordam beradi, uning ruhan boyishini rag’batlantiradi. Munosabat ko’plab kanallar orqali amalga oshiriladi va xilma-xil ko’rinishlarga ega bo’ladi. U muayyan shaxs yashovchi va faoliyat ko’rsatuvchi hamda uning talab va istaqlari yuzaga keluvchi kichiq jamoalarda ancha intensiv kechadi. Bunday jamoalar shaxs ijtimoiylashuvi darajasi va yo’nalishiga ta’sir etadi, shu bilan birga u dunyoqarashning ishlab chiqilishiga va ijtimoiy tajribaning qo’lga kiritilishiga yordam beradi. Shuning uchun kichiq jamoaning ijtimoiy xarakteristikasi shaxsning salbiy yoki ijtimoiy xossalari tashkil topishini belgilaydi. Ijtimoiylashuv nuqsonlari qo’p hodisalarda o’z o’rniga ega. Ulardan odatdagilarni ajratib ko’rsatish mumkin. Jumladan: a) kichiq jamoa asotsial yo’nalishga ega; b) rahbarning yo’qligi tufayli ijobiy strukturaga ega emas; v) jamiyatga zid kayfiyatdagi shaxslardan tuzilgan; g) kichiq jamoaning o’z a’zolariga ta’siri shu qadar ahamiyatliki, hatto ularning shaxs sifatidagi mayllari va intilishlarini bo’ysundiradi: Keyingi holatda stixiyali tarzda, asotsial manfaatlar birlashuvi asosida paydo bo’ladigan, norasmiy deb ataluvchi guruhlarni hisobga olish ayniqsa muhimdir. Shunday guruhlarda bo’lish shaxsda ijtimoiy-psixologik nuqsonlar hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Shaxsning o’z munosabatlari sistemasiga nisbatan umumiy salbiy muomalasini keltirib chiqaruvchi ehtiyojlari va ularni qondirish usullari bilan belgilanuvchi salbiy yo’nalishi ham munosabatdagi nuqsonlarning avj olishiga yordam beradi. Bu sistemaning inqirozga yuztutishi shaxsning aks ijtimoiylashuviga olib keladi, uning salbiy hislatlari va mayllarini chuqurlashtiradi. Bu esa, odatda, alohida xilof harakatlar yuz berishiga sabab bo’ladi.
Shaxs ijtimoiylashuvi tizimida shaxs tomonidan ijtimoiy funksiyalarning bajarilishi alohida o’rin to`tadi. Ayni maxalda bu funksiyalarning oqibati sifatida paydo bo’luvchi nuqsonlar ham muhimdir. Shaxs tanlagan yoki uning uchun jamiyat belgalab qo’ygan xilma-xil ijtimoiy funksiyalar unnng maxsus ma’lumoti, insonlar bilan munosabatda bo’lish shakllari, muayyan psixik hislatlarini ishlab chiqishnn talab qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga majbur qiladn. Individ u yoki bu funksiyaning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini anglagan holdagina o’sha funksiyani faol bajarishi mumkin.
Individning u yoki bu ijtimoiy funksiyani bajarishi shaxsning ham salbiy, ham ijobiy bo’lishi mumkin bo’lgan psixik xossalari bilan belgilanadi. Salbiy xossalarning shaxs axloqiga ta’siri ko’pincha qonunga zad harakatlarga aylanuvchi xilma-xil ko’rinishdaga qoida bo`zvshlar bilan bog’lik bo’lgan nuqsonlar yuzaga kelishiga olib boradi. U yoki bu funksiyaning bajarilishi shaxsning psixik hislatlari, jumladan, salbiy hislatlarining shakllanishiga ta’sir qilnishi mumkin, buning uchun esa muayyan sharoit mavjuddir. Bunga, birinchi navbatda, individ o’zi bajaradigan funksiyalarning mohiyati va ahamiyati to’g’risida yetarli bilimga ega emasligi sababdir. Boshqacha aytganda — uning vaqolati darajasining ushbu funksiyaga nomutanosibligi, shuningdek, uni tegishli tarzda bajarishga imkon beruvchi zarur psixofizik xususiyatlar nomutanosibligidir. Nuqsonlar shaxsning ijtimoiy funksiyaga salbiy munosabati natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Bajariladigan funksiyaga salbiy munosabat muayyan oqibatlar, masalan, tashabbusning yoki zarur tashkilotchilikning yo’qligi, beparvolik, e’tiborsizlik va hokazolarni tug’dirib, shaxs lsixologik strukturasiga ta’sir etadi. Bu, o’z navbatida, shaxsning gazablanish, qo’pollik, hukmini o’tqazishga urinish va hokazolar kabi, ko’pincha insoniylikka xilof harakatlariga sabab bo’lib, nizoli munosabatlar uchun zamin hozirlaydi.
Shaxs ijtimoiylashuvidagi ushbu nuqsonlar muayyan sharoitda uni ijtimoin tanazzulga olib kelishi mumkin. Bunda ehtiyojlar tizimining bo`zilishi, ularning hajmi to’g’risida noto’gri tushuncha, ijtimoiy ahamiyatga ega manfaatlarning yo’qligi, ijtimoiy funksiyalarni bajarishni istamaslik ko’zga tashlanadi. Individning inqirozi yoxud unga xos bo’lgan alohida ijtimoly psixologik nuqsonlar qonunga zid bo’lgan yo’nalishga olib kelishi mumkinki, bu yo’nalish quyidagi holatlarda namoyon bo’ladi, shaxs: a) nizoli vaziyatlarda o’zini salbiy tomondan namoyon qiladi va bunday vaziyatlarni konunga ko’ra o’z-o’zidan paydo bo’lmaydigan joylarda yaratadi; b) boshqa individlarda asotsial harakatlar shakllanishiga imkon yaratadi; v) axloqqa xilof xatti-harakatlar, axloqsizliklar qiladi; g) o’z axloqsizlik faoliyati ko’lamini aktivlashtiradi va kengaytiradi.
Axloqqa xilof yo’nalish uchun zamin tayyorlovchi shaxsning ijtimoyylashuvidagi nuhsonlar ko’p hollarda individ o’z ijtimoiy funksiyalarini bajaradigan muhitga, uning manfaatlariga, psixofiziologik mayl va xossalariga, shuningdek jamiyatga, dinga qarshi faoliyatga undovchi vaziyatlarga bog’liq bo’lgan xilma-xil axloqsizliklarda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |