ASOSIY QISM
Terrorizm insoniyat jamiyati rivojlanishinig kapitalizmgacha bo’lgan davri. Buyuk fransuz inqilobi bilan bevosita bog’liq bo’lgan feodolizmdan kapitalizmgacha o’tish davri, bir qator Yevropa davlatlarida monarxiya tuzumi bilan kurashish, shuningdek, burju demokratiyasi qaror topish davrining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy hodisasi sifatida o’rganish kerak.
XX asrning 60-yillaridan boshlab, terrorizmning eng daxshatli turi avj oldi. Bu diniy ekstremizmdir. Bu dinni niqob qilib olib, o’zlaricha islom davlatini tuzamiz deb, odamlarga ta’sir o’tkazish turli qo’poruvchilik haraktlarini olib borishdir. Diniy ekstremizm nima, u qanday paydo bo’ldi degan savol tug’iladi. Bu savollarga O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimov xulosalaridan javob topamiz: “Jamiyat hayotining bir qismi bo’lgan din, ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan muqarrar ravishda munosabatda bo’lgan. Ularga ta’sir ko’rsatgan va o’zi ham boshqa sohalarning ta’siriga duch kelgan. Hozir mavjud bo’lib turgan diniy tartiblarning ko’pchiligi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy burilishlar, tangliklar davrida shakllanganligi bejiz emas. Shu tariqa din insoniyat tarixining turli davrlarida siyosat bilan ozmi ko’pmi ochiq oydin munosabatg kirishgan. Ko’pincha undan siyosiy va ba’zan bir taraflama, tor maqsadlarda foydalanib kelingan. Afsuski insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas balki vayron qiluvchi kuch, hatto fanatizm(o’ta ketgan mutaasiblik) sifatida foydalanganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. fanatizmning o’ziga xos xususiyati va ko’rinishlari avvalambor o’z dinini haqiqiyligiga o’ta qattiq ishonish, bishqa diniy e’tiqodlarga murosasiz munosabatda bo’lishdan iboratdir. Aynan fanatizm illatiga yo’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar. Ustiga-ustak ommaviylik unsuri muayyan bir xatti-haraktlar uchun shaxsiy javobgarlik hisini yo’qotib yuboradi, harakatga “omma”, “xalq” harakati tusini beradi.
O’zining shak-shubhasiz haqligiga, haqiqatni faqat o’zi bilishiga ishonch hisi so’ngi choralarga – zo’ravonlik harakatlariga moyilligi bilan ajralib turadigan diniy ekstremizmning paydo bo’lishiga zamin yaratadi.
Adolat yuzasidan shuni e’tirof etish kerakki, diniy fanatizmning “otilib chiqishga” sof diniy ziddiyatlardan ko’ra ko’proq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy muammlrning hal qilinmagaligi sabab bo’ladi.
Diniy fanatizmni alanga oldirish orqali hokimiyatga intilish, aldangan a’vomning ko’r-ko’rona g’azabidan o’zining qora niyatlari yo’lida foydalanish siyosiy yoki shaxsiy manfaatlarga erishishni din bilan niqoblash hudojo’ylikni ashaddiy haqorat qilishdir. Islom ekstremizmi bugungi kunda yagona mafkuraga ega bo’lgan turli tuman yo’nalishdagi oqimlarning mushtarakligini o’zida namoyon etadi. Bu borada misollar ko’p: Misrdagi “Al-Jamoa”, “Musulmon birodarlar”, yaqin sharqda “Xamas”, “Xizbi Alloh”, “Al-Jihod” va faol harakat qilayotgan qator boshqa tashkilotlar Filippindagi(Mindanao oroli) “Abu Sayyor” guruhi va nihoyat Afg’onistondagi “Tolibon” harakati va u yerda panoh topgan “O’zbekiston Islom Harakati” jangarilari va hokazolar.
Hozirgi vaqtda diniy ekstremizmni keng yoyilishiga yoshlarimizning ongini zaharlab ularga turli xildagi kitoblar, varaqalar tarqatib terrorizmning yanda avj olishiga olib kelmoqda. Ulrning ta’siriga tushib qolgan yoshlarimiz bu balodan qutula olmay, natijada o’z yurtlariga xiyonat qilib, ularga qo’shilib vatanlarini yakson qilish uchun harakat qilmoqdalar”.
Do'stlaringiz bilan baham: |