3. Xotin erining haqqini o‘z haqqidan va hamma yaqinlarining haqqidan ham ustun qo‘yishi kerak. Chunki zimmasidagi erining haqqi juda kattadir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qildilar:
لاَ يَحلُّ لامْرَأَةٍ أَنْ تَصُومَ وَزَوْجُهَا شَاهِدٌ إِلا بِإِذْنِهِ وَلاَ تَأذَنَ فِي بَيْتِهِ إلاَّ بِإذْنِهِ
ya'ni: «Ayol kishi uchun eri borida uning iznisiz ro‘za tutishi va uning iznisiz uyiga birovni kiritishi halol bo‘lmaydi», dedilar» (Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy).
Do'stlaringiz bilan baham: |