Azon qanday aytiladi?
Savol: Azon aytuvchi (muazzin)ning sifatlari qanday bo‘lishi kerak va u
nimalarga e’tibor berishi lozim?
Javob: Muazzin oqil, solih, taqvodor, sunnatlarni va namoz vaqtlarini bilgan kishi
bo‘lishi kerak. U namozxonlar hozir bo‘lish miqdorida azon va takbir orasida kutishi
kerak. Shom namozida azon va takbir orasida uch qisqa oyat o‘qiladigan darajada
kutiladi.
Savol: Azon qay holatda makruh hisoblanadi?
Javob: Azon kalimalarini noto‘g‘ri talaffuz qilib, qo‘shiqqa o‘xshatib (talqin) aytish,
junub holatda azon aytish, balog‘atga yetmagan bola, telba, mast, fosiq (gunohi kabira
qilib, shariat amrlarini bajarmagan kimsa) va o‘tirgan kishilarning azon aytishlari
makruhdir. Bunday hollarda azonni takroran aytish mustahabdir. Takbir (iqomat) takror
aytilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |