Savol: Kulgi ham tahoratni ketkazadi, deyishadi. Qaysi hollarda kulganda
tahorat sinadi?
Javob: Janoza namozidan boshqa barcha namozlarda balog‘atga yetgan kishi
tovushini chiqarib kulsa, tahorati ketadi. Yosh bolaning kulgisi tahoratini ham, namozini
ham buzmaydi. Kulgi uch xil bo‘ladi: ovoz chiqarib kulish. Bu tahoratni ham, namozni
ham buzadi. Ulamolar: «Kimki namozdan tashqarida ham qahqaha urib kulsa, qayta
tahorat qilishi mustahab», deganlar. Kishi kulgisini o‘zi eshitib, yonidagi eshitmasa,
namozi buziladi, ammo tahorati ketmaydi. Tabassum namozni ham, tahoratni ham
buzmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |